1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja


Guruhlarning xususiyatlari


Download 0.87 Mb.
bet58/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1121567
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80
Bog'liq
menejment 1-10

Guruhlarning xususiyatlari 9.1-jadval




  1. Bo’linmalarning faoliyatini takomillashtirishbo’yicha guruhlar.

Bo'linmalarning faoliyatini takomillashtirish bo'yicha guruhlar u yoki bu bo'linma ishchilaridan tashkil topadi. Ularning vazifasi vositalarni maqsad sari yo'naltirish va ishlab chiqishdan iborat. Vositalar ishchilarga mazkur bo'linma faoliyatining sifati va samaradorligini oshirish imkoniní beradi.
Bo'linma rahbari guruhning raisi hisoblanadi. Ma'lum muddatdan so'ng ma'muriy xodimlar toifasiga kirmaydigan, mazkur lavozimda ishlash uchun tayyorgarlik va layoqatga ega bo'lgan ishchi guruhning raisi etib tayinlanishi mumkin. Guruh xatolarning yuzaga kelishi va bo'linma samaradorligi pasayishining sabablarini aniqlaydi. So'ngra u tuzatish choralarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Guruh bolioma doirasida takomillashtirishning maqsadlarini belgilaydi va ularga erishish tadbirlarini ishlab chiqadi. Bo'linma rahbarining tashabbusi bilan bo'linma faoliyatini takomillashtirish guruhi tashkil qilinadi. Bo'linmaning barcha ishchilari mazkur guruhning qarorlarini bajarishda faol qatnashadilar.
Guruhning yig’ilishlarini tashkil qilish. Bo'linma ishchilarining yig'ilishi bevosita ish joyida tashkil qilinadi. Bundan maqsad muammoni yuzaga kelish joyida tadqiq qilish va ishlab chiqarishni to'xtatmagan holda sinov partiyalarini tanlab olishdir. Yig'ilishlarni o'tkazish qoidalari quyidagilar.
1. Yig ilish kun tartibining oldindan tayyorlanishi va hammaga e lon qilinishi.
2. Kun tartibining bo limlarini muhokama qilish bilan yig ilishni boshlash va tasdiqlangan kun tartibiga so zsiz rioya qilish kerak. Mazkur vazifa uchun bo'linma rahbari mas'uliyatga ega.
3. Yig ilish raisi barcha qatnashchilani faol mehnat qilishga chaqiradi. Bunda u qatnashchilarni muayyan masala yuzasidan so'rov qiladi. Boshliqning nutqi yig'ilish vaqtining 25% idan oshmasligi kerak.
4. Guruh ishtirokchilari navbat bilan yig 'ilish bayonnomalarini olib kelishlari kerak. Bayonnomada ma'lum tadbirlarni ishlab chiqish ishlarining holati, ilgari surilgan takliflar, ularni amalga oshirish muddatlari ifodalanishi lozim. Bayonnomalarning nusxalari yuqori boshqarmaga beriladi.
5. Kelishuv asosida qarorlar qabul qilish. Guruhning barcha a'zolari qabul qilinayotgan qarorlarni qo'llab-quvvatlashi va hamma yakuniy qarorga teng ta'sir qilish imkoniga cga bo'lishi muhim. Umumiy yig'ilish uchun tavsiyalar ishlab chiqadigan guruhlarga yakkafikrlilik mavjud bo'lmagan masalalar topshiriladi.
6. Muhokama qilinayorgan masalalar mazkur bo tinmaning vakolat doirasi va bo'linma guruhining faoliyatiga taalluqli bo'lishi kerak. Agar boshqa bo'linmalarning faoliyati oqibatida mazkur bo'linmada muammo paydo bo'lsa, bo'linma rahbari darhol bu haqida xabar qilishi kerak.
7. Bo linmaning faoliyati nimaga va kimga bogliqligi, uning ishining mazmuni va natijalarining «iste 'molchisi» haqidagi ma'lumotlar hamda uning sifatini o'lchash va baholash masalalari yig ilishda e 'lon qilinishi kerak.
8. Rahbariyat yig'ilishda barcha xodimiar qatnashuvining majburiyligini va qatnashmaslik sabablari oldindan muhokama qilinishini ta'kidlashi lozim. Gurublar ishini tashkil qilish. Barcha ishchilar maxsus tayyorgarlikdan o'tganidan so'ng ularning javobgarligini oshirish lozim. Odatda, bo'linma faoliyatini takomillashtirish bo'yicha guruh o'zining rivojlanishida uch: 1) anglash va o'rganish; 2) tushunish; 3) muammoni hal qilish va qarorlarni qabul qilish bosqichlarini bosib o'tadi.
Anglash va o'rganish bosqichi quyidagi aspektlarni qamrab oladi:
1. Tashkilotning maqsadlarini tushunish.
2. Faoliyatni yaxshilash jarayonini tushunish.
3. «Bexato ish» standartini faoliyatning me'yori sifatida qabul qilish.
4. Ma'lumotlarni to'plash va turkumlash usullari.
5. Muammolarni aniqlash usullari («aqliy hujum» usuli va boshqalar).
6. Muammolarni tahlil qilish usullari (sabab-oqibat diagrammalari va Pareto diagrammalari, ekspert guruhining yuzaga kelgan vaziyatni tahlil qilishi, gistogrammalar).
7. Natijalarni hujjatlar ko'rinishida tahlil qilish (grafiklar, jadvallar, rahbariyatga ma'ruzalar).
8. Baholash natijalari.
9. Nazorat raqamlari va tanlanma nazorat.
Tushunish bosgichi. Bo°'linma faoliyatining tahlili (BFT) bo'linma ishchilariga ularning faoliyatni yaxshilash jarayonida egallagan mavqeyini anglashlariga ko'maklashadi. Tahlil bo'linmaning faoliyatini baholash, ishning asosiy turlarini aniqlash va bu turlarning har birini batafsil ko'rib chiqishimkonini beradi. Bunda ta'minotchilar iste'molchilar va bo'linma o'rtasidagimunosabatlarga asosiy e'tibor qaratiladi. BFT davomida bo'linma faoliyatini takomillashtirish guruhi tegishli hujjatni ishlab chiqadi. Barcha bo'linmalar va ta'minotchilardan xomashyo, materiallarni oladilar, ularni qayta ishlab, qo'shimcha qiymatni yuzaga keltiradilar va iste'molchilarining talabini mehnat natijalari bilan qondiradilar.
Bunday konsepsiyaga ko'ra, har bir ishchi boshqa ishchi mehnatining natijalarini qabul qiladi va o'z mehnatining natijałaridan foydalanadigan istc'molchisiga ega bo'ladi. Bunday zanjirdagi har bir ishchi o'z mehnatiningsifati uchun javobgar bo'ladi.
Tahlildan oldin maxsus shakl to'ldirilib, unda bo'linma faoliyatining maqsadi va bajarilgan ishlarning ro'yxati ko'rsatiladi. Rahbar o'zining bo'ysunuvchilariga bo'linmaning vazifasini ma'lum qiladi va muhokama o’tkazadi. Muhokamada bildirilgan takliflar yuqori rahbariyatga ko'rib chiqish uchun yuboriladi. Shundan so'ng bo'linmada bajariladigan asosiy ishlarning ro'yxati tuziladi. Royxatda quyidagi tadbirlar keltirilishi mumkin:
1. Marketing tadqiqotlarini o'tkazish.
2. Mahsulot tannarxini hisoblash.
3. Ishchilardan intervyu olish.
4. Bashoratlarni ishlab chiqish.
5. Mahsulotni foydalanishga tayyorlash yuzasidan boshqaruvni tashkil qilish.
6. Iste'molchilarning shikoyatlarini ko'rib chiqish.
7. Sinov jihozini loyihalash.
8. Axborotning maxfiy saqlanishini ta'minlash.
Ishlarning asosiy turlari o'ntadan oshmasligi kerak. So'ngra har bir ish turining tuzilishi batafsil ko'rib chiqiladi.
Eng avvalo, barcha boshlang'ich ma'lumotlarning ro'yxati tuziladi. Ma'lumotlar deganda, ham shaxsiy ma'lumotlarni, ham axborotning turli ko'rinishlarini va energiya resurslarini tushunish mumkin. Har bir ma'lumot unga qo'yilgan talablarning aniqligi, «ta'minotchi» bilan teskari aloqaning amalga oshirilishi nuqtayi nazaridan tadqiq qilinadi. «Ta'minotchi» bilan teskari ailoqa yoki uning ish natijalariga talablarni o'rnatish tizimlari tarkib toptirilishi kerak. «Ta'minotchi» bo'linmaning unga qo'yayotgan talablarini bilishi zarur, chunki ushbu talablar ta'minotchiga korxona uning mehnat natijalaridan qanday foydalanayotganini bilish imkonini beradi.
Keyin bo'linma boshlang'ich ma'lumotning qimmatini oshirish maqsadida o'z faoliyatining tuzilishini aniqlashtirib olishi kerak. Shundan so’ng, muayyan ishning pirovard natijasi aniqlanadi: «u qanday shaklda ifodalanadi va uning «iste'molchisi» kim?» degan savolga javob izlanadi. «Iste'molchi» nuqtayi nazaridan har bir ishning natijalariga talablarni belgilash keyingi bosqich hisoblanadi. Bu bosqich faoliyatni takomillashtirish guruhining eiste'molchi» bilan hamkorlikdagi yig'ilishida amalga oshadi. Aynan «iste'molchi» bo'linmadan nimani kutishini ma'lum qiladi.
Tashkilot doirasida «iste'molchi» va «ta'minotchi» orasida aloqalar ta'minlanishi kerak. Ishning natijasiga talablar hamda ularni baholash mezonlari o'matilganidan keyin «ta'minotchi» va «iste'molchi» o'rtasida imzolanadigan hujat tuziladi. Bunda ular hujjatning hamkorlikda tuzilganini va undagi shartlarni bajarishga rozi ekanliklarini tasdiqlaydilar. BFT ning oxirida quyidagi savollarga javob beriladi:
1. Keltirilgan faoliyat baholanadimi? Agar baholansa, u holda baholash mezonlari qaysilar? Agar baholanmasa, buning sabablari nimada?
2. Faoliyatni takomillashtirishga ehtiyoj sezilyaptimi? Agar ehtiyoj bo'lsa, takomillashtirish tadbirlarining rejasini tuzishga qancha vaqt sarf bo'ladi?
3. Bo'linmada ishning berilgan turini bajarish uchun haftasiga necha soat sarflash talab qilinadi, shu jumladan: a) Hammasi bo'lib ishga necha soat sarflanadi? b) Muammoning oldini olish choralari umumiy vaqtning qancha qismini tashkil qiladi? d) Ish natijalarini baholash umumiy vaqtning qancha qismini egallaydi? e) Umumiy vaqtning qancha qismi xato tufayli bekorga sarf bo'ladi?
Tahlil natijalari har yarim yilda tekshirilishi va kamida ikki yilda bir marta qayta tahlil o'tkazilishi lozim.
Bo’linmalar faoliyatini takomillashtirish ko 'rsatkichlari. BFT asosida bolinma faoliyatining sifatini tavsiflovchi ko'rsatkichlar ro'yxati tuziladi.
Guruh «takomillashtirish ko'rsatkichlari» deb nomlanuvchi 3-5 ta asosiy ko'rsatkichlarni tanlab olishi zarur. Shunga ko'ra grafiklar tuzilib, ular har bir bo'linmaga osib qo'yiladi. Har bir grafikda kamida yarim yillik ma'lumotlar va ish sifatining rejalashtirilgan darajasi ko'rsatilishi kerak. Nazorat raqamlari uch oy davomida o'rnatilgan nazorat raqamlarga erishilgandan so'ng yangilanadi. Bo'linmalar faoliyati shu tarzda uzluksiz takomillashtiriladi.
Ikki turdagi normativlar o'rnatilishi mumkin- iste'molchilarning kutishlariga muvofiq keluvchi ishlar sifatining darajasi va nazoratning kelajakdagi maqsadlar bilan bog'langan me'yoriy hujatlari. Bunday chizma takomillashtirish bo'yicha faoliyatni to'xtatish g'oyasiga qarshilik qiladi.
Ko'rsatkichlar guruhning yig'ilishlarida yangilanishi va qayta ko'rib chiqilishi kerak. Shu tarzda, oraliq maqsadga bosqichma - bosqich erishish hisobiga pirovard maqsadlarga yaqinlashib boriladi.
Muammolarni hal qilish va qarorlarni qabut qilish bosqichi. Bo'linmalar faoliyatini takomillashtirish bo'yicha guruh kelajakdagi maqsadlarni belgilaydi. Bu maqsadlarga bo'linma ishining sifat ko'rsatkichlari majmui sifatida qaraladi. So'ng muammolarni hal qilish usullari yordamida guruh bo’linmaning bu maqsadlarga erishish rejasini ishlab chiqadi; takomillashtirishning yangi maqsadlarini belgilaydi va shundan so'ng yangi sikl boshlanadi.
Har safar muammoni hal qilishda guruh sifatning oshishi va xarajatlarning kamayishini baholashi kerak. Faoliyatni yaxshilash bo'yicha boshqaruv kengashiga baholash natijalari to'g'risida hisobot beriladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling