1-1 ona tili 9-sinf Darsning mavzusi: Dunyo tillari va o`zbek tili


Ko`rildi: MO`IBDO`: Norova N


Download 277.41 Kb.
bet7/164
Sana05.01.2022
Hajmi277.41 Kb.
#211100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   164
Bog'liq
9-sinf ona-tili

Ko`rildi:

MO`IBDO`: Norova N

1- 6 ONA TILI 9-sinf

Darsning mavzusi: Sodda va qo`shma gaplar.

Darsning maqsadi:a)ta’limiy- : o`quvchilarga mavzu haqida ma`lumot berish;

b)tarbiyaviy-do’stlik,yoshlikning qadrlay olishga intilish tuyg’ularni tarbiyalash;

d)rivojlantiruvchi-o’quvchilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini takomillashtirish.

Darsning turi: O`quvchilarga yangi bilim va malakalarini shakllantirish: Darsning uslubi:qiyoslash.mashqlar tahlili,o’yin;

Darsning jihozi:tarqatmalar,jadval.

Darsning borishi:

Tashkiliy ishlar:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)kitob-daftarlar nazorati;

d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.



O`tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:

1.Savol vajavob

1.Uyushiq bo`laklar deb nimaga aytiladi?

2.Uyushiq bo`laklarga qanday tinish belgilari ishlatiladi?

2.Uyga vazifa 32-mashq . Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.Topshiriq.Berilgan gaplarni ko`chiring.



  • BILIB OLING.Bitta kesimlikbelgisiga, mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo`lgan gap sodda, ikki yoki undan ortiq soda gapning o`zaro Grammatik va mazmuniy munosabatdan tashkil topgan, ohang tugalligiga ega bo`lgan butunlik qo`shma gapsanaladi.

  • ESLAB QOLING.Gap uchun muhim belgi kesimlikdir, Kesimning nechtaligi gaplarni soda va qo`shma gaplarga ajratishga asos bo`ladi. Masalan:Men o`quvchiman – sodda gap; Olim bo`lsang, olam seniki – qo`shma gap.

33-mashq.Matnni o`qing.Avval soda gaplarni, so`ng qo`shma gaplarni ko`chiring Ularning o`zaro farqini ayting.

34-mashq.O`zbekiston Prezidenti I. Karimovning “Yuksak ma`naviyat –yengilmas kuch”asaridan olinganquyidagi parchani o`qing. Sodda va qo`shma gaplarni aniqlang. Parchada ifodalangan g`oya haqida so`zlang.

35 mashq.Alisher Navoiy qalamiga mansub quyifagi hikmatli so`zlarni soda va qo`shmaGaplarga ajratib ko`chiring.

Darsning mustahkamlash bosqichida:

I.36mashq.Gaplarni ko`chiring. Sodda va qo`shma gaplar o`rtasidagi farqni izohlang.

37-mashq.Bir fikrni birinchi guruh o`quvchilari soda gap orqali, 2- guruh o`quvchilari esa qo`shma gap orqali ifodalasin.

NAMUNA: Men do`stim kelganinieshitdim.||Men eshitdimki, do`stim kelibdi.

I.Savoi-topshiriqlar ustida ishlash.

1.Sodda gap deganda nimani tushunasiz?

2.Qo`shma gap deb qanday gaplarga aytiladi?

3. Kesimlik belgisi deganda nimani tushunasiz?

4.Sodda va qo`shma gaplar bir-biridanqanday farqlanadi?



Uyga vazifa 38-mashq.”Kim bo`lsam ekan?” mavzusida hikoya yozing. Unda qo`shma gaplardan foydalaning. Sodda va qo`shma gaplar o`rtasidagi farqni izohlang.

O`quvchilarni baholash.




Download 277.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling