1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja
Quyi pog'ona rahbarlari, chiziqli rahbarlarni o'qitish
Download 0.87 Mb.
|
menejment 1-10
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0qitish tamoyillari va boshqaruvchilarning vazifalari.
Quyi pog'ona rahbarlari, chiziqli rahbarlarni o'qitish. Quyi pog'onaning rahbarlari jamoaning kayfiyati, ishga munosabati, ishchilarning mehnat ko'nikmalari va mehnat sifatiga hammadan ko'p ta'sir qiladilar. Shuning uchun, ular sifatni ta'minlash tamoyillari, mehnat natijalariga talablar va faoliyatni yaxshilash jarayonini samaradorligini oshirish yo'llari to'g'risida to'liq tasavvurga ega bo'lishlari zarur. O°'rta bo'g'in rahbarlari quyi pog'onadagi rahbarlarning asosiy o'quv dasturini ishlab chiqish bilan shug'ullanadilar. Bunda ular o'rta va yuqori bo'g'in rahbarlarini o'qitish dasturlariga asoslanadilar. O'quv dasturi qisqa yig'ilishlarni o'tkazishni nazarda tutishi va jamoaviy boshqaruv, muammolarni hal qilish usullari, statistik usullar va bo'linmalar faoliyatini tahlil qilish kabi masalalar bunday yig'ilishlarning kun tartibidan o'rin olishi kerak. Dasturda muammolarni aniglash va bartaraf qilishda ishchilarning ahamiyatiga e'tibor berilishi lozim.
0'qitish tamoyillari va boshqaruvchilarning vazifalari. Har qanday dasturning kirish mashg'uloti rahbarning tashkilotga murojaati va boshqaruv raisining so'zga chiqishi bilan boshlanadi. Mashg'ulotlarda tinglovchilar keyingi mavzu uchun yozma materiallarni olishi, boshlang'ich o'quv kursini tugatgandan so'ng diplom, esdalik yoki faxriy yorliq bilan taqdirlanishi kerak. O'quv dasturining mavzulari bir necha rejalardan tashkil topishi va o'zaro bog'langan bo'lishi kerak, chunki ko’plab xilma-xil muammolarni va boshqaruv tizimining o'zgarishlarini hal qilish natijasida samaradorlik va sifatni oshirish mumkin. IImiy-texnik taraqqiyotning uzhuksiz davom etishini hisobga olgan holda rahbarlarni sifatni oshirish masalalariga o'qitish muntazam olib borilishi kerak. Ma 'muriy guruhni tashkil qilish bilan faoliyatni yaxshilash tizimini shakllantirish ishlari boshlab yuboriladi. Shundan so'ng, har bir rahbar muovini bevosita o'ziga bo'ysunuvchi faoliyatni yaxshilash guruhini tashkil qiladi. O'z navbatida, funksional bo'linmalarning rahbarlari yaxshilash guruhlarining raislariga aylanadilar va bu guruhning tarkibiga o'rta bo'g'in rahbarlarini kiritadilar. Guruhlar dastlab haftalik, so'ngra oylik yig'ilishlarni doimiy ravishda o'tkazadilar. Barcha yig'ilishlarning bayonnomalari rasmiylashtiriladi va e'lon qilinadi. Boshqarnivchilar va ish yurituvchilardan tashkil topgan guruhning vazifalari: 1. Rahbarlar bilan kelishilgan holda har bir bo'linmaning vazifalarini aniqlash. 2. Faoliyat natijalarining sifatini baholash bo'yicha tavsiyalar berish. 3. Xodimlarni o'qitishga ehtiyojni aniqlash. 4. Pastdagi pog'onaning vakolatida bo'lmagan muammolarni hal qilish. 5. Ishni yaxshilashning strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish. 6. Muammolar yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan boshqaruv usulini qo'llash yo'llarini ishlab chiqish. 7. Alohida xizmatlari uchun mukofotlanishga loyiq bo'lgan va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qila oladigan jrochilarni aniqlash. 8. Yuqori va quyi boshqaruv pog'onalarining aloqasini yo'lga qo'yish. 9. Ishni yaxshilash bo'yicha tajriba almashish. 10. Boshqaruv tizimlarining o'zaro aloqasini baholab, ular faoliyatining samaradorligini oshirish. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling