1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja
Jamiyat tomonidan tan olinish
Download 0.87 Mb.
|
menejment 1-10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guruh faoliyatining ommaviy e’tirof etilishi.
- Boshqarma tomonidan shaxsning e’tirof etilishi.
5.Jamiyat tomonidan tan olinish
Alohida shaxsni jamiyat tan olishi. Ommaviy tan olishning quyidagi shakllari keng tarqalgan: 1) xizmat bo‘yicha ko‘tarilish; 2) xonaning joylashuvi, o‘lchamlari va ichki rejasi; 3) buyurtmachining korxonasiga sayohatlar uyushtirish; 4) faoliyat taqdirlanadigan yig‘ilishlar; 5) qimmatli sovg‘alar; 6) mashinalar to‘xtashi uchun maxsus ajratilgan joylar; 7) xodimlarning xizmatlari taqdirlanadigan yillik konferensiyalar; 8) nashrga tayyorlanadigan maxsus maqolalar; 9) e’lonlar taxtasidagi xabarlar; 10) xodimning plakatdagi rasmlari; 11) maxsus topshiriqlar; 12) xodimning hamkasblari ishtirokida topshiriladigan farxiy yorliqlar. Guruh faoliyatining ommaviy e’tirof etilishi. Tan olish guruhxodimlariga o‘z hissasining tashkilot ishidagi ahamiyatini anglash imkoniniberadi. Quyida butun dunyoda qabul qilingan tan olish shakllari keltirilgan: 1. Guruhning barcha a’zolari rasmi tushirilgan guruh yutuqlari haqidagimaqola. 2. Tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyatiga muayyan hissa qo'shganxodimlar sharafiga bo‘linma doirasida tushliklarni tashkil qilish. 3. Shahardan tashqariga oilaviy safarlarni tashkil qilish. 4. Yuqori rahbariyatning ko‘rib chiqishi uchun erishilgan natijalar haqidaaxborotni taqdim qilish. 5. Yuqori bo‘g‘in rahbariyati bilan tushliklarni tashkil qilish. 6. Texnik Konferensiyalarda barcha guruh a’zolarining ishtirok etishi. 7. Tashkilot hisobidan guruh yig'ilishini dasturxon yozilgan holda o‘tkazish. 8.Bo‘lim xodimlarining eshiklariga ularning ismi-sharifi yozilgantaxtachalaro'rnatish. 9. Yuqori bo‘g‘in rahbarlarining guruh yig'ilishida ishtirok etishi. Bundaular yaxshi bajarilgan ish uchun minnatdorchilik bildiradilar. 10. Guruhning barcha a’zolariga sovg‘alar topshirish. Boshqarma tomonidan shaxsning e’tirof etilishi. Bajarilishi shart bo‘lgan, avtomatlashtirib boimaydigan va nufuzli hisoblanmaydigan, lekin befarq qarash mumkin bo‘lmagan, yoqimsiz ishlaming ko‘p turlari mavjud; biroq ularsiz tashkilotning samarali ish yuritishini tasavur qilib bo‘lmaydi. Bunday «chidab bo‘lmaydigan ishlar» ularni kerakli tarzda baholaydigan va taqdirlaydigan rahbar tufayli «chidab bo‘ladigan»ga aylanadi. Chunki rahbar xodimga u yoki bu ishni bajarish iltimosi bilan murojaat qiladi va uning bajarilishini «xodimning yelkasi osha emas», balki unga ishning muhimligini tushuntirgan holda kuzatadi. Ishchilar xizmatlarining boshqarma tomonidan tan olinishining kengtarqalgan shakllari quyidagilar: 1) ishning yaxshi bajarilgani bilan tabriklash; 2) xodimning alohida xizmatlari uchun rahbar tomonidan yozma minnatdorchilik bildirib, uning uyiga xat yuborish; 3) xodimlar tomonidan tayyorlangan ma’lumotlar va hisobotlarda ularning mukofot puli yoki boshqa taqdirlash shakli uchun minnatdorchiligining yozma shaklda bildirilihi; 4) xodimning tug‘ilgan kunida yoki mehnat faoliyatining yubileylarida uning uyigajo‘natiladigan, so‘nggi yillardagi xodimning mehnatiga minnatdorchilik bildirilgan otkritkalar. Otkritkalarning mazmunida xodimning muayyan xizmatlari ifodalangan bo‘lishi kerak; 5) har uch oydan keyin xodimning ishini baholash. Bunday baholash xulosalar chiqarish va ijobiy natijalarni mustahkamlash maqsadida muntazam o‘tkazilishi kerak Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling