1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja


Download 0.87 Mb.
bet47/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1121567
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80
Bog'liq
menejment 1-10

2. Jamoaviy boshqaruv.
Jamoaviy boshqaruv. Bo'ysunuvchilar mehnatining sifati korxona muvaffaqiyatini hal qilishini rahbarlar yaxshi biladilar. Jamoaviy boshqaruv rahbarlik uslubi bo'lib, unda ishchilar ishlab chiqarish masalalarini hal qilishda faol qatnashadilar.
Bu konsepsiyada davrimizning bir qator boshqaruvni tashkil qilish usullari e'tirof etilgan. Ularga sifat to'garaklari, ishchi brigadalar, jarayonlarni tartibga solish bo'yicha guruhlar, sifatni oshirish guruhlari, maqsadli guruhlar va o’zini-o'zi boshqaradigan yarim avtonom jamoalar kiradi. Konsepsiyaning samara berishi asoslanganiga qaramay, ba'zi korxonalarda u rahbariyatning aybi tufayli amalga oshmay qoladi.
Jamoaviy boshqaruvga amal qilinganda rahbar guruhlar faoliyatini o'zaro muvofiqlashtirish bilan shug'ullanadi. Bu esa guruhga muammolarni bartaraf qilish yuzasidan qaror qabul qilishga imkon beradi. Natijada korxona faoliyatining sifatini ta'minlash masalasiga jamoa a'zolari yuksak mas'uliyat bilan yondashadilar.
Boshqarish mahoratisiz jamoa a'zolarining faoliyatini jonlantirib bo'lmaydi. Shuningdek, bunday maqsadga majbur qilish usullari bilan erishib bo'lmagandek, jamoaning faol ish yuritishi o'z-o'zidan sodir bo'lmaydi.
Quyidagi tamoyillarga rioya qilish orqali jamoaviy boshqaruvning samaradorligiga erishiladi:
1. Rahbarlarning o'z vakolatlari va majburiyatlarini jamoa a'zolariga taqsimlab berishi.
2. Rahbarlarning bo'ysunuvchilarga ishonchi.
3. Muammolarning oldini olish asosiy maqsadga aylanishi kerak.
4. Rahbarlar va oddiy ishchilarning o'zaro hamkorligisiz yuqori sifat ko'rsatkichlariga erishish mumkin emas.
5. Rahbariyat boshqanuvning demarkazlashtirilishini go'llab-quvvatlashi, biroq jamoa qabul qiladigan qarorlar uchun javobgarlikni o'zida saqlashi kerak.
6. Har bir xodimning foydali g'oyalarga ega ekani va turli g'oyalarni birlashtirish orqali muammoning optimal yechimi aniqlanishini rahbarlar bilishlari lozim.
7. Ishchilar va xizmatchilarning amaliy ahamiyatga ega bo'lgan takliflarini amalga oshirish rahbariyatdan talab qilinadi.
8. Rahbariyat ishchilar va xizmatchilarni tashkilotga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, buning uchun zarur sharoitlarni yaratishi kerak.
9. Rahbariyat jamoaning xizmatlarini e'tirof etishi zarur.
10. Jamoaviy boshqaruv tizimini ishlab chiqishda kasaba uyushmasi albatta qatnashishi lozim.
11. Rahbarlar jamoaviy boshqaruv tizimini yaratishni uzoq muddat davom etadigan jarayon sifatida tasavvur qilishlari va qisqa vaqtda keskin inqilobiy o'zgarishlar yasash ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunishlari lozim.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling