Nodavlat notijorat tashkilotlarning funksiyalari. Nodavlat notijorat tashkilotlarning funksiyalari turli – tumandir. Lekin ularning asosiy funksiyalaridan biri turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar manfaatlarini artikulyasiya1 qilishdir. Manfaatlar guruhlari individlarning turli yo’nalishdagi qarashlari va faktlarini bir tizimga keltiradi, biron – bir tashkilotning bir qolipga solishgan manfaatlar tizimi asosida tashkilot harakat dasturining shakllanishiga yordam beradi. Guruhlar a’zolarining ayrim olingan manfaatlari siyosiy jarayonlarga manfaatdor guruhlar vositasida aniq, bir tizimga solingan talablar tarzida tatbiq etiladi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar ko’plab ayrim manfaatlarni agregasiya qilish (munozaralar va muhokamalar yordamida turli manfaatlarni va muhokamalar yordamida turli manfaatdorlarni uyg’unlashtirish va ular o’rtasida ma’lum bir munosabatlar tizimni o’rnatish)ni ham amalga oshiradi. Bu jarayonda eng asosiy va muhim ahamiyat kasb etadigan, guruh a’zolarining keng qatlamlari
Do'stlaringiz bilan baham: |