EP - universal aloqa vositasi. EPning bir xil bo’yruqlari orqali matn, har xil formatdagi
hujjatlarni, faks, telekslarni, umuman ixtiyoriy fayllarni jo’natish va qabul qilib olish mumkinligi
uning universal aloqa vositasi ekanligini bildiradi.
EP ni etkazish tezligi. EP jo’natilganidan so’ng bir zumda (1-5 minut ichida yoki bir soat,
ba’zan undan ham ko’proq vaqt orasida) uni oluvchiga etib boradi. Bundan ko’rinadiki, u hatto
ekspress pochta, hatto HDL pochta deb ataluvchi pochtalardan ham kerakli manzilga òåç etib
boradi. Uning manzilga etib borishi uchun ba’zan ko’plab aloqa bo’limini o’tib borishiga to’g’ri
keldi. Misol uchun siz xatni N’yu-Yorkêa jo’natsangiz, u bir qancha aloqa bo’limlaridan Toshkent,
Angliya, Germaniya yoki boshqa mamlakatlar orqali etib borishi mumkin.