1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
Generatorni yoy maromida yoqish tartibi
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
Generatorni yoy maromida yoqish tartibi:
1. Namuna o’rnatilgan stolchaning g’ilofini yoping. 2. Qo’shimcha manbaning 5 (1.12 - rasm) qayta ulagichini burab 5 raqamiga to’g’rilab qo’ying. 3. Qo’shimcha manbaning o’ng tomonidagi buragichini soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha oxirigacha burang. Bu vaqtda reostatning qarshiligi eng katta undan o’tayotgan tok kuchi esa eng kichik bo’ladi. 4. Okulyarning gardishiga kattalashtirishi 13,5 x bo’lgan okulyarni o’rnating. 5. Qayta ulagich 13 («FAZA» deb yozilgan) ni (1.9 - rasm) 90 0 ga, 12 («KOLIChESTVO IMPULSOV» deb yozilgan) ni 1 raqamining to’g’risiga, 14 («YeMKOST» deb yozilgan) ni 0 raqamining to’g’risiga, 16 («KOMBINIROVANNY RAZRYaD» deb yozilgan) ni 11 raqamining to’g’risiga, 17 ni «V1KL» holatiga, 15 («INDUKTIVNOST» deb yozilgan) ni 10 raqamining to’g’risiga burab qo’ying. 4 3 2 1 1.12 - rasm. SL - 13 stiloskop generatori qo’shimcha elektr manbaining umumiy ko’rinishi. 1 - transformator; 2 - reostat; 3 - magnit ulovchi; 4 - kondensatorlar to’plami; 5 - ampermetr shkalasini o’zgartiruvchi dasta. 18 6. Generatorning old tomonidagi «PUSK» yozuvli qora tugmachasini bosing. Bu vaqtda elektrodlar orasida yoy razryadi hosil bo’ladi. Yoyning turg’un yonishi 1 maxovikni (1.11 - rasm) burab sozlanadi. Asbobning okulyariga qarab 5 buragich (1.9 - rasm) yordamida spektrning kerakli qismi ko’rish maydonining o’rtasiga keltiriladi. Okulyarning gardishini burab ko’rinayotgan spektr chiziqlarning eng tiniq, ravshan ko’rinishiga erishiladi va spektrni o’rganishga hamda namunadagi elementlarning miqdorini baholashga kirishiladi. DIQQAT! 1. Generatorning qopqoqlarini ochish va stolcha ustidagi namunani almashtirish faqat asbob o’chirilgan holatda bajarilishi kerak. 2. Generator uch minut davomida to’xtovsiz ishlatilgandan so’ng «STOP» yozuvli qizil tugmachani bosib o’chirilishi kerak. Uch-besh minut tanaffusdan so’ng generatorni qayta yoqish mumkin. 3. Spektr chiziqlarni atlas bilan solishtirib o’rganish va to’lqin uzunligi ma’lum bo’lgan spektr chiziqni ajratish vaqtida yorug’lik manbaini hosil qilayotgan tokning eng kichkina qiymatlarida ishlash kerak. 2. PAJ - 1 alanga fotometrning tuzilishi va ishlash prinsipi. PAJ - 1 alanga fotometri eritmadagi natriy (Na), kaliy (K), kalsiy (Ca), va litiy (Li) elementlarining miqdorini alanga spektrofotometriyasi usuli bilan aniqlashga mo’ljallangan. Aniqlanayotgan eritma alangaga aerozol ko’rinishida purkaladi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling