1-§. Texnika falsafasining vujudga kelishi
Download 30.02 Kb.
|
falsafa
- Bu sahifa navigatsiya:
- TeXNIKA ANTROPOLOGIYaSI
3-§. Texnika va ilm-fan
Texnika falsafasida texnika va ilm- fan nisbati, texnika ilmining tabiati to‘g‘risidagi masalalar alohida o‘rin egallaydi. Texnika ilmi ilmning quyidagi masalalar doirasini qamrab oluvchi alohida turidir: texnika ob'ektining genezisi va ijtimoiy mohiyati; texnikaviy ob'ektning rivojlanish qonuniyatlari; texnologiya jarayonlarining rivojlanish qonuniyatlari va tamoyillari. Jarayonlar ideal tarzda, «sof» ko‘rinishda tiklanadigan tabiyot ilmiga oid bilimdan farqli o‘laroq, texnika ilmida real konstruksiyalar sharoitiga ma'lum yaqinlashishlar asosida olinadi. Texnika ilmi amaliy yo‘nalishga ega bo‘lib, normativ hujjatlarda mustahkamlab qo‘yiladigan tushunchalar mazmunini standartlashtirishda o‘z ifodasini topadi. Texnika ilmi texnikaviy ob'ektlarni (asbob, texnikaviy qurilma, texnika vositasi, texnika tizimi va boshqalar) hamda texnologik jarayonlarini (qurilish, mahsulot ishlab chiqarish, asbob-uskunalarni ishlatish va boshqa shu kabilarni) ta'riflovchi tushunchalar bilan ish olib boradi. Texnikaviy ob'ekt – texnikaviy vazifani bajaradigan tabiiy yoki sun'iy predmet. Uning mavjudligi inson faoliyati bilan bog‘liq. Unda ishlab chiqarish vazifalari ob'ektlashgan va u odamlardagi bilimni gavdalantiruvchi vosita sifatida maydonga chiqadi. Texnikaviy ob'ektda tabiiy predmetdagi tarkibiy qismlarning tasodifiy birligi o‘rniga texnikaviy ob'ektning qurilmaviy barqarorligini ta'minlovchi hamda uning o‘z-o‘zidan yemirilishiga to‘sqinlik qiluvchi zaruriy va qonuniy birligi yuzaga keladi. Texnologik jarayon yoki texnologiya - texnikaviy ob'ektning o‘zgartirilayotgan predmet bilan o‘zaro ta'siri jarayonidir. U mazkur o‘zaro ta'sir usullari, texnikaviy ob'ektning ta'sir ko‘rsatish izchilligi, predmetning o‘zgarish jarayonlaridan iboratdir. Texnika ilmining o‘sishi texnika taraqqiyoti va texnologiyalar rivojining asosiy tamoyillari bilan belgilanadi. Qurol yasash sohasida faoliyat ilm-fan rivojiga qadar bo‘lgan texnika ilmining asosi va manbaidir. Texnika ilmi rivojidagi sifat o‘zgarishi mashina texnikasining paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Buning natijasida XVSh asrning oxiri va XIX asr boshlarida mashinalar mexanikasi paydo bo‘ldi. XIX asr o‘rtalariga kelib, mashina texnikasining tuzilishiga ko‘ra murakkab va bajaradigan vazifasiga ko‘ra rang-barang energetik, transport, axborot tizimlarini yaratishga qaratilgan butun boshli texnika fanlari majmui shakllandi. XIX asrda texnikaga oid ilmlar gurkirab rivojlandi. Texnika ilmi bugungi kunda fanning o‘nlab, yuzlab alohida sohalarini qamrab olgan. Texnika ilmi taraqqiyotida nazariy bilimlarning rolini oshirish tamoyili aniq belgilab qo‘yildi. Bu texnika ilmi va fundamental fanlar nisbati muammosiga bo‘lgan qiziqishni belgilab berdi. Texnika va ilm-fanning o‘zaro munosabatini ko‘rib chiqish bo‘yicha turli yondashuvlar mavjud bo‘lib, bu yondashuvlar orasida quyidagi ikki model sezilarli darajada ajralib turadi:chiziqli va tadrijiy. Chiziqli model texnikani fanning oddiy ilovasi sifatida yoki hatto amaliy fan sifatida ko‘rib chiqadi. Bu modelda ilmning ishlab chiqarish funksiyasi fan sifatida, ilmning qo‘llanilishi esa texnika sifatida e'tirof etiladi. Ilmiy bilishdan texnikaviy kashfiyot va innovatsiyagacha bo‘lgan chiziqli, izchil yo‘lni asos qoida qilib oluvchi bunday sodda model bugungi kunda ko‘plab mutaxassislar tomonidan asossiz deb e'tirof etilgan. Ilm–fan va texnika taraqqiyoti jarayonlari avtonom, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan, biroq muvofiqlashtirilgan jarayon sifatida ko‘rib chiqiladi. Taraqqiyotning ayrim bosqichlarida fan texnikadan xususiy natijalarni qo‘lga kiritish vositasi sifatida foydalanadi, shu bilan birga texnika ham ilmiy natijalardan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanadi, texnika ilmiy variantlarni tanlash uchun, fan esa o‘z navbatida texnik variantlarni tanlash uchun sharoitlar yaratadi. Fan va texnika o‘rtasidagi munosabatning bunday sxemasi tadrijiy model deb ataladi. 2-bob. TeXNIKA ANTROPOLOGIYaSI Download 30.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling