1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja
Download 0.87 Mb.
|
menejment 1-10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Istemolchilar bilan aloqa.
- 5.Oz-o’zini attestatsiyalash Oz-ozini baholash.
Ikki turdagi muammolar. Rahbarlar hozirgi va ertangi kun muammolarini hal qilishiga to'g'ri keladi. Ular ko'pincha bugungi muammolarni hal qilish bilan shug'ullanadilar, lckin xatolardan xalos bo'lishning yagona yo li kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarning oldini olishdir.
Iste'molchilar bilan aloqa. Rahbariyat iste'molchilarning ehtiyojlarini bilish uchun ular bilan mustahkam aloqa o'rnatishi kerak. Chunki hozirgi kunda iste'molchilarning talabiga javob bergan mahsulotning o'rnini boshqa bir mahsulot egallashi mumkin. Lavozim ko'rsatmalari va kadrlarni tayyorlash. Samarali ish yuritishni ko zlagan har bir korxona, tashkilot o'zining dasturi doirasida barcha xodimlarini qisqa muddatli o'qitishga e'tibor beradi. Uzoq muddatga mo'ljallangan ko'rsatmalar kadrlar tayyorlash rejasiga ko'ra tuziladi va ishchilar, rahbarlarni yangi ishchi vazifalar bilan to'liq tanishtiradi. lirochining ishchi vazifa talablarini bajarish imkoniyati ham baholanishi kerak. Bu ishchilarning yetarli darajada tayyorgarlikka ega bo'lishi va natijada tashkilotning xatolardan himoyalanishini ta'minlaydi: Rahbariyat har bir uzoq muddatli ko' rsatmaning to'g'ri va to'liq tuzilganini tekshirishi kerak. Lavozim ko'rsatmasi ishchini haholash mezonlarini ham o'z ichiga olishi kerak. Firmaning ishchilari lavozim ko'rsatmalari bilan to'liq tanishgan bo'lishi kerak. Kadrlar tayyorlashga talablarni rahbarning8 xohishi bilan yoki istiqbolni ko'zlamagan holda belgilash mumkin emas. Muayyan talablar asosida tegishli ishni bajarish uchun tayyorgarlik ko'rilishi kerak va bu haqida hisobot tayyorlanib, yuqori rahbariyatga va tekshiruv organlariga taqdim etilishi lozim. Yuqori rahbariyat quyi pog'onadagi rahbarlarning bo'ysunuvchilarini tayyorlashi bilan bir vaqtda rejaning bajarilishini ta'minlashiga mas'uldir. 5.O'z-o’zini attestatsiyalash O'z-o'zini baholash. Hech kim vazifaning to'g'ri bajarayotganini ijrochining o'zidan yaxshiroq bilmaydi. U yoki bu uchastka faoliyatining natijalarini hammasidan yaxshiroq baholay oladigan keyingi shaxs bo'linmaning rahbaridir. Rahbar o'z bo'linmasining faoliyatini baholashning tizimli va obyektiv vositasiga ega bo'lishi kerak. Bunday vositalardan biri bo'lib rahbar tomonidan har oyda yoki chorakda o'z-o'zini baholash, attestatsiyalashning o'tkazilishi hisoblanadi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling