1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja


Faoliyatning alohida natijalari


Download 0.87 Mb.
bet78/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1121567
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
menejment 1-10

Faoliyatning alohida natijalari:
1. Katta iqtisodiy samara, agar u haddan ortiq samarali yoki xodimningbevosita majburiyatlari doirasiga kirmaydigan ishning natijasi hisoblansa. Buning uchun pul mukofoti to‘lanishi mumkin.
2. Samarali rahbarlik. Samarali rahbarlik uchun pul mukofoti rahbarningxodimlar ijodiy imkoniyatlarini oshirib, korxonaning jiddiy muvaffaqiyatiga ko'maklashgan alohida xizmatlami tan olish shakli hisoblanadi.
3. Muhandisik yoki ilmiy yutuqlar. Xodimlar mahsulot yoki jarayonning xususiyatlarini sezilarli darajada yaxshilash maqsadida olib borgan ilmiy yoki boshqa turdagi faoliyatlari uchun pul bilan mukofotlanishlari lozim.
4. Yangi konsepsiyalarni ishlab chiqish. Bunday pul mukofoti jiddiymuvaffaqiyat keltiradigan yangi g'oyalar, usullami ishlab chiqish va qo‘llash bo'yicha alohida shaxs yoki xodimlar guruhi faoliyatini tan olish shakli hisoblanadi.
5. Tijorat ahamiyatiga ega bo'lgan yutuqlar. Pul mukofotlari sotiladiganmahsulot hajmi, ko‘rsatiladigan xizmatlar saviyasini oshirish, korxonaning nufuzini ko‘tarish, sotuv bozorlarini kengaytirish yoki yangi mahsulodar loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha xodimlar faoliyatini tan olish shakli hisoblanadi.
6. Tashabbus ko'rsatish, kashfiyotchilik. Tashabbuskorlik uchun pulmukofoti xodimning mustaqil erishilganva korxonaning muvaffaqiyatini ta’minlovchi ish natijalarini tan olish shakli hisoblanadi.
7. Alohida xizmatlar uchun pul mukofotlari xodimlarva rahbarlarning inqirozli vaziyatlarda korxonaning muammolari muvaffaqiyatli hal qiladigan harakatlarini tan olishdir.
8. Patentlar yoki kashfiyotlar. Kashfiyotlar muallifi bo'lgan xodimlar firma yashab qolishining kafolatchisidirlar.Ularning kashfiyotlari qisman patentlar ko'rinishida rasmiylashtiriladi, so‘ng hayotga tatbiq etiladi. Shuning uchun ularning faoliyatini tan olish va rag‘batlantirish maqsadida pullik mukofotlash dasturlari tayyorlanadi.
9. Mehnat natijalarini yaxshilash sohasidagi yutuqlar. Bu sohadagi yutuqlar uchun pul mukofotlari alohida shaxs yoki xodimlar guruhining mahsulot sifati va mehnat unumdorligini oshirish bo'yicha faoliyatini tan olish shakli sanaladi.
10. Muammolaming oldini olish yuzasidan tadbirlarni o‘tkazish uchunmukofotlar. Yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga qaraganda ularning oldini olishga kamroq mablag sarflanadi. Bu masalada muammolarni bashorat qilish bilan shug‘ullanuvchi va oldini olishning zarur choralarini ko'ruvchi alohida xodimlar samarali faoliyatlari uchun mukofotlanishi lozim. Rahbariyatning tegishli choralar ko‘rilishining muhimligini tushunishi bunday faoliyatning tan olinishiga zamin yaratadi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling