24- amaliy mashg‘ulot. Tarkibida monoterpen (achchiq) glikozidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklarning mikroskopik tuzilishini o‘rganish
MENIANTES (UCHBARG) BARGI – FOLIA MENYANTHIDIS
TRIFOLIATAE (FOLIUM TRIFOLII FIBRINI)
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasida qaynatib yoritilgan bargining tashqi tuzilishi mikroskopda ko‘riladi (39-rasm). O‘simlik bargi botqoqlik erda o‘sadigan o‘simliklarga xos ravishda tuzilgan.
Bargning yuqori epidermis hujayralari ko‘p burchakli, to‘g‘ri devorli, pastki epidermis hujayralari bir oz egri-bugri devorli bo‘ladi. Ustitsalar bargning har ikkala tomonida joylashgan bo‘lib, 4–7 tagacha epidermis hujayralari bilan o‘ralgan. Epidermisning ba’zi joylarida, ayniqsa, tomir o‘tgan joydagi va ustitsaga yaqin bo‘lgan hujayralar qat-qat joylashgan kutikula qavati bilan qoplangan. Bargning yumshoq qismida aerenximalar (havo joylashgan bo‘shliqlar) ni ko‘rish mumkin.
1- rasm. Meniantes (uchbarg) bargining tashqi ko‘rinishi.
– bargning yuqori epidermisi; B – bargning pastki epidermisi. 1 – ustitsa; 2 – aerenxima; 3 – qat-qat joylashgan kutikula.
QOQI ILDIZI – RADICES TARAXACI
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Sovuq yo‘l bilan yumshatilgan ildizni glitserin va spirt aralashmasiga bir sutka solib qo‘yib, keyin ko‘ndalangiga va bo‘yiga (tangental holda) kesib preparat tayyorlanadi va mikroskop ostida ko‘riladi (2-rasm).
Ildiz ko‘ndalang kesimida tashqi tomondan probka bilan qoplangan. Probka qavatining ichkarisida po‘stloq parenximasi, floema, markazida esa ksilema joylashgan. Floema bilan ksilema o‘rtasida kambiy bor. Floemada elaksimon naylar hamda mayda, guruh holda aylana bo‘yicha joylashgan yumaloq sut naylarini ko‘rish mumkin. Tangental holda kesilgan preparatda esa sut naylar naycha shaklida shoxlangan va bir-biri bilan birlashgan holatda uchraydi. Sut naylari yod ta’sirida sariq – qo‘ng‘ir rangga, sudan-III eritmasi ta’sirida esa(bir oz qizdirilgandan so‘ng) qizil rangga bo‘yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |