1 – topshiriq: quyidagi savollarga javob bering, misol keltiring va izohlang. Talaba: Zulfiqarov Jaloliddin Guruh: 420


Download 21.87 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi21.87 Kb.
#199126


1 – TOPSHIRIQ: QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING, MISOL KELTIRING VA IZOHLANG.

Talaba: Zulfiqarov Jaloliddin

Guruh: 420

 


  1. Antik davr tilshunosligi qaysi mintaqalarda paydo bo’ldi?

Sharq - Hindiston va Arabiston hamda qadimgi G‘arb - Yunoniston va Rimda vujudga kelgan.

  1. Nima sababdan Hindistonda tilshunoslik paydo bo’ldi?

Chunki til masalalariga bo`lgan qiziqish, tilga oid hodisalar bilan jiddiy va puxta shug`ullanish ilk bor Hindistonda - hind olimlari, filologlari tomonidan boshlab berildi.

  1. Antik davr morfologiyasining asoschisi kim va morfologiyada dastlab qanday tahlillar qilingan?

Hind tilshunosi Guru morfologiyaning uch bo`limdan tashkil topishini aniq ko`rsatib beradi va unga quyidagilarni kiritadi: 1. So`zlar tasnifi (so`z turkumlari). 2. So`z yasalishi. 3. So`z o`zgarishi.

  1. Antik davrdagi qaysi mintaqa vakllari eng birinchi bo’lib so’z turkumlari va gap bo’laklarini farqlaganlar?

Hindlar to`rtta so`z turkumini farqlaganlar: ot, fe`l, old ko`makchi va yuklama.

  1. Hindiston tilshunosligida tilshunoslikning qaysi bo’limiga kuproq e’tibor qaratilgan?

Hind grammatikachilari fe`l turkumining morfologik kategoriyalarini mukammal ishlagan edilar.

  1. Panini Antik davr tilshunosligida qanday ishlarni amalga oshirgan?

Panini o`zigacha bo`lgan davr tilshunoslarining qo`lga kiritgan yutuqlarini umumlashtirib, ulardan foydalangan holda klassik sanskritning (qadimgi hind adabiy tilining) eng mashhur grammatikasini yaratdi. Uning ushbu asari «Ashtadg’xyan» nomi bilan ataladi. Panini grammatikasi to`rt mingga yaqin (3996 ta) qisqa va lo`nda shehriy usulda yozilgan, osonlik bilan esda qoladigan qoidalarni (sutr) o`z ichiga oladi.

Panini grammatikasi sof empirik va tasviriy xarakterga ega bo`lib, unda sanskrit (qisman Veda) tilining fonetikasiga, morfologiyasiga, so`z yasalishi va sintaksisiga oid fikrlar jamlangan.



  1. Yunonistondagi tilshunoslikning taraqqiyot davri necha davrga bo’linadi?

Yunon tilshunosligining taraqqiyoti ikki davrga bo`linadi:

1. Falsafiy davr.

2. Grammatik davr.

  1. Demakrit va uning tarafdorlari qaysi g’oyani ilgari surishgan?

Ular aytadi: narsa, predmetlarning nomlari, so`zlar ularning tabiatiga qarab, mohiyatiga muvofiq holda qo`yilmaydi, balki nomlash jarayoni odatga ko`ra, odamlarning o`zaro kelishuviga, ular tomonidan belgilanishiga ko`ra amalga oshadi. Demak, predmetlarga nomlar tabiat tomonidan emas, balki jamiyat tomonidan beriladi.

  1. “Kratil” nomli asar kimning qalamiga mansub va unda qanday goyalar ilgari surilgan?

”Kratil” Platonning asari bo’lib unda tilshunoslikning falsafiy davrida eng dolzarb muammo bo`lgan predmet va uning nomi orasidagi munosabat masalasi ilgari surilgan.

  1. Analogistlar va anomalistlar aslida kimlar edi?

Tilshunoslikning falsafiy davrida o`zaro qizg`in kurash olib borgan yetakchi oqimlardan, yo`nalishlardan yana biri analogistlar va anomalistlar - qarama - qarshi g`oyadagi faylasuflar guruhi.

  1. kim stilistikaga asos soldi va shu fanga bag’ishlangan asarining nomi nima?

Anaksimen (bizning eramizgacha bo`lgan 560-502 yillar) «Riktorika» asari bilan stilistika fanining asosini yaratdi.


  1. Antik davr etimologiyasiga kim asos soldi?

O`z davrining dastlabki yirik faylasufi Platon etimologiya fanining asoschisi sifatida e`tirof qilinadi.

  1. Stoiklar kimlar edi va ular ilgari surgan g’oyalar nimalar?

Stoiklar so`zlovchi gapirganida so`z orqali u predmetning tabiati haqida qanday taassurotda bo`lsa, eshituvchida ham xuddi shu xususiyatlar haqidagi taassurot tug`iladi, deb o`ylaganlar.

  1. Iskandariya maktabining yetakchi olimi va shu bilan birga Iskandariya kutubxonasini boshqargan alloma kim?

Iskandariya maktabining eng mashhur va yetakchi olimi samofrakiyalik Aristarx uzoq yillar davomida Iskandariya kutubxonasini boshqardi.

  1. Qaysi olim fe`l haqida fikr yuritib, fe`lning kelishiksiz so`z turkumi bo`lib, zamon, shaxs, son, mayl, nisbat, tuslanish va boshqalarga ega ekanligini aytadi?

Dionisiy
Download 21.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling