23
SPAM VA UNGA KARSHI KURASH
Internetda oxirgi paytda ko’plab munozaraga sabab bo’layotgan narsa bu spamdir. Spam
kompaniya va boshqalar tomonidan sizga ularning tovarlarini sotib olish yoki xizmatlaridai foydalanishga
da’vat qiluvchi reklama tugrisidagi ommaviy ravishda tarkatilayotgan elektron pochta xabarlaridir.
Spam atamasi ikkinchi jaxon urushi paytida ishlab chiqarilgan va Spicy Ham (garmdorili mol
gushti) deb ataluvchi konservalarning nomidan olingan. Urush tugaganidan keyin xarbiy zaxirada
saklashdan chiqarib tashlangan katta mikdordagi konservalar juda arzon narxlarda sotila boshlangan. Ular
ba’zi ovkatlanish shaxobchalarida asosiy taomlarga kushimcha sifatida tekinga tarkatilgan va menyuda xar
bir taomga kancha konserva kushib berilishi ko’rsatib utilgan. Bu narsa keyinchalik mashxur
telekursatuvlardan birida parodiya qilingan. SHundan keyin spam deb kerakmas narsalar xaddan tashkari
maktaladigan reklamalarni atay boshladilar.
Elektron pochtada reklama xabarlari tarkatilishi boshlanishi bilan bu reklama xabarlari spam deb
atala boshladi. Bunday reklama xabarlari bepul pochta serverlaridan tarkatilishi sababli ularni bir vaqtda
minglab va millionlar odamlarga tarkatish tezda odat tusiga kirib koldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |