Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Informatika va axborot texnologiyalari 10-sinf darslik, Toyloqov N.I. , Axmedov A.B. Pardayeva M.D. abdug’aniyev A.A. Mirsanov U.M. ”EXTREMUM-PRESS” nashriyoti-2017
№_11_-Mavzu: MS Access dasturining asosiy elementlari va maydonlar xususiyati.
Reja:
1 MS Access bilan ishlash;
2 MS Access da tasvirlanadigan maydon turlari.
Microsoft Access 2010 MOBTning relyatsion turiga mansub bo‘lib, hozirgi vaqtda eng ommaviy ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlariga kiradi va u MOni yaratish, MOda ma’lumotlarni saqlash, izlash va ishlashni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan.
MS Access 2010 ning yana bir qo‘shimcha afzalligi uning Microsoft Office tarkibiga kiruvchi Word, Excel kabi dasturlar bilan integrallashganligidadir. Bu dastur ilovalarida yaratilgan ma’lumotlar bir ilovadan ikkinchi ilovaga osonlik bilan import va eksport bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
MS Access 2010 yordamida oddiy foydalanuvchi katta va murakkab bo‘lgan ma’lumotlar omborini dasturiy ta’minot yaratmasdan MO yaratish va qo‘llashga ega bo‘ladi.
MS Access 2010 ni yuklashning uch xil usulini ko‘rib o‘tish mumkin:
foydalanuvchining ish stolidagi yorliq yordamida;
dasturining yorlig‘i yordamida;
bosh menyu yordamida.
MS Access 2010 bilan ishlash
MS Access 2010 ning ekrani yuqori qatorida omboridagi ma’lumotlar va uning qismlari ustida turli xil amallar bajarish uchun mo‘ljallangan menyu joylashgan.
Файл, Главная, Создание, Внешние данные, Работа с базами
данных, Поля, Таблица bo‘limlaridan iborat.
Файл – ma’lumotlarni xotirada saqlash, fayllarga murojaat qilish, ma’lumotlarni qog‘ozga chop etish, dasturning parametrlarini sozlash imkoniyatlari mavjud.
Главная –jadvaldagi ma’lumotlarni filtrlash, saralash qayta ishlash, kabi bir qator ishlarini amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |