1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja
Guruhlarning a'zolarini o'qitish
Download 0.87 Mb.
|
menejment 1-10
Guruhlarning a'zolarini o'qitish.Guruhning faol a'zolari:
1. Ular butun guruh shining mazmunini bilishni istaydilar, guruhning atrofida sodir bo'layotgan hodisalarga befarq qaramaydilar, ular boshqalardan yordamini ayamaydilar. 2. Guruh bo'lib birgalikda ishlashni va o'zlarining mehnati korxonaga qanday foyda keltirishini bilishni istaydilar. 3. Guruh ishining maqsadlarini belgilash va ularga erishish rejasini ishlab chiqishda ishtirok etishni xohlaydilar. 4. Guruhning qolgan a'zolariga hurmat va ishonch bilan munosabatda bo'ladilar. 5. Qarorlarni qabul qilishda qatnashadilar. 6. Hamma bilan muvaffaqiyat va omadsizlikni baham ko'rishga tayyorlar. Xodimlarni jamoadagi ish tamoyillariga o'qitishda jamoa a'zolari orasida o’zaro ta'sirning va o'zaro hurmatning ahamiyatini baholamaslikning iloji yo'q. Agar ularni hamkorlik ruhida tayyorlab bo'lmasa, u holda o'qitish jarayonining korxona uchun ahamiyati qolmaydi. Hamma to'rt turdagi guruhda go'llaniladigan muammolarni hal qilish usullari bir-biridan kata farq qilmaydi. Muammolarning jiddiyligi va shunga ko'ra qo'llanadigan usullarning murakkabligida farq bo'lishi mumkin, lekin asosiy yondashuv o'zgarmaydi. Shuning uchun, o'qitishga va kadrlar tayyorlashga bo'lgan talablarni gunuhlaming barcha turlari uchun ko'rib chiqamiz. Guruhiy o'qitish quyidagi masalalarni o'z ichiga olishi mumkin: -guruhlarni tashkil qilish qoidalari, shuningdek, guruh a'zolarining majburiyatlari; -qarorlarni qabul qilish jarayoni; - miqdoriy mezonlar; -ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilish; -texnologik jarayonni boshqarish; -qarorlarni qabul qilish usullari - to'plangan tajribalarni qo'lash. Guruhning a'zolari unda o'zining vazifasini bilishi kerak. Buning uchun, odatda, asosiy qoidalar bilan tanishtirishga mo'ljallangan soatlik mashg'ulot ajratiladi. Guruh rahbari qisqa muddatli maxsus dastur bo'yicha o'qitishdan o'tib, guruhlarni shakllantirish va rivojlanish masalalari bilan tanishib chiqishi kerak. Muammolarni hal qilish. U yoki bu uchastkada istalgan muammoni hal qilish, nugsonni bartaraf etish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish ijobiy o'zgarishlarga olib keladi. Afsuski, ko'plab rahbarlar va ishchilar muvaffaqiyat sari ilgarilab borishida muammolarni yuzaga keltiradilar. Bunday muammolar oqibatida ko'p hollarda quyidagi to'siqlar paydo bo'ladi: -vaqtning yetishmasligi; -boshqa odamga javobgarlikni topshirib qo'yish. Buning oqibatida bo'ysunuvchilar oson hal qilinmaydigan ko'plab muammolarga duch keladilar; - xodimlarning ma'naviy rag'batlantirilmasligi. Rahbariyat muammolarni hal qilishga yordam beradigan va ishni to'g'ri bajara boshlaydigan odamlarni rag'batlantirish yo'llarini izlashi kerak; - xatolarga o'z-o'zidan sodir bo'ladi degan noto'g'ri qarash; -masalaning muhimligini tushunmaslik. Har bir ish muhim bo'lmaganda, uni bajarishga hojat qolmas edi; -ba'zi muammolarni bartaraf qilib bo'lmasligiga ishonish; -rejani bajarishga, sifatni ta'minlash va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga yuqori rahbariyatning oqilona yondashmasligi; -aybdorlarni izlash. Rahbariyat muammoni bartaraf qilish o'rniga aybdorlarni izlash bilan ovora bo'Isa, faoliyatni yaxshilab bo'lmaydi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling