1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja


O'z-o'zini attestatsiyalashni o'tkazish tartibi


Download 0.87 Mb.
bet56/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1121567
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80
Bog'liq
menejment 1-10

O'z-o'zini attestatsiyalashni o'tkazish tartibi. Har bir rahbar kamida uch oyda bir marta o'z-o'zini attestatsiyalashni o'tkazishi lozim. O'z-o'zini attestatsiyalashda attestatsiya kartasiga natijalar kiritiladi va bu karta korxonada saqlanadi. Faoliyat sifatining me'yorlariga mos kelmaydigan holatlar aniqlanib, ularni tuzatish ishlarini olib borish bo'yicha rejalar tuzilishi kerak.
O'z-o’zini attestatsiyalash shakllari to'ldirilib, tuzatish ishlarining rejalari tuziladi. Shundan so'ng, rahbar baholashni o'tkazishga oid ma'lumotlar, attestatsiya natijalarning asoslanilganligi, muammolarning to'g'ri klassifikatsiya qilinganligi va tuzatish ishlari rejalarining samara berishini tekshirib chiqadi.
Tekshirib chiqqandan keyin rahbar o'zidan yuqori pog'onadagi rahbar bilan uchrashishi kerak. Chunki u shaklga imzo qo'yish huquqiga ega. Har chorakda o'rta pog'onadagi rahbar tegishli uchastkadagi ishlarning holati haqida xulosa chiqaradi hamda guruhning yig'ilishida qatnashib, funksional bo'linmaning faoliyatini takomillashtirish tadbirlarining rejasini taklif qiladi. Shundan so'ng, har bir jiddiy muammo yuzasidan tuzilgan tadbirlar rejasi faoliyatni yaxshilash guruhining yig'ilishida ko'rib chiqiladi. Ushbu yig ilish tashkilot rahbarining muovini rahbarligi ostida o'tkaziladi. Unda bo'linmaning rahbari amalga oshirilgan ishlar haqida nutq so'zlaydi.
O'z-o'zini baholash tizimiga chiziqli rahbar muammolarni aniqlash va barta raf qilish rejalarini ishlab chiqish vositasi sifatida munosabatda bo'lishi zarur. Lekin quyi bo'g'indagi har bir boshqaruvchi o'z-o'zini baholash natijalarini taqdim qilishda o'zlarining nohaqlik tufayli ishdan bo'shatilishini bilishlari kerak.
O'z-o'zini baholash tizimi negizida profilaktik tadbirlarning samarali tizimi ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. U rahbarlarning e'tiborini jiddiy muammolarga qaratadi.


Nazorat savollari:
I. Faoliyatni takomillashtirishda rahbar - ishchi aloqalarining ahamiyati
nimada ko zga tashlanadi?
2. Agar rahbariyat faoliyatni yaxshilashda faol qatnashishga qaror qilsa,
qaysi masalalarni hal qilishi kerak?
3. Jamoaviy boshqaruvning samaradorligiga erishish tamoyillari, uning
tashkilot va xodimlar uchun afzalliklarini tushuntirib bering.
4. Jamoaviy boshqaruv tizimi samaradorligiga erishish shartlari.
5. 0'rta pog’ona rahbarlarini o 'qitishning keltirilgan so'rovnomasida
savollarga berilgan javoblar asosida korxonaning faoliyati haqida
xulosalar chiqaring.
6. Boshqaruvchilar va ish yurituvchilardan tashkil topgan guruhning
vazifalariga nimalar kiradi?
7. Bosh buxgalterning o'z-o zini baholashi misolida keltirilgan nazorat
ro yxatiga tayanib shunday royxatni menejer misolida tuzing.
8. 0’z-o’zini attestatsiyalash qanday tartibda o 'tkaziladi?


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling