Tovush orttirilishi - bunda asosga qo‘shimcha qo‘shilishi bilan asos tarkibida undosh tovushlar orttiriladi:
achi, isi, sasi so‘zlariga –q so‘z yasovchi qo‘shimchasi qo‘shilsa tovush orttiriladi: achchiq, issiq, sassiq.
u, bu, shu ko‘rsatish olmoshlariga jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari (–ga, -da, -dan) hamda –day, -cha qo‘shimchalari qo‘shilsa –n tovushi orttiriladi: unga, bunga, shunga, unda, bundan, shundan, shuncha, bunday.
Tovush almashishi (o‘zgarishi)- bunda asosga qo‘shimcha qo‘shilganda bir tovush boshqa tovushga almashadi:
bo‘ya, tara, sana, sayla, tanla kabi so‘zlariga –q yoki –v qo‘shimchalari qo‘shilsa, asosdagi -a tovushi -o tovushiga almashadi: bo‘yoq, sanoq, taroq, saylov, tanlov.
yosh, son, ot kabi so‘zlarga –a qo‘shimchasi qo‘shilsa: son+a = sana, ot+a = ata.
-ga, -gani, -guncha kabi –g tovushi bilan boshlanuvchi qo‘shimchalar oxiri –k, q tovushlari bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilsa, asos yoki qo‘shimcha tarkibida tovush almashadi: tekkuncha, terakka,chiqqani, buloqqa, oqquncha.
oxiri –k,-q tovushlari bilan tugaydigan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda asos tarkibidagi jarangsiz tovush jarangli tovushga almashadi: buloq+i-bulog`i, yurak+i-yuragi, tilak+i-tilagi, bilak+i-bilagi. Lekin idrok, huquq, mashq, park, kabi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilsa. tovush almashishi yuz bermaydi: idroki, mashqi, huquqi, parki kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |