1. 2 Respublikada mustaqillik yillarida sud-huquq tizimini isloh qilish


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/28
Sana01.11.2021
Hajmi1.16 Mb.
#170130
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
ozbekistonda mustaqillik yillarida sud-huquq tizimining takomillashuv tarixi

 

 


46 

 

3-masala. O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilish jarayonida sud-



huquq tizimining o’rni. 

  

Ma‟lumki,  qonun  ustuvorligi  demokratik  huquqiy  davlatning  zaruriy 



shartidir.  O‟zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  15-moddasiga  ko‟ra 

“Davlat,  uning  organlari,  mansabdor  shaxslar,  jamoat  birlashmalari,  fuqarolar 

Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‟radilar”. 

  

Konstitutsiya  va  qonunlar  asosida  yashah,  ularga  amal  qilish  kundalik 



turmushdagi doimiy  faoliyat hisoblanadi. Deyarli  barcha  munosabatlar ular orqali 

amalga  oshiriladi  va  ularga  og‟ishmay  amal  qilish  jamoat  tartibini,  fuqarolar 

tinchligi va totuvligini ta‟minlaydi. Qonunlarga amal qilmaslik va qonun talablari 

buzilgan  hollarda  davlat  o‟zining  huquqini  himoya  qilish  funksiyasini  sud 

hokimyati  orqali  amalga  oshiradi,  boshqacha  qilib  aytganda  munosabatlarning 

umummajburiy  xususiyatidagi qonunlarga  asosan  tartibga solinishini ta‟minlaydi. 

Sudning  vazifasi  ayni  ana  shu  funksiyasi  bilan  ta‟rif  va  tavsiflanadi.  “Sudlar 

to‟g‟risida”gi  O‟zbekiston  Respublikasi  Qonunining  2-moddasida  sudning 

vazifalari  mufassal  va  lo‟nda  belgilangan  bo‟lib,  unga  ko‟ra  “Sudning  faoliyati 

qonun  ustuvorligini,  ijtimoiy  adolatni,  fuqarolar  tinchligi  va  totuvligini 

ta‟minlashga qaratilgandir” 

  

Oliy  sud  faoliyatida  kelib  tushayotgan  shikoyat  va  arizalar  bilan  ishlash 



alohida  o‟rin  tutadi.  Birgina  2000-yilning  o‟zida  O‟zbekiston  Respublikasi  Oliy 

sudiga  13  mingdan  ko‟proq  shikoyat  va  arizalar  kelib  tushgan  bo‟lib,  shundan  9 

mingtasi jinoyat ishlari bo‟yicha berilgan. 

  

Quyi  bosqich  sudlari  ishining  sifati,  ular  qabul  qiladigan  sud  qarorlarining 



asoslantirilganligi,  qonuniy  va  adolatli  bo‟lishini  ta‟minlashga  Oliy  sud  doimo 

diqqat-e‟tibor  berib  kelmoqda.  Eng  muhum  toifa  nizolar,  huquqbuzarliklar  va 

jinoyatlarga  oid  sud  ishlari  muntazam  o‟rganib  va  muhokama  etib  boriladi. 

Masalan,  2002-yil  davomida  sud  qarorolarining  O‟zbekiston  Respublikasi  Oliy 

sudi tomonidan nazorat tartibida bekor qilinishi Toshkent shahar sudlari bo‟yicha 

87,    Samarqand  voliyati  bo‟yicha  35,  Andijon  viloyati  bo‟yicha  31,  Toshkent 




47 

 

viloyati  bo‟yicha  24,  Qashqadaryo  viloyati  bo‟yicha  21,  Surxandaryo  viloyati 



bo‟yicha 18, Jizzax viloyati bo‟yicha 17, qolgan viloyatlar bo‟yicha 7-10 ta ishni 

tashkil etdi. 

  

Sud-huquq  tizimini  isloh  qilish,  sudlarning  haqiqiy  mustaqilligi  va 



erkinligini  ta‟minlash  g‟oyasini  ilgari  surar  ekan,  Prezident  I.Karimov  jinoiy  va 

protsesseual  qonunchiligimizning  dastlabki  tergov  va  sudgacha  bo‟lgan  jarayon 

ustidan  sud  nazoratini  o‟rganish  borasidagi  vazifalarni  quyidagicha  belgilaydi: 

“Boshqa  demokratik  davlatlar  kabi  O‟zbekistonda  ham  shaxsni  ushlab  turish, 

xibsga  olish,  shuningdek,  boshqa  protsessual  majburiy  choralarni  qo‟llash  uchun 

sanksiya berish huquqlarini ham sudlarga o‟tkazish kerak, deb o‟ylayman”. 

  

Mamlakatimizda  o„tgan  davr  mobaynida  dastlabki  tergov  bosqichida  sud 



nazoratini  kuchaytirish,  mazkur  sohada  sud  faoliyatini  liberallashtirish  bo„yicha 

ham  keng  ko„lamli  chora-tadbirlar  ko„rilganini  ta‟kidlash  lozim.Bu  borada 

“Xabeas  korpus”  institutining  joriy  etilishi,  ya‟ni  2008-yildan  ehtiyot  chorasi 

sifatida  qamoqqa  olishga  sanksiya  berish  huquqi  prokurordan  sudga  o„tkazilishi 

prinsipial  qadam  bo„ldi.  Ushbu  qarorning  o„z  vaqtida  va  puxta  o„ylab  qabul 

qilingani  bugungi  kunda  ko„pgina  amaliy  misollarda  o„z  isbotini  topmoqda. 

Mazkur institutning amaliyotga tatbiq etilishi insonning konstitutsiyaviy huquq va 

erkinliklari,  uning  daxlsizligini  himoya  qilishda  muhim  omil  sifatida  namoyon 

bo„lmoqda.  Ushbu  institut  joriy  etilgan  2008-yilning  yanvaridan  buyon  sudlar 

tomonidan dastlabki tergov organlariga 700 martadan ortiq holatda mazkur ehtiyot 

chorasini qo„llash rad qilingani ham buni yaqqol tasdiqlab turibdi 

 


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling