Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.85-mashq.Ko’chiring ,qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalarni aniqlang.
1.Olloyorning eng zo’r sifati shuki,uning qo’lida yig’layotgan chaqaloqlar birdan yupanadi-qoladi.
II .86-87-mashqlar ustida ishlash,ergashgan qo’shma gaplar,ularni bog’lovchi vositalar tahlili asosida ergashgan qo’shma gapkar yuzasidan bilimlarni oshirish.
III.O’yin.I-guruh-bog’langan q/g tuzadi,II-guruh uni ergashgan q/g aylantiradi.
M:Havo sovuq keldi va hamma qish taradudiga tushdi-Havo sovuq keldi,shuning uchun hamma qish taraddudiga tushdi.
IV.Test sinovi:
1.Qismlari ergashtiruvchi bog’lovchi yoki shunday bog’lovchi vositalar bilan b.q.g
A.Bog’langan q.g B.Ergashgan q.g C.Bog’lovchisiz q.g D.Yig’iq gap
2.Ergashtiruvci bog’lovchilar berilgan qatorni toping:
A.Agar,negaki,chunki B.Ammo,ya’ni,shuning uchun
C.Ammo,ba’zan,goh..,goh.. D.Chunki,-sa,-ki,balki
3.Sabab bog’lovchisi:
A.Agar B.Shuning uchun C.Chunki D.Ya’ni
4.Nuqtalar o’rniga mos bog’lovchi qo’ying:Keksalar bir burda non qadrini bizdan ko’ra ko’proq bilishadi,…urush davridagi ocharchilik ularning ayni ko’z oldida namoyon bo’lgan.
A.Shuning uchun B.Agar C.Lekin D.Chunki
5.Ergashgan qo’shma gap berilgan qatorni toping.
A.Bilim baxt keltirar va kamolotga yetkazar.
B.Men o’qiydigan dargohda,ya’ni Iqtisodiyot kollejida bank ishi chuqur o’rgatiladi.
C.Daryo to’lqin,suvlar toshqin,o’tolmayman-o
D.Agar sayohatga chiqmoqchi bo’lsak,unda hozirdan tayyorgarlik ko’rishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |