1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja
O'rta pog'ona rahbarlarini sifatni ta'minlash masalalariga o'qitish
Download 0.87 Mb.
|
menejment 1-10
O'rta pog'ona rahbarlarini sifatni ta'minlash masalalariga o'qitish. O'rta bo'g'in rahbarlarini alohida dastur bo'yicha o'qitish kerak, chunkiular quyi bo'g'in rahbarlarini tayyorlash uchun mas'ul shaxslar hisoblanadi.Ular sifatni oshirish usullari, jamoaviy boshqaruv va ishni yaxshilashjarayonining tamoyillarini barcha bo'ysunuvchilarga targ'ib qiladilar. Harbir funksional bo'linmaning rahbarini o'qitish dasturlari bir-birinikidan ajralib turadi. Kirish kursining tuzilishi yuqori boshqaruvchilarnikiga o'xshabketadi, lekin muammolarni hal qilish usullari, jarayonlarni tartibga solish,jamoaviy boshqaruv uslubiyoti, rahbarlikning ehtiyotkorlik uslubiga o'tishva mehnatning benuqsonligi konsepsiyasini qo'llash masalalari yanadamukammal yoritiladi. Kurs muayyan xo'jalik vaziyatlarini hal qilish vaishbilarmonlik o'yinlarini o'z ichiga olishi zarur.Kirish kursining boshlanishida so'rovnomani to'g'ri javoblar bilanto'ldirish va ularga izohlar berish o'rganuvchilarga taklif qilinadi. Kursningoxirida ham so'rovnomalar to'ldirilishi, shuningdek, har bir savol muhokamaqilinishi lozim. Natijada kirish kursi o'rganuvchilarning yuqori sifatgaerishishga bo'lgan ishonchini qanchalik mustahkamlaganini bilib olamiz.
Tasdiqlash yoki rad qilish shaklida so'rovnoma savollariga javob beriladi: 1. Firma tomonidan taklif qilinayotgan mahsulotlar, xizmatlarning sifati uchun sifatni ta'minlash xizmati javobgarlikka ega. - Yo'q. Sifatni ta'minlash xizmatining vazifasi mahsulot sifatining talab darajasida ekanini va bu haqida rahbariyatni hamda tuzatish choralarini ko'rishga vakolatli shaxslarni xabardor qilishdan iborat. 2. Mehnat faoliyati standartini o'rnatishda hamma xodimlarning xato qilishi hisobga olinishi lozim. - Yo'q. Standart nuqsonsiz ishlashni ko'zlashi kerak. Xatolarga yo'l qo'yilishini hisobga olib tuziladigan standart ularning yuzaga chiqishiga sabab bo'ladi. Standart har qanday ishning bexato bajarilishini anglatadimi? - Yo'q. Ishchi ishtirok etadigan jarayon mehnatning benuqsonligini ta'minlamasa, rahbariyatning o'zi nugsonlarni aniqlashi va tuzatishi lozim. 3. Ishni o'z vaqtida, biroq ba'zi bir nuqsonlar bilan bajarish uni kechikib juda soz bajarishdan yaxshiroq. - Yo'q. Nuqsonlarni tuzatgandan ko'ra ishni har doim to'g'ri bajarish lozim. 4. Oddiy ishchilar ko'plab xatolar va nuqsonlarning sababchisi bo'ladi. -Yo'q. Ko’pincha muammolarning atigi 15% ini oddiy ishchilar yuzaga keltiradi. Qolgan 85%i rahbariyatning ishi bilan bevosita bog'langan. 5. Rahbariyat xodimlarni ishni yuqori sifat bilan bajarishga rag'batlantirishi lozim. -Yo'q. Ishchilarning katta qismi o'zlarining birinchi ish kunini ilhom va ishtiyoq bilan boshlaydilar. 6. Malakaning yetishmasligi va ishga e'tiborsizlik oqibatida ko'plab xatolar kelib chiqadi. Ha. Bu ikki holat muammolar yuzaga kelishining asosiy sababchisi hisoblanadi. 7. Mahsulotning sifati uning konstruktorlik hujjatlarida ko'rsatilgan talablarga muvofiqligi bilan belgilanadi. - Yo'q. Sifat iste'molchilarning xohishlariga muvofiq bo'ladi va ularning to'lov qobiliyatiga mos narxda taqdim ctiladi. Hujatlar iste'molchilarning haqiqiy kutishlarini ifodalashi yoki ifodalamasligi ham mumkin. 8. Bizning korxonalarda sifatni ta'minlash ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishdan ustun. - Ha. Agar mahsulot sifatini ta'minlash birinchi darajali vazifaga aylansa, mahsulot optimal narxda sotiladi. Natijada kamroq xarajatlar qilib ko'pro mahsulotlarni ishlab chiqarishdan tashqari mahsulotlarning yuqori narxda sotilishini ham ta'minlaydi. Chunki mahsulotning sifatliligiga ishongan iste'molchilar unga ko'proq haq to'lashga tayyor turadilar. 9. Mahsulotning sifatini ta'minlash rejani bajarishdan muhim.- Ha. Ko'p vaqt, kuch va vositalar nuqsonli mahsulotlarni qayta ishlashga sarf bo'ladi. Shuning uchun, ishni boshlanishidanoq to'g'ri bajarish kerak. 10. Bizning korxonamiz mahsulotning sifati pastligidan yuzaga kelgan xarajatiarni hisoblash tizimiga ega. - Ha. Agar bunday tizim bo'lmasa, uni yaratish kerak. Ko'p hollarda personal past sifat oqibatida yuzaga kelgan xarajatlarni hisoblash tizimi, undan samarali foydalanish yo'llari haqida to'liq axborotga ega bo'lmaydi. O'qitish jarayonida bu muammo inobatga olinishi lozim. 11. Xatolar sonini kamaytirish takomillashuvning eng ma'qul mezonidir. - Yo'q. Xatolar sonini emas, balki sifatning pastligi oqibatida yuzaga kelgan xarajatlarni kamaytirish takomillashuvning bosh mezoni hisoblanadi. 12. Ish natijalarimning sifatini o'lchash mumkin. - Ha. Har bir bo'linma, ishchi mehnatining natijalarini o'lchash mumkin. Bundan tashqari, xizmatchilar, yordamchi bo'linmalardagi ishchilar mehnatining natijalarini ham o'lchash mumkin. Buning uchun qo'shimcha qiymatni yaratishga sarf bo'lgan ish hajmini aniqlash, so'ngra bu qiymatning qanchalik samarali yaratilganini o'lchash kitoya. 13. Boshqarishning eng maqbui tizimi xatolarning oldini olish hisoblanadi. - Ha. Xatolarni profilaktika qilishga kiritilgan mablag'lar 50 000% ga yetishi mumkin. Rahbarlar muammolarni bartaraf qilish o'rniga ularning oldini olishga o'tsalar, tashkilot, korxona faoliyatida ijobiy o'zgarishlar sodir bo'ladi. 14. Ishni yaxshilash jarayoni - ishchilar va rahbarlarni xatolarni kamaytirishga rag'batlantirish dasturi.- Yo'q. Ishni yaxshilash jarayoni- rag'batlantirish dasturi emas, balki tashkilotning yangilanishidir. Dasturlar, odatda, muayyan kalendar davrida amalga oshiriladi va amal qilinish muddati tugagandan so'ng o'z kuchini yo'qotadi. Faoliyatni yaxshilash jarayoni esa xo'jalik yuritish tizimining ajralmas qismiga aylanishi kerak. 15. Jamoaviy boshqaruv quyi pog'ona rahbariga manfaat keltiradi. - Ha. Ishchilanga o'z ishiga nisbatan ko'proq qarorlarmi qabul qilish va boshga majburiyatlarning yuklanishi rahbarlarning yanada muhimroq vazifalarni bajarishi va qo'shimcha majburiyatlarni qabul qilishini ta'minlaydi. Bu esa rahbarlar tomonidan yuqori mas'uliyatli topshiriqlarning bajarilishiga imkon beradi. So'rovnomaga kiritilishi lozim bo'lgan savol: sizning uchastkangizda vaqtning qancha foizi sifatning saviyasini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning o'matilgan talablarga muvofiqligini tekshirishga sartlanadi? Past sifat oqibatida sarflanadigan xarajatlar mahsulotning xossasi, murakkabligi va boshqaruv uslubiga mos holda o'zgarib turadi. Ular yaxshilash jarayoni tatbiq qilinmagan yordamchi bo'linmalardagi xizmatchilar va ishchilar mehnat sarfining 20-30% ini va ishlab chiqarish bolinmalari qo'shimcha qiymatining 30-40% ini tashkil qilishi mumkin. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling