Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.115-116-mashqlar ustida ishlash:
116-mashq:Rasmga qarab,matn tuzing.Qo’shma gaplardan foydalaning.
Bozor taassurotlari
Yakshanba kuni otam ,onam va men birgalikda dehqon bozoriga bordik.Dehqon bozoridagi rastalar noz-u ne’matlarga to’la,ko’rib ko’zing quvnaydi.Xalqimiz farovon yashasin deb,Yurtboshimiz bozorlarimiz fayzi va ko’rkiga alohida e’tibor qaratganlar…
Ota-onam farzandlarim sog’lom va barkamol bo’lib o’ssin deb,vitaminlarga boy noz-u ne’matlardan xarid qildilar…
II.savol-topshiriqlar ustida ishlash.
III.Test sinovi
1.Deb so’zi qaysi gap tarkibida keladi?
A.Bosh gap B.Ergash gap
C.Bosh va ergash gap D.Gap boshida
2.Ergash gapning kesimi buyruq vas hart maylida,kelasi zamon shaklida kelsa gapda qanday ma’no ifodalanadi?
A.Maqsad B.Sabab
C.Natija D.Ishonch
3.Ergash gapning kesimi qaysi shaklda bo’lganda gapda sabab ma’nosi ifodalanadi?
A.Kelasi zamonda B.Buyruq maylida
C.Shart maylida D.O’tgan zamonda
4.Deb so’zi qaysi ko’makchi bilanalmashtirilganda qo’shma gap sodda gapga aylanadi?
A.Tomon B.Bilan C.Uchun D.Qarab
5.Uyga vazifalarimning barchasiga ulguray deb,Saida topshiriqlarni bajarishga ertaroq kirishdi.
Gapning tuzilishiga ko’ra turini aniqlang.
A.Sodda gap
B.Ergashgan qo’shma gap
C.Bog’lovchisiz n qo’shma gap
D.Bog’langan qo’shma gap
Do'stlaringiz bilan baham: |