Protokol sozlamalarini ko‘rish uchun quyidagi buyruqlarni kiritish kerak:
Switch# show vtp status
Switch# show vtp devices
Switch# show vtp interface
Savollarga javoblar:
1. VLAN tarmog`i administratorga foydalanuvchilarni yoki qurilmalarni qayerda joylashganligiga bog`liq bo`lmagan holda qo`llanilish sohasi yoki loyihalash guruhi funktsiyasi bo`yicha segmentatsiyani amalga oshirishga yordam beradi. Kommutatorning ixtiyoriy porti VLAN ga tegishli bo`lishi mumkin. Bir adresli (unicast), ko`p adresli (multicast) va keng eshittirishli (broadcast) paketlarni uzatish va qabul qilish faqat o`sha VLAN doirasida bo`ladi. Har bir VLAN alohida mantiqiy tarmoq hisoblanadi. VLAN ga tegishli bo`lmagan stantsiyalar paketlarni jo`natish uchun marshrutizatorlar orqali uzatiladi.
Vlan tarmoqlari asosan 2 xil diapazoda bo`ladi:
1.Standart – 1 dan 1005 gacha
2.Kengaytirilgan – 1006 dan 4094 gacha
2. VLAN lar o‘rtasida marshrutizatsiyani sozlash
Lokal tarmoqda yaratilgan VLAN lar o‘rtasida marshrutizatsiyani sozlashning 3 xil usuli mavjud:
Bu laboratoriya ishida VLAN lar o‘rtasida marshrutizatsiyani Router-on-a-stick (ROS) usulidan foydalanamiz.
VTP (ingliz. VLAN Trunking Protocol) - lokal hisoblash tarmog`i protokoli bo`lib, tanlangan trank portda VLAN haqida axborot almashish uchun xizmat qiladi. VTP – vlan larni dinamik tarzda sinxronizatsiyalash uchun ishlatiladi;
3 xil rejimi mavjud:
1.Client – VLAN larni o`zgartirish, o`chirish, yaratish mumkin emas;
2.Transparent – bunda, switch da sinxronizatsiya amalga oshirilmaydi, switch faqat o`tkazuvchi vazifasini bajaradi;
3. Server – VLAN bilan istalgan funktsiyalarni bajarish mumkin;
Vtp serverda vlan yaratiladi Clientlar avtomatik serverda yaratilgan VLAN larni qabul qiladi. Xavfsizlik ta ‘minlash maqsadida bu protokolda Client switch vlan yarata olmaydi, faqat foydalanuvchilarni o`zlariga biriktira oladi. Tarmoqda qandaydir o’zgarish yuz bersa (masalan yangi vlan qo`shilishi yoki olib tashlash) faqat VTP server orqali amalga oshiriladi.
VTP-da uchta xabar turi mavjud:
1. Advertisement requests
Summary Advertisement Alert uchun mijozdan serverga so'rov taqdim etadi
2. Summary advertisements
Ushbu standart xabar server har 5 daqiqada yoki konfiguratsiyani o'zgartirgandan so'ng darhol yuboradi.
3. Subset advertisements
VLAN konfiguratsiyasini o'zgartirgandan so'ng, shuningdek, ogohlantirish so'rovidan keyin darhol yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |