I.Tashkiliy qism. a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)nazorat ish daftarlarini tarqatish; d)o’quvchilarning diqqatini darsga jalb qilish. II.Asosiy qism. Hurmatli o`quvchilar, siz bilan biz 9-sinfda “Sintaksis”bo`limining bir qismi-sodda gap sintaksisi – bo`limini o`qib o`rgandik. Yil davomida egallagan bilim ko`nikma malakalarimiz bizga akademik litsey va kasb hunar kollejlarida kirish testlarini ishlashda yordam beradi. Shu uchun yozgi ta`tilda maroqli dam olish bilan birga yil davomida egallagan bilim ko`nikma malakalarimizni takrorlab bo`rishimiz kerak bo`ladi.Shularni hisobga olgan holda sizlarga yozgi ta`tilda bajarish uchun quyidagi topshiriqlarni bermoqchiman.O`ylaymanki, siz bu vazifalarni,albatta , bajarasiz. Mustaqil o`qish uchun “Alpomish” dostoni A .Qodiriy. “Mehrobdan chayon” romani Oybek . “Qutlug` qon” romani O .Yoqubov “Ulug`bek xazinasi”romani Shekspir “Romeo va Julyetta” asari A .S. Pushkin. “Kapitan qizi” asari Ch .Aytmatov “Asrga tatigulik kun” romani Mustaqil yodlash uchun A . Oripov “Bahor”, “Sarob”, “Genetika”, “Bahor kunlarida..” Furqat “Musaddas” Ogahiy “Ustina” radifli g`azali
Mustaqil yozish uchun Insho mavzulari: “Yoshlarga e`tibor-kelajakka poydevor” “O`zbekiston –kelajagi buyuk davlat” “Qatra suvda hayot jilosi” “Onajonim tabiat” “O`zbekiston- imkoniyatlar yurti”
YOZGI TA`TILINGIZ MAROQLI O`TSIN,
AZIZ O`QUVCHILAR
Do'stlaringiz bilan baham: |