Xodimlarning rahbariyatga munosabati. Agar boshqarma ishni yaxshilash standartlarini o'rnatishga kirishsa, u holda ishchilarning o'z boshqarmnalarini qanday baholashini bilishi kerak. Barcha pog'onalardagi rahbarlar bo'ysunuvchilarga ega bo'lib, ularning ibrat olishiga mas'uldirlar. Agar rahbar bo'ysunuvchilarining nuqsonsiz ishlashini xohlasa, u ishida ko'p mnashaqqatlar evaziga o'zining xatolarini tuzatishi kerak.
Samarali suv toshqini»ga olib borishning ketma-ketligi va tizimliligi.
Sifatga yangicha yondashuv tashkilotning yuqori pog'onadagi rahbarlaridan boshlanishi kerak va suv toshqiniga o'xshab eski, zararli ko'nikmalar hamda an'analarni yuvib tashlagan holda rahbariyatning har bir bo'g'iniga tarqalishi kerak. Bu borada rahbariyat quyidagi vazifalarni hal qiladi:
1. Resurslarni taqsimlash.
2. Tashkiliy tuzilmani shakllantirish.
3. Liderlarga yuqori mas'uliyatli topshiriqlar berish.
4. Korxonaning siyosatini belgilash.
5. Ish standartlarini o'matish.
6. Vazifalar topshirish va ishlarni bajarish bo'yicha ko'rsatmalar berish.
7. Ish usullarini aniqlash.
8. Asosiy yo'nalishlarni aniqlash.
9. Faoliyat natijalarini baholash va rag'batlantirish.
10. Xodimlarni tanlash va tayyorlash.
Faoliyatni yaxshilash yo'lidagi to'siglarni olib tashlash. Tashkilot rahbariyati ishchilarning o'z vazifalarini to'g'ri bajarishiga xalaqit beradigan to'siqlarni olib tashlash haqida qayg'urishi kerak. Shuningdek, rahbariyat ishchilar va xizmatchilarga quyidagi sharoitlarni ta'minlashi kerak:
1. 0'z majburiyatlarini sifatli bajarish uchun muddatning yetarli bo'lishi.
2. Vazifalarni bajarishga mos keladigan mehnat vositalari va o'quv qo'llanmalar.
3. Ishni to'g'ri bajarishning muhimligini tushuntira oladigan va yo'lda uchragan to'siqlarni bartaraf qiladigan, ishning sifatini oshirishni rag'batlantiradigan va mukofotlaydigan rahbarlarni tanlash. Har bir rahbarning asosiy vazifasi o'zi mas'ul bo'lgan faoliyat haqida tasavvurga ega bo'lish, bo'ysunuvchilarini, ishni takomillashtirish yo'lidagi mavjud to'siqlarni bilish va ularni bartaraf qilish hisoblanadi. Bo'ysunuvchilar vositasida orttiriladigan shaxsiy ish tajribasi qiyinchiliklarni yengib o'tishning samarali vositasi sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |