1 4-ma’ruza. Mobil aloqa tarmoqlari standart texnologiyalari reja: Sotali aloqa tizimlarida (yoki hozirgi vaqtda ko„pincha atalganidek mobil aloqa tizimlarida) “avlodlar”
Download 53.33 Kb. Pdf ko'rish
|
14-MA\'RUZA (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakatdagi radioaloqa tizimlari rivojlanishining tarixi.
1 4-MA’RUZA. MOBIL ALOQA TARMOQLARI STANDART TEXNOLOGIYALARI Reja: Sotali aloqa tizimlarida (yoki hozirgi vaqtda ko„pincha atalganidek mobil aloqa tizimlarida) “avlodlar” almashishi shaxsiy kompyuterlar industriyasi yoki televizion texnikaga nisbatan yaqqolroq va aniqrok bo„lmokda. Mobil aloqa dunyosida ko„p narsa hisoblidir: 1G (ingl. «First Generation»- birinchi avlod) – bu analog aloqa tizimlari (NMT, AMPS standartlari); ikkinchi avlod - 2G, kanallar kommutatsiyalanishi asosida ishlaydigan raqamli aloqa tizimlari (GSM, DAMPS va sdmaOne standartlari); uchinchi avlod - 3G, kanallar kommutatsiyalanishi bilan birga paketlar kommutatsiyalanishini ham ko„zda tutadi (UMTS va CDMA-2000 standartlari); va, nihoyat, to„rtinchi avlod - 4G tarmoqlari to„liq paketli IP- kommutatsiya asosida kuriladi (LTE Advanced, IEEE802.16m (WiMAX) va IEEE802.11ac (Wi-Fi) standartlari). Shunisi diqqatga sazovorki, mobil aloqa dunyosida avlodlarning almashishi muntazam ravishda har o„n yilda bo„lib o„tmoqda (18.1-rasm). 18.1-rasm. Mobil va keng polosali tizimlarning evolyutsiyasi. Harakatdagi radioaloqa tizimlari rivojlanishining tarixi. Harakatdagi radioaloqa tizimlari (HRT) hozirgi vaqtda taqdim etiladigan xizmatlar sifati va hajmining kengaytirilishi hisobiga, ularning ommaviylashishi va foydalanuvchilarning individual talablariga moslashtirilishi hisobiga keskin sur‟atlarda rivojlanmoqda. Yangi imkoniyatlarning ishlatilishi ham mavjud tarmoqlarning takomillashtirilishi hisobiga, ham global tarmoq infratuzilmasini yaratish bilan bog„liq yangi texnik yechimlarning ishlatilishi hisobiga ta‟minlanadi. O„z o„rnida HRT tizimlari ham konvergensiya, universallashish va ichki raqobat jarayonlarini boshdan kechirmoqda. “Mobil radioaloqa tizimlari” atamasi ruscha adabiyotlarda quruqlikda harakatlanuvchi radioaloqa mutaxassislariga va fuqarolarga mo„ljallangan xizmatlarini belgilashda ko„p qo„llaniladi. Bu atama sotali aloqa, tranking, personal yo„ldoshli aloqa va simsiz telefon radioaloqa turlarining birlashtiruvchisi sifatida ishlatiladi. 1. 3G (UMTS va WCDMA).3G atamasi bilan (ingl. third generation – «uchinchi avlod») ma‟lumot uzatish va Internet tarmoqlariga yuqori tezlikda mobil ulanish bilan birga, ma‟lumot uzatish kanalini yaratuvchi radiotexnologiya yordamida foydalanuvchilarga bir qator xizmatlar to„plamini taqdim etuvchi sotali aloqa tizimlari nomlanadi. 3G tizimlari mobil aloqaning turli xizmatlari, «global rouming» hamda multimediyaning keng imkoniyatlarini, jumladan: `Ìi`ÊÜÌ ÊÌ iÊ`iÊÛiÀÃÊvÊ vÝÊ*ÀÊ* Ê `ÌÀÊ /ÊÀiÛiÊÌ ÃÊÌVi]ÊÛÃÌ\Ê ÜÜÜ°Vi°VÉÕV° Ì videotelefoniya va videokonferensiya xizmatlari; Internet va intranetga (ya‟ni, ichki tarmoqlarga) yuqori tezlikda ulanish; turli xildagi biznes, ko„ngilochar va ilmiy xizmatlarga aloqador ma‟lumotlarni uzatish kabilarni taqdim etadi. Ushbu tizimlar abonentlarning harakatlanish tezligi cheklanmagan holatida – 64 kbit/sek, harakatlanish tezligi cheklangan holatda (piyoda yurgandagi tezlik) – 384 kbit/sek, abonent harakatlanmagan holatida esa 2 Mbit/sek. gacha bo„lgan tezliklarda ma‟lumot uzatish iimkonini beradi. 3G tizimlarining ikkinchi avlod (2G) tarmoqlaridan asosiy farqi xam katta hajmdagi ma‟lumotlarni yuqori tezlikda uzatish imkoniyatidadir. Bu esa o„z navbatida mobil aloqani sifat jihatdan yangi darajaga ko„taradi: bir tomondan abonent Internetga to„laqonli ulanish, videoaloqa xizmatlari, yuqori tezlikda ma‟lumot uzatish imkoniyatlariga ega bo„lsa, ikkinchi tomondan - operatorlar an‟anaviy aloqa xizmatlaridan daromad olish bilan birga, turli xildagi qo„shimcha xizmatlarini ko„rsatish hisobiga yangi daromad manbalariga ega bo„ladilar. 3G tizimlari - videotelefon aloqasini tashkil etish, mobil telefon yordamida filmlar hamda turli teledasturlarni tomosha qilish imkonini ham beradi. Dunyoda 3G standartlarining asosiy ikki oilasi: W-CDMA (UMTS, FOMA) hamda CDMA-2000 ( Code Division Multiple Access) texnologiyalari asosidagi tizimlari mavjud. UMTS standarti asosan Yevropada, FOMA - Yaponiyada, CDMA-2000 esa Amerika va Osiyo qit‟alarida tarqalgan. Shuningdek, asosan Xitoyda tarqalgan TD-SCDMA standarti ham 3G texnologiyalari oilasiga kiradi (18.1-jadval). 18.1-jadval. 2G avlodidan boshlab sotali aloqa tizimlarining standartlari. Download 53.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling