1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja
Kasaba uyushmalarining jalb qilinishi
Download 0.87 Mb.
|
menejment 1-10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sifat togaraklarining yigilishlari.
Kasaba uyushmalarining jalb qilinishi. Bo'linmalarning xodimlariga murojaat qilishdan avval kasaba uyushmalarining madadiga tayanish zarur.
Sifat to'garagining rahbari. Bo'linma rahbari yoki ishchilari tayyorgarlikdan o'tadigan to'garak rahbarini tanlashi lozim. Tayyorgarlik quyidagi masalalarni qamrab oladi: 1) sifat to'garagining faoliyati; 2) sifat to'garagining tashkiliy tuzilmasi; 3) katta bo'lmagan guruh doirasida xulq-atvor me'yorlarini o'rgatish; 4) muammolarni hal qilish usullari; 5) jamoaviy boshqaruv usullari; 6) shaxslararo munosabatlar. Sifat to'garagining rahbari: 1) sifat to'garagining faoliyatida qatnashishni rag'batlantirish; 2) o'tkaziladigan yig'ilishlar uchun kun tartibini tayyorlash; 3) to’garak a'zolarini tayyorlashda muvofiqlashtiruvchiga yordam ko'rsatish; 4) rais sifatida to'garak yig'ilishlarini o'tkazish; 5) yig'ilishlar va sifat to'garagining faoliyatiga taalluqli hujjatlarni tayyorlashga mas'uldir. Sifat to'garaklarining yig'ilishlari. Sifat to'garagining yig'ilishlari bir soatdan ortiq davom etmasligi kerak. Dastlabki yetti-sakkiz yig'ilishda quyidagi namunaviy mavzular bo'yicha o'quv mashg'ulotlari o'tkaziladi: 1. Sifat to'garaklarining faoliyati bilan tanishish. 2. Aqliy hujum», sabab-oqibat diagrammalari, muammolarni aniqlashning boshqa usullari. 3. Gistogrammalar, grafiklar, nazorat kartalari. 4. To'garak faoliyati natijalarining rahbariyatga taqdim etilishi. Yig'ilishlarning kun tartiblarida yangi konsepsiyalar va muammolarni tahlil qilishga alohida e'tibor berish lozim. Ya'ni: 1. Ma'lumotlarni to'plash, tahlil qilish va taqdim etish usullari (tarqalish diagrammalari, tajribalarni rejalashtirish, tanlanmalarni tabaqalash). 2. Texnologik jarayonlarni tartibga solish vositalari (nazorat kartalari va tanlanma nazorat). 3. Mavjud vaziyatlar, fikrlar xaritasining guruhiy tahlili. Shu tarzda, muammolarni hal qilishning barcha usullari asta-sekin ko'rib chiqiladi va navbatdagi yig'ilishlar ularning tahlili va yechimiga bag'ishlanadi. Muayyan muammo ustidan ishlar yakunlangandan so'ng natijalar yuqori bo'gin rahbariyatiga taqdim ctiladi. Taqdim qilishda quyidagi savollarga javob berish zarur: 1. Muammo nimadan iborat? 2. Qaysi usullar yordamida muammo lahlil qilingan? 3. Muammo qanday hal qilinadi? 4. Berilgan yechimni qanchalik samarali deb hisoblash mumkin? 5. U qanday samara beradi? Rahbariyat yetakchilik qilayotgan to'garaklarni muntazam belgilab borishi kerak. Sifat to'garaklari bo'linmada tuzilgan ishni yaxshilash bo'yicha guruhning faoliyatini to'ldirishi mumkin. Masalan, agar guruhning yig'ilishida butun bo'linmaning faoliyatini qamrab olmaydigan masala kun tartibiga qo'yilsa, uni sifat to'garagining a'zolari hal qilishlari mumkin. To'garaklarning afzalliklari: 1) faqat bu faoliyat bilan shug'ullanishni xohlovchi ishchilar to'garak a'zolari bo'ladilar; natijada ularni rag'batlantirish tadbirlariningg samaradorligi yuqori bo'ladi; 2) o'qitish natijasida to'garak a' zolarining dunyoqarashi kengayadi; 3) ishchilar o'zlarini qiziqtirgan muammolarni ko'rib chiqadilar; 4) sifat to'garagi a'zolari o'zlari qabul qilgan qarorlarning amaliyotda qollanilishi bilan qiziqadilar. Kamchiliklari: 1) muammolarni hal qilishda bolinmaning barcha ishchilari qatnashishmaydi; 2) sifat to'garagiga a'zo bo'lmagan bo'linmaning ishchilari to'garak takliflarining samara berishiga ishonchsizlik bilan qarashi mumkin. Jarayonlarni takomillashtirish bo'yicha guruhlar Jarayonlarni takomillashtirish boyicha guruh bir nechta bo'linmaning faoliyatini qamrab oladigan jarayon bilan shug'ullanadi. Jarayonda va yordamchi xizmatlarda qatnashuvchi har bir bo'linmadan tajribali, malakali mutaxassislar guruh tarkibiga kiritiladi. Guruhning raisi va a'zolari tashkilotning rahbariyati tomonidan tayinlanadi. Guruh firma rahbariyati tomonidan belgilangan vazifani bajaradi. Odatda, bunday vazifani bajarish uzoq vaqtni talab qiladi. Qoidadagidek, muammolarning oldini olish maqsadida jarayon ishlab chiqilib o'zlashtirilguncha guruhni tashkil qilish kerak. Guruh jarayonning rentabelligini oshirish, ishlab chiqarish grafiklarining bajarilishini ta'minlash va mahsulot nuqsonlarini minimallashtirishdan kutilgan foydani optimallashtirish majburiyatiga ega. Afzalliklari: 1) kompleks tarzda sabab-oqibat tahlili o'tkaziladi; 2) yuqori malakali mutaxassislar, guruh a'zolari uchun qo'shimcha tayyorgarlik talab qilinmaydi; 3) guruh jarayonning barcha xususiyatlari va uning elementlarining o'zaro aloqadorligini bilar ekan, u qabul qilgan qarorlar umumiy iqtisodiy samaradorlikni oshirishi mumkin; 4) funksional bo'linmalar orasida umumiy maqsadlarga xizmat qiluvchi aloqalar yuzaga keladi; 5) ishlab chiqarish chiqindilari va xarajatlar qisqaradi; 6) jarayonni ishlab chiqishda ishtirok etayotgan guruh muammolarning oldini olish imkoniyatiga ega bo'ladi; 7) guruhning a'zolari tashkilot iqtisodiy faoliyatining umumiy tamoyillari bilan tanishadilar. Kamchiliklari: 1) guruhda ishlash tajribali ishchilar vaqtining katta qismini egallaydi; 2) guruhning barcha a'zolari qatnashishini talab qilmaydigan muammolarni ko'rib chiqishda ishchilarning vaqtidan har doim ham samarali foydalanib bo'lmaydi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling