10-Mavzu. Faoliyatni takomillashtirish jarayonida xodimlarni boshqarish.
REJA:
1.Mehnatni tashkil qilish va haq to‘lashning tamoyillari.
2.Obro‘ni rejalashtirish.
3.Takliflarni bildirish va ishni yaxshilash dasturlari.
4.Xizmatlarni tan olish va mukofotlash.
5.Jamiyat tomonidan tan olinish.
Tayanch so’zlar va iboralar: xodim, rejalashtirish, reja, xulosa, haq to’lash, kasbiy o’sish, dastur, pullik mukofot, ariza.
1.Mehnatni tashkil qilish va haq to‘lashning tamoyillari.
Insonga hurmat. Rahbarlar o ‘zlarining xodimlari, bo‘ysunuvchilaritomonidan bayon qilingan g'oyalar va insonning qadriga hurmat bilan munosabatda bo'lishlari zarur. Shundagina rahbar ularning faoliyatni yaxshilash jarayonida faol qatnashishiga erishadi.
«Xo‘jayin» o'rniga «xizmatkor» vazifasini bajaruvchi ko‘maklashuvchi —rahbar avtoritar rahbarning o‘rnini egallaydi. Bunda rahbar bo'ysunuvchilar taklif qilgan g'oyalami eshitadi, ularning ehtiyojlanga e’tibor beradi va shu tariqa ular hurmatini qozonadi.
Xodimlarni o‘qitish va tayyorlash. Rahbariyatning asosiy vazifalarixodimlarni mehnat vositalari bilan ta’minlash, topshiriqlarni bajarish uchun qulay sharoitni yaratishdan iborat.
Shuningdek, turli jarayonlarni amalga oshirishda kutilmagano'zgarishlarning sodir bo'lishini hisobga olib, xodimlarni har tomonlama o'qitish ham rahbariyatning bosh vazifasidir.
Xodimlarni o‘qitish va tayyorlash maqsadga muvofiq tarzda hamda doimiyasosda o‘tkazilishi kerak. Bu vazifa xodimlarni tayyorlashda ilmiy va pedagogik bilimlar, tajribaga ega bo‘lgan, yangi ishga qabul qilingan mutaxassislarga yuklanishi kerak. Har bir faoliyat turi bo'yicha mutaxassislarni o'qitish va tayyorlash puxta rejalashtirilishi kerak. Yetakchi kompaniyalaming mutaxassislari baholashicha, xodimlarni o‘qitish va tayyorlashga sarflanadigan mablag‘lar eng samarali kapital qo‘yilmalar hisoblanadi.
Xodim oldiga vazifalarni qo‘yish va uning mehnatini baholash. Odamlarbelgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishni xohlaydilar, lekin rahbariyatning yordamisiz bunga erishib bo'lmaydi. Xodimlarning o ‘zlariga rahbarlar va tashkilot tomonidan qo'yilayotgan talablami anglab yetishi tashkilotda o'zaro munosabatlaming samarasini ta’minlaydi. Buning uchun quyidagilar zarur:
1. Xodim va rahbarning kelishuvi asosida ish rejalarining tuzilishi.
2. Xodimning ijodiy kamol topishi va kasbiy o'sish rejasining mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |