1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja


O'z-o’zini baholashni o'tkazish uchun nazorat savollari


Download 0.87 Mb.
bet55/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1121567
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80
Bog'liq
menejment 1-10

O'z-o’zini baholashni o'tkazish uchun nazorat savollari. Quyi pog'ona rahbari, avvalo, bolinmaning faoliyati uchun javobgarlikka ega. Har bir chiziqli rahbar tashkilotning nazorat hujjatlari, ularning maqsadi va qo’llanilish tartibini bilishi kerak. Har bir rahbar bo'ysunuvchilarining o'zlari ishlarini nazorat qilishga qanchalik jiddiy yondashayotganini tahlil qilib borishi kerak.
Nazorat operatsiyalari muayyan kasb bo'yicha o'qitish «paketio ning tarkibiy qismiga aylanishi va rahbar bo'ysunuvchilarning talablarni bajarishini tizimli tekshirishi kerak. Ro'yxatda bo'linmaning faoliyat doirasiga kirgan asosiy nazorat obyektlari ko'rsatilishi kerak. Unda baholashni o'tkazish tartibi, tekshirish uchun tanlanadigan obyektlarning hajmi va ish sifatining maqbul darajasi ko'rsatiladi. O'z-o*zini baholash uchun chiziqli rahbar tomonidan tayyorlangan nazorat ro'yxatining loyihasi ikkinchi pog'onadagi rahbarga tagdim etilishi. Ushbu rahbar loyihaning to'liqligi va unda o'matilgan faoliyat standartlarining maqsadga muvofiqligini tekshiradi.
Misol. Nazorat ro'yxatida bosh hisobchining o'z-o'zini baholashi uchun quyidagi punktlar ko'rsatilishi mumkin. Ularning har biri uchun talablarga muvofiqlik va nomuvofiqlikni baholash va nomuvofiqlikni tugatish muddati belgilanishi kerak:
1. Hisob-kitob bo'limida rasmiylashtirilgan 12 schyotli transport xarajatlarining to'g'ri tuzilgani va unda hisoblarning aniq ko'rsatilganini tekshirish. Faoliyatning standarti: ketma-ket uchta taftishni o'tkazish natijasida hujatlarda ko'rsatilmagan xatolarning aniqlanishi ishning sifatsiz bajarilayotganidan dalolat beradi. Faoliyat standartiga ko'ra, yo'l qo'yilgan xatolar sonining bittadan ortishi faoliyatning natijasiz yakunlanishiga olib keladi. Baholash natijalari: transport xarajatlariga doir tekshirilgan schyotlar. Soni, xatolarning miqdori.
2. Hisob-kitob bo'limining sakkiz xodimi tanlab olinib, ular bajarayotgan ishlar va bu ishlarni bajarish uchun ularning tayyorgarlik darajasi tekshiriladi. Bunda xodimlarni tayyorlash jurnali ham tekshiriladi. Faoliyatning standarti: ketma-ket uchta taftishni o'tkazish natijasida hujjatlarda ko'rsatilmagan xatolarning aniqlanishi ishning sifatsiz bajarilganidan dalolat beradi. Faoliyat standartiga ko'ra, yo'l qo'yilgan xatolar sonining bittadan ortishi faoliyatning natijasiz yakunlanishiga olib keladi.
Baholash natijalari: xodimlarning familiyalari va operatsiyalar soni aniqlanadi. Shuningdek, o'z ishini bajarish uchun tayyorgarlikdan o'tmagan yoki o'zida tayyorlov kurslaridan qoniqish hosil qilmagan xodimlar soni ham aniglanadi. Ro'yxatga olingan xatolar soniga e'tibor berilib, ularning kelib chiqish sabablari xodimlarning tayyorgarlik darajasi bilan bog'lab o'rganiladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling