1-2-ma’ruzalar


Download 445.5 Kb.
bet1/16
Sana19.11.2023
Hajmi445.5 Kb.
#1786315
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Algebra Sonlar Nazariyasi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
A. QODIRIY NOMLI JIZZAX
DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Umumiy matematika” kafedrasi




(Ma’ruzalar matni)


Jizzax – 2005
Mazkur ma’ruzalar matnlar to’plami “Algebra va sonlar nazarisi” dan pedagogika institutlari, universitetlari bakalavriat yo’naliishi bo’yicha “Matematika va informatika” bo’limida tahsil oladigan talabalar uchun yozilgan bo’lib, unda 20 soatga mo’ljallab 10 ta ma’ruza bayon etilgan. Bu ma’ruzalar bo’lajak bakalavrlarni matematika bo’yicha madaniyatini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, unda matematik mantiq elementlari, to’plamlar va munosabatlar, to’plam tushunchasiga ko’ra algebra hamda algebraik sistemalar keng yoritilgan. Bundan tashqari maktab matematika kursida o’rganiladigan haqiqiy sonlar to’plami tushunchasi kengaytirilib, kompleks sonlar maydoni tushunchasi kiritilgan.
Ayrim matnlarda teoremalar, xossalar, natijalarning isbotlari keltirilmagan hollar ham uchraydi. Lekin ularning isbotlarini talaba qayerdan o’rganishi uchun ko’rsatma berilgan. Ko’plab tushunchalar misollar yordamida yoritib berilgan.
To’plamda talabalarning mustaqil ta’lim mavzularini o’rganishlari uchun ko’pgina matnlarning batafsil yozilishiga e’tibor berilgan.


Mualliflar: dots. A’zamov T.
dots. Shamsiyev A.

1-2-MA’RUZALAR
Mavzu: Muloxazalar. Muloxazalar ustida amallar. Formulalar. (4 soat)


Reja:

  1. Muloxaza haqida tushunchalar;

  2. Muloxazalar ustida amallar;

  3. Muloxazalar algebrasining formulalari;

  4. Teng kuchli formulalar.

Adabiyotlar.

  1. R. N. Nazarov, B. T. Toshpo’latov, A. D. Do’simbetov. Algebra va sonlar nazariyasi. 1-qism. Toshkent. O’qituvchi. 1993 y. (35-39 betlar)

  2. Куликов Л. Я. Алгебра и теория чисел. Москва: Высш.шк. 1979 г. (стр 5-14).

Har qanday matematik nazariya u yoki bu matematik jumlaning rost yoki yolg’onligini o’rganadi.


Ta’rif: Rost yoki yolg’onligi bir qiymatli aniqlangan darak gapga jumla (mulohaza) deyiladi.
Ta’rifga ko’ra “0<1”, “2*5=10”, “7 – juft son”, “1 – tub son” gaplar mulohaza bo’lib, ulardan birinchisi va ikkinchisi rost, uchinchisi va to’rtinchisi yolg’on mulohazalardir.
Mulohazalar nazariyasining boshlang’ich ob’yektlari sodda (oddiy) mulohazalardan iborat. Sodda mulohazalar lotin alifbosining katta harflari A, B, C, …. yoki kichik harflari a, b, c,.... orqali belgilanadi. Mulohazalarning rost yoki yolg’onligi ularning mazmuniga qarab aniqlanadi. Rost mulohazalarning qiymati 1, yolg’onligi mulohazalarning qiymati 0 orqali belgilanadi. Mulohaza bir vaqtning o’zida ham rost, ham yolg’on bo’la olmaydi.
Matematikada har bir teorema mulohaza hisoblanadi.
Sodda mulohazalardan bog’lovchi yoki bog’lovchi so’zlar orqali murakkab mulohazalar hosil qilinadi.
“emas”, “va”, “yoki”, “... kelib chiqadi”, “zarur va yetarli” kabi bog’lovchi so’zlarga bittadan mantiqiy amal mos keladi.
Mulohazalar ustida bajariladigan inkor, kon’yuksiya, dizyunksiya, implikatsiya, ekvivalensiya amallari mavjud.

Download 445.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling