1. 13,8 g kremniy, alyuminiy va temirdan iborat aralashmaga natriy gidroksid eritmasi ta‘sir ettirilganda 11,2 l (n sh da) gaz ajraldi. Xuddi shunday massadagi aralashmaga xlorid kislota ta‘sir ettirilganda 8,96 l


Download 58.5 Kb.
Sana07.11.2020
Hajmi58.5 Kb.
#142303
Bog'liq
kimyo test 50 talik


1. 13,8 g kremniy, alyuminiy va temirdan iborat aralashmaga natriy gidroksid eritmasi ta‘sir ettirilganda 11,2 l (n.sh.da) gaz ajraldi. Xuddi shunday massadagi aralashmaga xlorid kislota ta‘sir ettirilganda 8,96 l (n.sh.da) gaz ajraldi. Dastlabki aralashmadagi temirning massasini aniqlang.

A) 2,8 B) 5,6 C) 5,4 D) 2,7



2. Massasi 27,25 g bo’lgan natriy va mis (II) nitratlari aralashmasi termik parchalanganda olingan gaz 115,2 ml suvda eritildi. Bunda 1,12 l (n.sh) gaz reaksiyaga kirishmay qolsa, dastlabki aralashmadagi natriy nitratning massa ulushini (%) aniqlang.

A) 31,2 B) 68,8 C) 50,5 D) 49,5

3. 13,8 g kremniy, alyuminiy va temirdan iborat aralashmaga natriy gidroksid eritmasi ta‘sir ettirilganda 11,2 l (n.sh.da) gaz ajraldi. Xuddi shunday massadagi aralashmaga xlorid kislota ta‘sir ettirilganda 8,96 l (n.sh.da) gaz ajraldi. Dastlabki aralashmadagi alyuminiyning massasini aniqlang.

A) 2,8 B) 5,6 C) 5,4 D) 2,7

4. Idishga azot solib o’lchanganda shu idishning massasi 221 gramm, uglerod(II) oksid solib o’lchasak 233 gr keldi. Keyin esa shu idishga teng hajmli geliy va noma’lum gaz aralashtirib o’lchanganda 213,5 gramm kelsa, noma’lum gazni toping.

A) C2H6 B) SiH4 C) CO D) O2

5. Idishga metan solib o’lchanganda uningning massasi 207 gramm, neon gazi solib o’lchasak 209,2 gr keldi. Keyin esa shu idishga nomal’um gaz va xlor 1,5:1 nisbatda olib o’lchab ko’rilganda 229 gramm kelsa, noma’lum gazni toping.

A) CO2 B) NO2 C) C2H6 D) N2H4

6. Bir xil miqdordagi alken xlor bilan ta’sirlashib 2,26 g dixlorli, brom bilan ta’sirlashib 4,04 g bromli mahsulotlar hosil qilsa, alkenni aniqlang.

A) eten B) propen C) buten D) penten

7. Massasi 1000 g bo‘lgan 5,1% li kumush nitrat eritmasi elektroliz qilinganda katodda 10,8 g modda ajraldi. So‘nra elektrolizyorga 500 g 13,5 % li mis(II) xlorid eritmasi qo‘shildi va eritma yana elektroliz qilinganda anodda 8,96 l (n.sh.) gaz ajraldi. Oxirgi eritmadagi modda(lar)ning massa ulushini (%) aniqlang.

A) 0,45; 1,34 B) 4,5; 13,4 C) 9; 27 D) 0,2; 8

8. 0,5 mol alkenni to‘liq yondirilganda 54 g suv hosil bo‘ldi. Alkenni aniqlang

A) C3H6 B) C2H4 C) C5H10 D) C6H12

9. Hajmi 4,48 l (n.sh.da) propen va noma‘lum alkan aralashmasi kislorodda yondirilganda 10,8 g suv hosil bo‘ldi. Gazlar aralashmasining shunday hajmi kaliy permanganatning kuchsiz ishqoriy eritmasidan o‘tkazilganda eritma massasi 6,3 grammga ortsa, alkanni aniqlang.

A) C2H6 B) C3H6 C) CH4 D) C4H10

10. Alkenni oksidlanish (Vagner reaksiyasi bo‘yicha) reaksiyasi mahsulotidagi vodorodning massa ulushi suvdagi vodorodning massa ulushiga teng bo‘lsa, alkenni aniqlang.

A) eten B) propen C) penten-2 D) buten-1

11. Alkenni oksidlanish (Vagner reaksiyasi bo‘yicha) reaksiyasi mahsulotidagi vodorodning massa ulushi suvdagi vodorodning massa ulushiga teng bo‘lsa, alken(lar)ni aniqlang.

1) buten-1 2) propen 3) buten-2 4) 2-metilbuten-1 5) 2-metilpropen 6) 2-metilbuten-2

A) 1,3,5 B) 2,3,4 C) 4,6 D) 3, 6

12. Xlorning massa ulushi 72,20% ga teng bo‘lgan trixloralkanning nechta izomeri bor.

A) 4 B) 7 C) 5 D) 6

13. Uch valentli metall oksidida kislorodning massa ulushi 47,06 % bo‘lsa, metallni aniqlang.

A) Fe B) Cr C) Be D) Al

14. Tarkibida 80% Fe3O4 bo‘lgan 1 tonna magnetit rudasidan qanday massadagi (kg) toza temir olish mumkin. (Reaksiya unumi 75 % ga teng)

A) B) 800 C) 435 D) 580

15. Massasi 27,25 g bo’lgan natriy va mis (II) nitratlari aralashmasi termik parchalanganda olingan gaz 115,2 ml suvda eritildi. Bunda 1,12 l (n.sh) gaz reaksiyaga kirishmay qolsa, dastlabki aralashmadagi natriy nitratning massa ulushini (%) aniqlang.

A) 31,2 B) 68,8 C) 50,5 D) 49,5

16. Fotokimyoviy xlorlanganda faqat ikkita monoxloralkan hosil qiladigan nonan izomer(lar)ini aniqlang?

1) 2,2,3,3-tetrametilpentan 2) 2,2,4,4-tetrametilpentan 3) 2,2,3,3-tetrametilbutan 4) 3,3-dietilpentan 5) 2,2-dimetil-3-etilpentan 6) 2,4-dimetil-3-etilpentan

A) 1,3 B) 2,4 C) 1,2,4,5 D) 1,3,5,6

17. Kaliy gidroksid eritmasi orqali 11,2 l (n.sh.da) CO2 gazi o‘tkazilganda 57,6 g o‘rta va nordon tuzlar aralashmasi hosil bo‘ldi. Nordon tuz massasini aniqlang.

A) 27,6 B) 30 C) 28,8 D)

18. 6 g natriy gidroksid saqlagan eritma orqali CO2 gazi o‘tkazilganda 9,5 g o‘rta va nordon tuzlar aralashmasi hosil bo‘ldi. Reaksiyaga kirishgan karbonat angidrid gazi hajmini (l, n.sh.) aniqlang.

A) 1,12 B) 2,24 C) 3,36 D) 4,48

19. 2-metilbutan izomerining formulasini ko’rsating.

A) CH3-CH2-CH2-CH3 B) CH3-CH2-CH(CH3)-CH3

C) CH3-(CH2)3-CH3 D) CH3-CH2-CH3

20. 1 mol kalsiy gidroksid va 1 mol fosfat kislotaning ta’sirlashuvi natijasidan … hosil bo’ladi.

A) kalsiy fosfat

B) kalsiy digidrofosfat

C) kalsiy gidrofosfat

D) kalsiy gidrofosfat va digidrofosfat aralashmasi

21. Massalari bir xil bo’lgan va birikmalarida II valentli bo’ladigan bitta metalldan tayyorlangan ikkita plastinkaning biri konstentrastiyalari (mol/l) o’zaro teng bulgan mis (II) tuzi eritmasiga , ikkinchisi kumush tuzi eritmasiga tushirildi. Bir oz vaqtdan so’ng plastinkalar eritmadan chiqarib quritildi. Bunda birinchi plastinka massasi 0,8% ga, ikkinchisi 16 % ga ortdi. Plastinka qanday metalldan tayyorlangan?

A) Mg B) Zn C) Fe D) Mn

22. Vodorod gazi va brom bug’lari aralashmasi doimiy hajmli yopiq sistemada ma’lum sharoitda saqlab turildi. Bunda brom miqdori 4 marta kamaydi va vodorod bromidning hajmiy ulushi 60% ni tashkil qildi. Boshlang’ich aralashmadagi vodorodning hajmiy ulushini aniqlang.

A) 20 B) 80 C) 60 D) 40

23. Kaliy sulfatning dissotsialanmagan molekulalari massasi 2,3123.10-20 g bo`lsa, eritmadagi ionlar sonini hisoblang. (a=75 %)

A) 25 B) 240 C) 320 D) 720

24. A va B moddalar orasidagi kimyoviy reaksiyada A modda konsentrasiyasi 2 marta oshirilib, B niki 3 marta oshirilsa reaksiya tezligi 144 marta oshadi. Reaksiya tenglamasini ifodalang.

A) A + 2B ® 3C B) 3A + 2B ® 3C

C) 3A + 3B ® 3C D) 4A + 2B ® 3C

25. Tenglamasi H2+I2«HI bo’lgan reaksiyaning 4000C da muvozanat konstantasi 40 ga teng. Miqdori 4 mol bo’lgan yodning 80% miqdori vodorod yodidga aylanishi uchun necha mol vodorod olish kerak?

A) 3,2 B) 1,28 C) 4,86 D) 4,48

26. Hajmi 0,004 m3 bo’lgan etilen va vodorod aralashmasi qizdirilgan nikel ustidan o’tkazildi. Reakstiya oxirida 0,0004 m3 vodorod ortib qolgan bo’lsa, gazlar aralashmasining tarkibini tegishli tartibda (hajmiy ulushi % da ) aniqlang. Gazlar hajmi n.sh. da o’lchangan.

A) 45; 55 B) 55; 45 C) 50; 50 D) 35; 65

27. Molekulyar massasi 23850 bo’lgan oqsilning 100 g miqdori gidrolizga uchraganda, 120 g turli xil aminokislotalar aralashmasi olindi, oqsil tarkibida nechta peptid bog’ bo’lgan?

A) 265 B) 266 C) 264 D) 267

28. Metallning galogenli birikmasi tarkibida 48,72 % galogen, uning oksidini tarkibida 28, 57 % kislorod bor. Galogenni aniqlang.

A) ftor B) xlor C) yod D) brom

29. Ma’lum miqdordagi SO va SO2 gazlar aralashmasining zichligi 1,4286 g/l ga teng bo’lsa (n.sh.), shu aralashmadagi kislorod atomlarining soni uglerod atomlarining sonidan necha marta ko’p?

A) 1,25 B) 1,15 C) 2,25 D) 2,05

30. Hajmi 7,04 (r=1,52 g/ml) bo’lgan brometenga kaliy gidroksidning spirtli eritmasi bilan ishlov berilganda hosil bo’lgan gaz mahsulotlardan 0,9465 ml (r=0,879 g/ml) benzol sintez qilingan. Birinchi reakstiya unumi ikkinchisinikidan ikki baravar ortiq bo’lsa, ularning qiymatlarini toping.

A) 52 va 26 B) 90 va 45 C) 80 va 40 D) 60 va 30

31. Hajmi 10 ml bo’lgan noma’lum uglevodorod va mo’l miqdorda olingan kislorod aralashmasining 110 ml miqdori yondirildi, suv bug’lari kondensatlandi va mahsulot boshlang’ich sharoitga keltirilganda, hajmi 75 ml ni tashkil etdi. Shu gaz mo’l miqdordagi kaliy gidroksid bilan chayqatilganda, gaz xajmi 35 ml gacha kamaydi. Noma’lum gazni aniqlang.

A) vinilastetilen B) 2-metilpropan

C) butin D)buten

32. 60% li sulfat kislota olish uchun 500 g suvga qo`shish lozim bo`lgan tarkibida 35,955 % oltingugurt bo’lgan oleumning massasini (g) toping?

A) 850 B) 599 C) 780 D) 984

33. Teng miqdorda olingan 2 ta bir atomli spirtlarning molekullararo degidratlanishidan 6,12 g suv va umumiy massasi 25 g 3 xil oddiy efir teng miqdorlarda hosil bo’ldi. Reaksiyaga qatnashgan spirtlarning nomini aniqlang.

A) metanol va etanol B) metanol va propanol C) etanol va propanol D) metanol, butanol

34. 800 г 5% li mis(II) sulfat eritmasining massasi 23,6 g ga kamayguncha elektroliz qilindi. Inert elekrtodlarda ajralgan moddalar massasini (g) aniqlang. 1) katodda 16 g mis; 2) katodda 0,4 g vodorod; 3) katodda 6,4 g mis; 4) anodda 4 g kislorod; 5) anodda 3,6 g kislorod; 6) anodda 7,2 g kislorod

A) 1, 4 B) 1, 2, 6 C) 1, 4, 5 D) 3, 6

35. 160 ml kumush nitrat eritmasiga (ρ =1,25 g/ml) massasi 10 g bo'lgan mis plastinka tushirildi. Plastinkaning massasi 17,6 g bo'lganda eritmadan chiqarib olindi. Dastlabki eritmadagi kumush nitratning massa ulushini (%) aniqlang.

A) 15,2 B) 17 C) 17,6 D) 8,5

36. NO va NO2 aralashmasida 104,75 . 1023 elektron mavjud bo’lsa, ushbu aralashmadagi azot(II) oksidning hajmiy ulushini 70 % ga teng bo’lsa, dastlabki aralashma hajmini (l, n.sh.)) aniqlang.

A) 11,2 Б) 112 C) 22,4 Д) 56

37. Reaksiya 70oC da 128 sekund 100oC da esa necha sekund davom etadi, reaksiyaning temperatura koeffitsienti 2 ga teng.

A) 12,0 Б) 16,0 C) 32 Д) 1024

38. Metall kationi va sulfat anionidan tarkib topgan tuz tarkibida massa jihatidan 32,4% metall, 22,53% oltingugurt va 45,07% kislorod saqlaydi. Metallni aniqlang

A) K B) Na C) Ca D) Fe

39. Metall kationi va sulfat anionidan tarkib topgan tuz tarkibida massa jihatidan 36,84% metall, 21,05% oltingugurt va 42,1% kislorod saqlaydi. Metallni aniqlang

A) K B) Na C) Ca D) Fe

40. Tarkibida massa jihatdan 29,11% natriy, 40,51% oltingugurt, 30,38% kislorod saqlagan tuzning nomini aniqlang.

A) natriy sulfat B) natriy tiosulfat C) natriy sulfit D) natriy gidrosulfid

41. Eritmadan 600 g suv bug’latilgandan keyin eritmadagi osh tuzining massa ulushi 3,5 marta ortdi. Qolgan eritmaning massasini (g) hisobiang.

A) 130 B) 380 C) 600 D) 240

42. Ikkinchi davr elementlari atomlarida tartib raqamining ortib borishi bilan ularning qaysi xususiyatlari susayib boradi? 1) elektrmanfiylik; 2) metallik; 3) ionlanish potensiali; 4) tashqi energetik qavatdagi eiektronlar soni; 5) metalmaslik; 6) atom radiusi.

A) 2, 6 B)2, 4, 6 C)1,3, 5 D) 1,3, 4, 5

43. Kumush nitratning 80°C dagi to'yingan eritmasi 30°C gacha sovutilganda 60g cho'kma tushgan bo'lsa, ushbu to'yingan (80°C da) eritmani tayyorlash uchun zarur bo'lgan kumush nitrat va suvning massasini (g) hisoblang. S(30°C)=220; S(80°C)=520

A) 104; 20 B) 100; 24 C) 52;10 D) 95; 29

44. Metan, metilamin va atsetilendan iborat 22,4 l (n.sh.) gazlar aralashmasi yondirilganda 29,12 l (n.sh.) karbonat angidrid va 2,241 (n.sh.) azot hosil bo'lsa, boshlang'ich aralashmadagi moddalarning (berilgan tartibda) hajmiy ulushlarini aniqlang.

A) 0,4; 0,3; 0,3 B) 0,5; 0,2; 0,3 C) 0,7; 0,2; 0,1 D) 0,25; 0,45; 0,3

45. Alyuminiy xlorid (100 ml, 0,3 mol/l) va natriy gidroksid (600 ml, 0,2 mol/l) eritmalari aralashtirildi va ushbu eritma orqali zichligi 2,085 g/l (n.sh.) bo'lgan vodorod bromid va kisloroddan iborat 2,24 l (n.sh.) aralashma o'tkazildi. So'nggi eritmadagi cho'kmaning massasini (g) hisoblang.

A) 3,12 B) 2,34 C) 1,56 D) 0,78

46. Uglerod yonishi natijasida 11,2 l (n.sh,) uglerod oksidlarining aralashmasi hosil bo'lib, uning geliyga nisbatan zichligi 9 bo'lsa, reaksiya uchun sarflangan kislorod hajmini (l, n.sh.) hisoblang.

A) 8,96 B) 11,2 C) 5,6 D) 8,4

47. Massalar nisbati 4:5 bo'igan SO2 va SO3 dan tashkil topgan 22,4 l (n.sh.) aralashmadagi kisiorod atomlari sonini hisoblang.


A)21,07.1023 B)15,05.1023 C)6,02.1023 D)1,375.1023

48. Xrom (II) ionidagi s- va d-elektronlar sonini hisoblang.

A) 6; 3 B) 6; 4 C) 7; 5 D) 8; 2

49. Molekulalarni tarkibidagi s-bog’lar soni kamayib borishi tartibida joylashtiring, 1)azot; i 2) metan; 3) oltingugurt(VI) oksid; 4) karbonat angidrid.

A) 2, 3,4,1 B) 1,4, 3,2 C) 2, 4, 3, 1 D) 1,3,4,2

50. 22,4 l (n.sh.) etanni (yorug'lik ishtirokida) xlorlashda hosil bo'lgan vodorod xloridni neytrallash uchun 1120 g 20%-li kaliy gidroksid eritmasi sarflangan bo'lsa, etan molekulasidagi xlor atomi bilan almashgan vodorod atomlari sonini hisoblang.



A) 12,04.1023 B) 6,02.1023 C) 36,12.1023 D) 24,08.1023


Javob va ma`lumotlaringizni

buxdu2014@yandex.ru e-mailida

kutamiz.
Download 58.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling