1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja


Skenlonning ratsionalizatorlik tizimi


Download 0.87 Mb.
bet77/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1121567
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
menejment 1-10

Skenlonning ratsionalizatorlik tizimi xodimlarning mehnat unumdorligi,ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini oshirish va xarajatlarnikamaytirish bo‘yicha ratsionalizatorlik takliflarini yozma taqdim qilishgaasoslanadi.
Har bir bo'linmada ishlab chiqarish qo‘mitasi tuzilib, rahbar va bo‘linmaning bitta xodimi uning tarkibiga kiritiladi. Xodimlar ratsionalizatorliktakliflarini tayyorlashadi va rahbarga taqdim qilishadi. Takliflarning mehnatunumdorligi va foydani oshirishga ta’siri baholanadi. Bo'linmalarningfaoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan takliflar tezda joriy qilinadi. Firmaningboshqaruv qo‘mitasi takliflarni baholash va oylik qo‘shimcha to lovning miqdorini aniqlash majburiyatiga ega.
Rakerning dasturlari ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish, mahsulotsifati va mehnat unumdorligini oshirishda foydani taqsimlash formulalaridanfoydalanishni nazarda tutadi. Bu dasturga ko‘ra yuqori rahbariyatdan tashqaribarcha ishchilar orasida foyda foiz hisobida taqsimlanadi.
Foydani taqsimlash yo‘li bilan unumdorlikni oshirish dasturi mehnat
xarajatlarini qisqartirish hisobiga tayyor mahsulot ishlab hajminiko‘paytirishni nazarda tutadi. Bu dasturga ko'ra xodimlarning to'lovlarinihisoblash uchun ishlangan vaqtlarning umumiy yig‘indisi hisoblanadi.Dastur ishlab chiqarishga ham bevosita, ham bilvosita aloqador xodimlargamo‘ljallangan.
To'lovlar miqdorini aniqlash uchun eng samarali formula bo‘lib ishlabchiqarish va nuqsonni o‘z ichiga olgan nisbatlarning birikmasi hisoblanadi.Bunday yondashuv unumdorlik va sifat o‘rtasida o'zaro bog‘liqlikni ta’minlaydi.Hattoki mehnat unumdorligi yuqori bo‘lsa ham, past sifatda hisoblanganto‘lovlar past va hatto manfiy bo‘ladi.
Shaxsiy pullik mukofotlar ham tan olishning shakli hisoblanadi.Mukofotlash deganda, firmaning oldida turgan vazifalarni bajarishgako'maklashgan alohida shaxslar yoki xodimlarning katta bo‘lmagan guruhiningyutuqlarini
e ’tirof etish tushuniladi. Pullik mukofotlar faoliyatninghayratlanarli va noyob natijalari uchun darhol to ‘lanadigan bir martalik mukofotlar hisoblanadi. Pullik mukofotlar alohida shaxslarga uzoq muddatli, uziuksiz va yuqori natijali faoliyat hamda boshqaruv lavozimidagi alohida xizmatlari uchun ham to‘lanishi mumkin. Pullik mukofotlarning yig'indisi qo'shilgan hissaning amaliy ahamiyatiga bog‘liq.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling