1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja


Download 0.87 Mb.
bet60/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1121567
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   80
Bog'liq
menejment 1-10

3.Sifat to'garaklari
Sifat to'garaklari - ishchilaming unchalik katta bo'lmagan guruhi (6-12 kishi) bo'lib, ular ish sharoitlari bilan bog'liq muammolarni hal qilish uchun ixtiyoriy ravishda tuziladi. Ko'p hollarda bo'linma boshlig'i ayni paytda guruh rahbari bo'la olmaydi. Sifat to'garaklari ishchilar faoliyatining muammolari ustida ishlaydi.
To'garak tuzilishi uchun tashkilot ishchilari ma'lum muammoning hal qilinishini yoqlab chiqishlari va rahbariyatning bunday taklifini tasdiqlashi lozim. Sifat to'garagi doimiy asosda ishlashi yoki muammo hal bo'lgandan keyin tarqatilishi mumkin.
To’garak a'zolari muammoni aniqlash, o'zining raisini saylash, yig'ilishlar o'tkazish tartibini tuzish va ishni bajarish uchun rahbariyatning ruxsatini olish huquqiga ega. Ular muammo yuzasidan zarur ma'lumotlarni to'playdilar, tahlil qiladilar, muammoning yechimlari taqdim qilingan variantni baholaydilar, rahbariyatga muammoni hal qilish bo'yicha tavsiyalarni beradilar va rahbariyatning ma'qullashi bilan muammoni hal qiladilar (agar bu ish ularning vakolatiga kirsa).
Sifat to'garaklarining asosiy xususiyatlari:
1) to'garaklarning yig'ilishi doimiy o'tkaziladi;
2) to'garaklarga a'zo bo'lish ixtiyoriy;
3) tegishli uchastkadagi mehnat faoliyati bilan bog'liq muammolar sifat to’garaklarida hal qilinadi;
4) to'garak a'zolari muammolarni tadqiq qiladilar va ularni hal qilish natijalarini baholaydilar;
5) muammo hal qilinganidan so'ng sifat togaragi tarqatiladi.
Yaponiyada sifat to'garaklarini tashkil qilish harakati pastdan yuqoriga yo'nalgan. U yuqori bo'g'in rahbariyati emas, balki ustalar va ishchilarning tashabbusi tufayli yuzaga kelgan. Bu harakatning asta-sekinlik bilan tarqalishiga qaramay, barcha ishchilar tomonidan to'la-to 'kis qo'llab-quvvatlangan. Shu tufayli u muvaffaqiyat qozongan.
Tashkilot rahbariyati sifat to'garaklarini tashkil qilish dasturi asosida ularning muvofiqlashtiruvchilarini tanlaydi. Muvofiqlashtiruvchilarning majburiyatlari:
1. Sifat to'garaklarini tatbiq qilish dasturini boshqarish.
2. Rahbarlar va sifat to'garagining a'zolariga taqdim etiladigan ma'lumotlarni tayyorlash.
3. Sifat to'garaklari uchun xodimlarni tayyorlash dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.
4. Sifat to'garaklarini yaratish g'oyasiga ishchilarni qiziqtirish.
5. Sifat to'garaklarining a'zolariga muammolarni hal qilishda ko'maklashish.
6. Zarurat tug'ilganda sifat to'garaklariga maslahat yordamini tashkil qilish.
7. Sifat to'garaklarining rahbarlari uchun maxsus ofquv kurslarini tashkil qilish.
8. Tanlangan rahbar o'zining nizomini o'zlashtirguncha sifat to'garaklarining dastlabki yig'ilishlarini o'tkazishdan iboratdir.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling