1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja


Rahbarlik qilishning obyektlari, resurslari va usullari


Download 0.87 Mb.
bet42/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1121567
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80
Bog'liq
menejment 1-10

5.Rahbarlik qilishning obyektlari, resurslari va usullari.
Funksional bo'linmalar faoliyatini yaxshilash rejalarining tahlili. Har bir funksional bo'linmada faoliyatni yaxshilashning yillik rejasi tuzilib, unda sifatni oshirish tadbirlarining ro'yxati keltirilishi kerak. Rejada mazkur jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan resurslar va boshlang'ich xarajatlarni qoplas uchun kutilayotgan iqtisod aniqlanadi. So'ngra bu rcjalar bo'linmalar va umuman tashkilot uchun yillik moliyaviy rejaning bir qismiga aylanadi. Faoliyatni yaxshilash bo'yicha boshqaruv kengashi har bir bo linma yillik rejasining asoslanganligini tekshiradi. Bunda u yillik rejaning to'liqligi, unga qo'yilgan talablarga javob berishi, korxonaning strategiyasini ifodalashi hamda taklif qilinayotgan daromadlarning xarajatlarni qoplashiga e'tibor qaratadi. Keng ko'lamda qo'llanilayotgan tajribaviy dasturlardan foydalanish zarurati paydo bo'lishi mumkin. Bu dasturlar turli usullarni amalga oshirish yo'lari va ularning kelajakdagi qoplanishini baholaydi. Rejalashtirish davrida tajriba uchastkalari aniqlanishi va amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalash uchun mablag'lar ajratilishi kerak. Tahlil natijasida boshqaruv kengashi bo'linmalarning rejalariga o'zgartirishlarni kiritadi, bu to'g'ridagi dalolatnomani moliyaviy rahbar va korxona rahbariga taqdim etadi.
Faoliyatni yaxshilash fondi. Yillik moliyaviy rejaga ko'ra budjetda ko'zda tutilmagan, sifat va mehnat unumdorligini oshirish loyihalarini amalga oshirish uchun sarflanadigan maxsus fond ajratilishi kerak. Faoliyatni yaxshilash bo'yicha kengash ushbu fondni boshqarishi va kiritilgan investitsiya vositasida mos foyda olishni kafolatlashi kerak. Sotuvning birinchi yilida kiritilgan investitsiyalar uchun rejalashtirilgan foyda xarajatlardan kamida ikki barobar ortishi kerak. Agar yil davomida bo'linma yangi loyihani ishlab chiqsa, bu loyihani boshqaruv kengashining muhokamasiga taqdim qiladi va loyiha tasdiqlanganda faoliyatni yaxshilash fondidan mablag' ajratiladi. Ma'naviy va moddiy rag'tbatlantirish. Xulq normalariga rioya qilayotgan ishchilarni rag'batlantirish orqali ko'ngilsiz holatlardan qutulish va maqbullarini mustahkamlash ta'minlanadi. Mehnat natijalarini yaxshilash, axloqiy me'yorlarni mustahkamlashda ishchilarni o'rinli ma'naviy va moddiy rag 'batlantirishning ahamiyati katta.
Boshqaruv kengashi ma'naviy va moddiy rag'batlantirish rejalarining o'rinli tuzilishi uchun javob beradi. Bu rejalar ishchilarning shaxsiy xususiyatlari va aniq vaziyatlar bilan bog'langan bo'lishi kerak. Rag'batlantirish har doim katta pul qiymatida amalga oshirilmasligi lozim. Gohida minnatdorchilik so'zi, do'stona e'tibor, gazetadagi maqola va sovg'a moddiy rag'batlantirishdan ustun keladi. Alohida ishchi yoki ishchilar guruhi rahbariyat ularning xizmatlarini tan olishi va intilishlarini yuqori baholashini bilishlari muhim.
Boshqaruv kengashi rahbariyatga rag'batlantirishga munosib ishchilarni tavsiya qilishi lozim. Bunday ishchilar rahbariyatning asosiy tayanchidir.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling