1 – tajriba. Ba`zi oqsillarning eritmasini tayyorlash
Aminokislotalarni qog’oz xromatografiyasi yordamida ajratish
Download 167.39 Kb. Pdf ko'rish
|
laboratoriya ishi-14
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning borishi:.
- Topshiriqlar
Aminokislotalarni qog’oz xromatografiyasi yordamida ajratish. Kerakli asboblar: Filtr qog‘ozi, qaychi, probirkalar, kapilyar nay, silikagel falga, xromatografik kolonka, pipetkalar,shativ Reaktivlar: suv bilan to‘yintirilgan fenol eritmasi, ningidridning 0,1% li eritmasi, aminokislotalar aralashmasining 0,1% li eritmasi, (80% li etil spirtida eritiladi). Ishning borishi:. Filtr qog‘ozdan uzunligi 12-14 sm va eni 1,5 sm keladigan lenta qirqiladi. Bu lentaning yuqori tomonidan igna bilan 15-20 sm ip o‘tkaziladi. Qog‘ozni pastki qismidan 1 sm qoldirib, to‘g‘ri chiziq chiziladi va uning o‘rtasiga diametri 0,5 sm bo‘lgan aylana chiziladi. Aylana o‘rtasiga kapillyar yordamida 2-3 tomchi aminokislota aralashmasi tomiziladi. Tomchi tomizilgan joy havoda quritiladi. Uzunligi 18-20 sm va diametri 2 sm bo‘lgan probirkaning tubiga sekin- astalik bilan probirka devorlariga tekizmasdan suv bilan to‘yintirilgan fenol eritmasidan 2 ml quyamiz. Tayyorlagan qog‘oz lentaning ipini ushlab turib probirkaga tushiramiz, bunda qog‘ozning uchi erituvchiga 2-3 mm botib, qat‘iy ravishda vertikal turishi kerak. Probirkani propka bilan berkitib, 40-50˚C haroratda 1,5-2 soat davomida termostatga qo‘yamiz. Probirkadagi eritma qog‘oz lenta bo‘ylab 10-12 sm ko‘tarilgandan keyin xromatogrammani olib 100˚C da 10-15 minut davomida quritamiz. So‘ngra xromatogrammaga ningidridning 0,1% li eritmasi purkaladi yoki eritmaga botirib olinadi. Keyin 100˚C haroratda 5-10 minut davomida quritiladi. Xromatogrammada rangli dog‘lar hosil bo‘ladi. Dog‘larning Rf ni aniqlanib jadval (ilovaga qarang)dan qaysi aminokislota ekanligi aniqlanadi. Aminokislotalarning bir-biridan ajralishi aniq bo‘lishi uchun odatda Rf bir- biridan ko‘proq farq qiluvchi aminokislotalar aralashmasi olinishi kerak. Topshiriqlar: 1.Aminokislotalar aralashmasi, glitsin, alanin, glutamin kislota, lizin, argenin va serin qog‘ozli elektroforez usuli yordamida (pH=6,0) ajratilgan. Ushbu aminokislotalar xarakati qanday bo‘ladi; a) qanday birikmalar anod tamon xarakatlanadi. b) qanday birikmalar katod tomon xarakatlanadi. v) qanday birikmalar startda qoladi. 2.1 litr 1,0 M glitsin eritmasini izoelektrik nuqtasida 0,3 Mol HCl eritmasi qo‘shilgan. Hosil bo‘lgan eritmaning pH ni aniqlang. Download 167.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling