1- mavzu: умумий физика (механика) фанига кириш reja


V. Kinematika va unda moddiy nuqta, ko‘chish va yo‘l tushunchalari, vektorlar ustida amallar


Download 299.94 Kb.
bet3/4
Sana22.12.2022
Hajmi299.94 Kb.
#1041136
1   2   3   4
Bog'liq
1-Taqdimot

V. Kinematika va unda moddiy nuqta, ko‘chish va yo‘l tushunchalari, vektorlar ustida amallar. Fizik masalalarni hal qilishda muqarrar ravishda turli model va abstrakt tushunchalardan foydalaniladi. Atrofimizdagi turli jismlarning biror yig’indisi harakat kilayotganligini anglash uchun ular kaysi jismga nisbatan harakat qilishini kuzatish turlicha xarakterda qabul kilinadi. Agar shu harakatlarni dikkat bilan taxlil kilinsa jismning harakati fazo yoki tekislikning ikkita nuqtasi oraligida va vaqt intervalida sodir bo’lgani aniqlanadi. Fazo yoki tekislikning bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga jismning biror vaqt oraligida kuchishi mexanik harakat deyiladi. Aniqrogi, jismni boshka jismlarga nisbatan vaziyatining vaqt davomida uzgarishi yuzaga keladi.
Jismning harakati uz - uzicha yuzaga kelmay balki u biror ta’sir tufayli amalga oshiriladi. Mexanik harakat harakatning barcha boshka turlarida mavjud bo’ladi. Mexanik harakat fizikaning mexanika bulimida urganiladi. Mexanika 3 kismdan iborat: kinematika, dinamika va statika.
Har bir jism uz shakliga ega bo’lib fazoda ma’lum xajmni egallaydi. Boshka jismlar ta’sirida bulmagan jismga yakkallangan jism, bir necha uzaro ta’sirlashuvchi jismlar to’plamiga esa jismlar tizimi (sistemasi) yoki mexanik tizim deyiladi. Tizimni harakati yakka jism harakatining murakkab shaklidir. Lekin xar qanday murakkab harakatni soddarok shaklga keltirish mumkin. Buning uchun shu jismning o’lchamlarini kurilayotgan masalada xisobga olmaslik, xisobga olganda xam juda kichik deb xisoblash lozim. Bunday abstrakt jism moddiy nuqta deb ataladi.

MN harakatini urganishda koordinatalar tizimi sifatida to’g’ri burchakli dekart koordinatalar tizimidan foydalaniladi. MN ning fazodagi harakati mobaynida koldirilgan izi traektoriya deb ataladi. Uning shakliga karab bu izlar to’g’ri chiziqli yoki egri chiziqli bo’lishi mumkin. MN ning harakatini tavsiflashni uch xil usuli mavjud(1-rasm):
a)Tabiiy usul. MN vaqtning boshida MO = r1 radius - vektorli koordinatada joylashgan bulsin. Ma’lum t vaqt ichida u MN = S yoy buyicha harakatlanib S = S (t) vaziyatni egallaydi. Bu funktsiya MN ning traektoriya buylab harakat qonuni deyiladi.

Ko‘p masalalarimiz vektor kattaliklar va ular ustida bajariladigan amallar bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ushbu mavzuga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Yo‘nalishga ega bo‘lgan kesma vektor deyiladi. Vektorlarni lotincha kichkina harflar bilan yoki boshi va oxiridan iborat katta harflar bilan ham belgilanishi mumkin (1.2-rasm).
1.2-rasm
Vektorning moduli deb vektor kesmasining uzunligiga aytiladi va yoki ko‘rinishda belgilanadi
Vektorning biror o‘qdagi proyeksiyasi uning shu o‘qdagi koordinatasi deyiladi. Nuqtaning koordinatasidan farqli ravishda vektorning koordinatasi uzunlikka ega. Masalan, vektorning Ox o‘qdagi proyeksiyasi 3 birlik, Oy o‘qdagi proyeksiyasi 4 birlik uzunlikka ega.
Vektor modulining koordinatalarga bog‘liqligi quyidagicha bo‘ladi (1.3-rasm):
1.3-rasm

Download 299.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling