1 – tajriba. Ba`zi oqsillarning eritmasini tayyorlash
Oqsillarni ammoniy sulfat yordamida cho’ktirish
Download 167.39 Kb. Pdf ko'rish
|
laboratoriya ishi-14
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savollar va topshiriqlar
4. Oqsillarni ammoniy sulfat yordamida cho’ktirish.
Probirkaga 1 ml oqsil eritmasidan quyib, ustiga ammoniy sulfatning (NH 4 ) 2 SO 4 to’yingan eritmasidan qo’shilganda, eritma loyqalanadi va oqsil cho’kmaga tushadi. Eritmaga suv qo’shilsa cho’kma eriydi. Bu usul bilan bir qator oqsillarni o’zgarmagan holda ajratib olish mumkin. Oqsilning cho’kmaga tushishga sababi shuki, 96 0 li etil spirt va (NH 4 ) 2 SO 4 suvni ushlab oluvchi moddalar bo’lib, oqsil eritmasidagi suvni o’ziga biriktirib oladi. Eritmada qolgan suv esa oqsilni eritma holida saqlay olmaydi va oqsil cho’kmaga tushadi. Bunday arlashmaga suv qo’shilsa oqsillarning cho’kmasi yana eriydi, bu oqsillarning strukturasi o’zgarmaganligini ko’rsatadi. Savollar va topshiriqlar 1. Tuxum oqsili eritmasiga konts. HNO 3 qo’siib qizdirilganda eritmani sariq rangga bo’yalishiga sabab nima? 2. Fenilalaninni konts. HNO 3 bilan nitrolanish reaksiyasi tenglamasini yozing. 3. Biuret reaksiyasi qanday birikmalar uchun hos? 4. Milon reaktivini qizil-pushti rangga bo’yalishi oqsil tarkibidagi qanday aminokislotaning qoldig’ini borligini ko’rsating. 5. Nima uchun jelatina eritmasi bilan ksantogen va Milon reatsiyalari ketmaydi OQSILLARNI ANALIZ QILISHNI XROMATOGRAFIYA USULI Aminokislotalarni bir-biridan ajratishda eng oddiy, oson va nisbatan aniq usul qog‘oz xromatografiyasidir. Xromatografiya usuli 1903 yilda rus olimi M. S. Svet tomonidan kashf etilgan. Qog‘oz xromatografiyasi uchun yuqori sifatli har qanday filtr qog‘ozdan foydalanish mumkin. Aminokislotalarning ajratish va aniqlash usuli, ularning aralashmasini filtr qog‘ozga tomizishdan va qog‘ozning bir uchini tegishli organik erituvchiga tushirishdan iborat. Erituvchi filtr qog‘oz tomonidan shimiladi va o‘zi bilan birga aminokislotalarni ko‘chiradi (ilashtiradi). Aminokislotalarni qog‘oz bo‘ylab ko‘chirilish tezligi ularning kimyoviy tuzilishiga, erituvchilarda erish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Ayrim aminokislotalar turli xil eritmalarda turlicha erish xususiyatiga ega. Odatda bu eritmalardan biri suv, ikkinchisi esa suvda to‘ydirilgan organik erituvchi bo‘ladi (fenol, butil spirti va boshqalar). Odatda suv bilan aralashmaydigan yoki qisman aralashadigan organik erituvchilardan foydalaniladi. Aminokislotalar bosib o‘tgan masofani (a) eritma bosib o‘tgan masofaga (v) bo‘lgan nisbati aminokislotalarning ajralish koeffitsenti deb ataladi. Aminokislotalarning ajralish koefitsenti (Rf) har bir aminokislota uchun berilgan eritmada doimiy bo‘lib, u quyidagicha aniqlanadi. Qog‘oz xromatografiyasida aminokislotalar ikki usul yordamida ajratiladi. Bu pastga va yuqoriga harakat qiluvchi xromatografiya usulidir. Bundan tashqari yana bir tomonlama va ikki tomonlama xromatografiya usuli ham mavjud. Bir tomonlama xromatografiya usulida moddalarning ajralishi bir yo‘nalishda bo‘ladi. Bunda Rf yaqin bo‘lgan aminokislotalar bir-biriga qo‘shilib 2-3 tadan ajraladi. Ularni bir-biridan ajratish uchun ikki tomonlama xromatografiya usulidan foydalaniladi. Bunda ikkita organik erituvchi ishtirok etadi. Ajratish ketma-ket ikkita o‘zaro perpendikulyar yo‘nalishda olib boriladi. Download 167.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling