1. … predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir


Download 24.62 Kb.
Sana16.02.2020
Hajmi24.62 Kb.

1. … - predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir.

A) Belgi

B) Tafakkur

C) Tushuncha

D) Mantiq

2. … - predmetlarning bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga o'xshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi.

A) Belgi

B) Tafakkur

C) Tushuncha

D) Mantiq

3. Individual beldi nima degani?

A) Belgining faqatgina bitta predmetga xosligi

B) Belgini predmetning ma'lum bir guruhiga xosligi

C) Belgi predmetning tabiati va mohiyatini ifodalaydi

D) Belgi predmetni mohiyatini tashkil qilmaydi va uning tabiatiga ta'sir qilmaydi

4. Umumiy belgi nima degani?

A) Belgining faqatgina bitta predmetga xosligi

B) Belgini predmetning ma'lum bir guruhiga xosligi

C) Belgi predmetning tabiati va mohiyatini ifodalaydi

D) Belgi predmetni mohiyatini tashkil qilmaydi va uning tabiatiga ta'sir qilmaydi

5. Muhim belgilar nima degani?

A) Belgining faqatgina bitta predmetga xosligi

B) Belgini predmetning ma'lum bir guruhiga xosligi

C) Belgi predmetning tabiati va mohiyatini ifodalaydi

D) Belgi predmetni mohiyatini tashkil qilmaydi va uning tabiatiga ta'sir qilmaydi

6. … yordamida predmetlar o'zaro solishtirilib, ularning o'xshash, umumiy tomonlari va bir-biridan farq qiluvchi individual belgilari aniqlanadi.

A) Tahlil

B) Taqqoslash

C) Sintez

D) Termin

7. … yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi qismlar, tomonlarga ajratilib, har qaysisi alohida o'rganiladi.

A) Tahlil

B) Taqqoslash

C) Sintez

D) Termin

8. … tahlil davomida ajratilgan qismlar, tomonlarni fikran birlashtirib, predmetni bir butun holga keltiradi.

A) Tahlil

B) Taqqoslash

C) Sintez

D) Termin

9. … qat'iy bitta tushunchani ifoda qiluvchi so'z bo'lib, muayyan ilmiy bilish sohasida bir hil ma'noda ishlatiladi.

A) Tahlil

B) Taqqoslash

C) Sintez

D) Termin

10. Tushuncha mazmuni nima?

A) Fikr qilinayotgan predmetning muhim belgilari to'g'risidagi axborotni tashkil qiladi.

B) Fikr qilinayotgan predmetlar yeg'indisiga aytiladi.

C) Belgi predmetning tabiati va mohiyatini ifodalaydi

D) To'g'ri javob keltirilmagan

11. Tushuncha hajmi nima?

A) Fikr qilinayotgan predmetning muhim belgilari to'g'risidagi axborotni tashkil qiladi.

B) Fikr qilinayotgan predmetlar yeg'indisiga aytiladi.

C) Belgi predmetning tabiati va mohiyatini ifodalaydi

D) To'g'ri javob keltirilmagan

12. Xajmi keng tushunchadan xajmi tor tushunchaga o'tish nima deyiladi?

A) Tushunchani chegaralash

B) Tushunchani umumlashtirish

C) Tushunchani bo'lish

D) Tasniflash

13. Xajmi tor tushunchadan xajmi keng tushunchaga o'tish nima deyiladi?

A) Tushunchani chegaralash

B) Tushunchani umumlashtirish

C) Tushunchani bo'lish

D) Tasniflash

14. Tushunchani xajmini unda aks etgan predmetlarni ayrim guruhlarga ajratish yo'li bilan aniqlashga nima deyiladi?

A) Tushunchani chegaralash

B) Tushunchani umumlashtirish

C) Tushunchani bo'lish

D) Tasniflash

15. Predmetlarni ma'lum bir turlarga ajratishdan iborat bo'lib, bunda har bir tur boshqalariga nisbatan o'zining aniq va qat'iy o'rniga egaligi nima deyiladi?

A) Tushunchani chegaralash

B) Tushunchani umumlashtirish

C) Tushunchani bo'lish

D) Tasniflash

16. Tushunchani mazmunini ochib beradigan mantiqiy amal nima?

A) Tushunchani chegaralash

B) Tushunchani umumlashtirish

C) Tushunchani bo'lish

D) Ta'riflash

17. Predmetga ma'lum bir belgining xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shakli nima?

A) Hukm

B) Maqsad

C) Idrok

D) Tushuncha

18. Tarkibidan yana bir hukmni ajratib olib bo'lmaydigan mulohazaga nima deyiladi?

A) Oddiy hukm

B) Murakkab hukm

C) Birlashtiruvchi hukm

D) Ayiruvchi hukm

19. Ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning "va" "ham" "hamda" kabi mantiqiy bog'lovchilar vositasida o'zaro biriktirishdan hosil bo'lgan hukm nima deyiladi?

A) Oddiy hukm

B) Murakkab hukm

C) Birlashtiruvchi hukm

D) Ayiruvchi hukm

20. "yo" "yoki" "yohud" mantiqiy bog'lamalari vositasida oddiy hukmlardan tashkil topgan mulohazaga nima deyiladi?

A) Oddiy hukm

B) Murakkab hukm

C) Birlashtiruvchi hukm

D) Ayiruvchi hukm


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling