1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja
Muammolarni bartaraf qilishning negizlari
Download 0.87 Mb.
|
menejment 1-10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoni tanlash bosqichi.
Muammolarni bartaraf qilishning negizlari:
1. Rahbarlar va ishchilarning xatolarni bartaraf qilish muhim ahamiyatga egaligini tushunishi. Ko'p tashkilotlarda xatolarni bartaraf qilish xarajatlarini 1/3 dan ham ko'proq qisqartirish mumkin. 2. Xatolarni bartaraf qilishga intilish. Xodimlarni xato qilmaslik ruhida tarbiyalash kerak. 3. Muammolarni hal qilish usullariga o'rgatish. Malakali mutaxassislar muammolarni bartaraf qilish ustida ishlashi kerak. Muammolarni qilishning bir qator muqobil variantlarini tanlash va ular orasidan eng magbulini tanlash uchun ularga katta hajmda axborot kerak bo'ladi. 4. Muammolarning yuzaga kelishini tahlil qilish. Shunday tizimni yaratish kerakki, u yordamida muammoning namoyon bo'lish belgilari tahlil qilinib, uning yuzaga kelish sabablari aniqlansin. 5. Muammolarni aniqlash va oldini olish choralarining samaradorligini baholash tizimi. Muammolarni bartaraf qilish tizimining muhim qismi muammolarni aniqlash, olib borayotgan ishlar va ularning natija berayotganini hal kuzatish. 6. Ko'rsatilgan xizmatlarni taqdirlash. Muammoni hal qilishda qatnashgan barcha ishtirokchilar rag'batlantirilishi lozim. Muammoni hal qilish davri. Muammoni tadqiq qilish besh bosqichda amalga oshiriladi. Muammoni tanlash bosqichi. Ishlab chiqarishdagi tor joy yoki uchastkada ortiqcha yo'qotishlarni keltirib chiqarayotgan muhim muammo tanlab olinadi va vaziyatni yaxshilash ishlari boshlab yuboriladi. Muammoni tadqiq qilishni boshlash uchun guruh yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarming ro'yxatini tuzishi kerak. Keyin har bir muammoning muhimligini tavsiflovchi ma'humotlarni to'plash lozim. Muammoni hal qilishdagi eng muhim qadam uning mavjudligini anglash. Birinchi darajali muammolarni tanlash uchun Pareto tamoyili qo'llaniladi. Mazkur tamoyilga ko'ra, “ko'p bo'lmagan jiddiy xatolar” muammoning katta qismini tashkil qiladi. Tahlil uchun ko'pincha Pareto diagrammasi qo'llaniladi. Pareto diagrammasida vertikal ustunlar bo'linmaning faoliyati, mahsulot yoki biror bir vaziyatga tegishli bo'lgan muammolarni tasvirlaydi. Odatda, diagrammalardagi xatolarning 70-90% (ko'p sonli bo'lmagan jiddiy xatolar)ini uchta manba yuzaga keltiradi. Muammolarning qolgan 10-30%i ko'p sonli mayda xatolar - jiddiy xatolar tuzatilgandan so'ng hal qilinishi lozim. Lekin xatolarning soni chalg'ituvchi mezon bo'lib chiqishi mumkin. Masalan, har bir buyumga atigi bir so'mdan sarflab, mahsulot ifloslanishiniosongina bartaraf qilish mumkin, lekin darz ketish oqibatida 1000 so'mlikqiymatga ega bo'lgan detal tashlab yuboriladi. Tahlil qilish bosqichini o'tkazishdan maqsad muammo haqida to'laroqtasavvur hosil qilishdir. Eng avvalo, to plangan ma'lumotlarning ishonchliligini tekshirish kerak. Tekshiruvdan so'ng ma'lumotlarning asoslanganlikdarajasi aniqlanadi. Bunda nuqsonli buyumni diqqat bilan tekshirish yokitajribalar o'tkazish talab qilinishi mumkin. Tuzatish bosqichi. Xatoning asosiy sababi aniqlangandan so'ng, gunuhmuammo qaytadan yuzaga kelishining oldini olish rejasini ishlab chiqishi mumkin. Tuzatish bosqichi quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1. Agar imkoniyat bo'Isa, vaqtinchalik choralarni qo'llash. 2. Muqobil qarorlarni ishlab chiqish. 3. Optimal yechimni tanlash. Quyidagi holatlar bo'yicha potensial yechimlar baholanadi: a) amalga oshirish qiymati; b) yechimning samaradorligi; d) agar mavjud bo'lsa, yuzaga keladigan salbiy oqibatlar; e) amalga oshirishning soddaligi. 4. Ko'rsatilgan muddatlar va amalga oshirish tartibi hisobga olingan holda qarorni amalga oshirish rejasini ishlab chiqish. Rejada quyidagi savollarga javoblar berilishi kerak: a) nima bajarilgan bo'lishi kerak? b) buni kim bajaradi? d) bu qachon va qanday bajariladi? e) muammoni muvaffaqiyatli hal qilishning mezonlari qaysilar? 5. Rahbariyatning qo'liab-quvwatlashiga erishish. 6. Rejani amalga oshirish. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling