1. 4-mavzu. Sektorlik va uning hosil bo`lishi. Tabiat zonalari va ularning kelib chiqishi. Iqlim o`zgarishi, uni oldini olishga qaratilgan harakatlar, Kioto prortokoli Reja
Download 47.5 Kb.
|
4-mavzu
1.4-mavzu. Sektorlik va uning hosil bo`lishi. Tabiat zonalari va ularning kelib chiqishi. Iqlim o`zgarishi, uni oldini olishga qaratilgan harakatlar, Kioto prortokoli Reja: 1. Sektorlik va uning hosil bo`lishi. 2. Tabiat zonalari va ularning kelib chiqishi. 3. Iqlim o`zgarishi, uni oldini olishga qaratilgan harakatlar, Kioto prortokoli. Geografik qobiqda zonallik qonuniyati geografiyadagi ilk qonuniyatlardan biridir. Iqlim mintaqalari va zonallikning mavjudligini qadimgi yunon va rim olimlari aniqlashgan. Ular Yer yuzasini bir qancha iqlim mintaqalariga ajratganlar. Zonallik qonuniyati ning rivoj lanishida A.Gumboldtning (XVIII asr) xizmatlari katta. U iqlim va botanik-geografik zonallikni aniqladi. Keyinchalik bu ishlar V.V.Dokuchayev tomonidan rivojlantirilib, geografik zonallik qonuniyati kashf qilindi va asoslab berildi. Hozirgi paytda, geografik zonallik haqidagi bilimlar V.V.Dokuchayev ta’limotiga asoslanadi. Geografik qobiqning eng yirik zonal birliklari iqlim (geografik) mintaqalardir. Ularning ichida issiqlik va namlik nisbatiga bog‘liq holda tabiat (geografik) zonalari ajratiladi. Tabiat zonalari – geografik qobiqning iqlim mintaqalari doirasida, asosan, issiqlik bilan namlik miqdori va nisbatiga qarab muayyan tartibda qonuniy almashinib boradigan geotizimlar. Har bir tabiat zonasida o‘ziga xos tuproqlar, o‘simliklar va hayvonlar tarqalgan bo‘ladi. Shuningdek, Yerning tashqi kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy jarayonlar – nurash, eroziya, deflyasiya, ekzaratsiya va h.k.lar ham tabiat zonalari bo‘yicha farq qiladi. Geografik qobiqning eng yirik zonal birliklari iqlim (geografik) mintaqalardir. Ularning ichida issiqlik va namlik nisbatiga bog‘liq holda tabiat (geografik) zonalari ajratiladi. Tabiat zonalari – geografik qobiqning iqlim mintaqalari doirasida, asosan, issiqlik bilan namlik miqdori va nisbatiga qarab muayyan tartibda qonuniy almashinib boradigan geotizimlar. Har bir tabiat zonasida o‘ziga xos tuproqlar, o‘simliklar va hayvonlar tarqalgan bo‘ladi. Shuningdek, Yerning tashqi kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy jarayonlar – nurash, eroziya, deflyasiya, ekzaratsiya va h.k.lar ham tabiat zonalari bo‘yicha farq qiladi. Har bir tabiat zonasida o‘ziga xos iqlim, tuproq, o‘simlik va hayvonot olami, hattoki tabiiy geografik jarayonlar shakllangan bo‘lib, inson xo‘jalik faoliyatiga, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi va qurilishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Issiq o‘lkalarda paxta, uzum, issiq va nam o‘lkalarda kofe, sitrus mevalar, choy, sholi, salqin o‘lkalarda bug‘doy, arpa, sovuq o‘lkalarda esa, faqatgina issiqxonalarda sabzavot va ko‘katlar, gullar yetishtiriladi. Bino va inshootlar, ayniqsa, turarjoy binolarining arxitekturasi, ishlatiladigan qurilish materiali turli tabiat zonalarida bir-biridan farq qiladi. Geografik qobiqda zonallik qonuniyati Yerning sharsimonligi va unga bog‘liq holda quyosh radiatsiyasining Yer yuzida notekis taqsimlanishi, dengizbo‘yi hududlarida iliq va sovuq oqimlar, okeandan materik ichkarisiga kirgan sari namlik va haroratning o‘zgarib borishi oqibatida yuzaga keladi. Natijada Yer yuzida harorat, bug‘lanish, yog‘inlar, nurash jarayonlari, tuproqlar, o‘simliklar, hayvonlar va boshqalar zonalar hosil qilib tarqalgan. Geografik zonallik faqatgina Yer (suv) yuzasida, ya’ni atmosfera, litosfera, gidrosfera tutashgan joyda yaqqol namoyon bo‘ladi, atmosferada yuqoriga ko‘tarilgan, litosfera va gidrosferada esa chuqurlikka tushgan sari zonallik yo‘qoladi. Geografik zonallik ekvatordan qutblarga tomon hamda okeanlardan quruqliklar ichkarisiga tomon geotizimlarning almashishida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun kenglik zonalligi va sektorlik tushunchalari ajratiladi. Kenglik zonalligi – quyosh nurlari tushish burchagining o‘zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va geotizimlarning ekvatordan qutblarga tomon qonuniy o‘zgarib borishi. Sektorlik – quruqlik ichkarisiga tomon okeanlardan uzoqlashgan sari iqlim xususiyatlarining o‘zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va geotizimlarning o‘zgarib borishi. Sektorlik quruqliklarda iqlim mintaqalarining ichida iqlim tiplari ning ajratilishida aniq namoyon bo‘ladi. Masalan, mo‘tadil iqlim mintaqasida quruqlikda dengiz, mo‘tadil kontinental, keskin kontinental va musson iqlim o‘lkalari shakllangan. Bu esa tuproq-o‘simlik qoplami va, umuman, tabiat zonalarida ham aks etgan. Iqlim o‘lkalariga bog‘liq holda aralash va keng bargli o‘rmonlar, o‘rmon-dasht va dashtlar, chalacho‘llar va cho‘llar, musson o‘rmonlari tabiat zonalari shakllangan. Iqlim o‘lkalarining xususiyatiga monand aralash va keng bargli o‘rmonlar hamda musson o‘rmonlari meridional yo‘nalishda, o‘rmon-dasht va dashtlar hamda chalacho‘llar va cho‘llar esa kenglik bo‘ylab cho‘zilgan. Azonallik qonuniyati zonallik qonuniyatidan farq qilib, Yerning ichki jarayonlari va mahalliy omillar tufayli tabiat komponentlari va geotizimlarning o‘zgarishi. Azonallikning omillari– Yer yuzini qopla gan tog‘ jinslaridagi va relyef tuzilishidagi tafovutlar, grunt suvlari sathi ning relyef va tog‘ jinslarining suv o‘tkazuvchanlik xususiyatiga qarab o‘zgarishi, insonning xo‘jalik faoliyati va h.k. Bu omillar kenglik zonallik qonuniyatiga bo‘ysinmaydi. Ayniqsa, geologik-geomorfologik omillar Yerning ichki kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgani uchun boshqalariga nisbatan keng qamrovlidir. Geologik omillar ichida neotektonik (hozirgi zamon tektonik) harakatlar, ularning Yer yuzining turli joylarida har xil kuch va jadallikda ro‘y berayotgani eng muhim omillardir. Shuningdek, tog‘ jinslaring kimyoviy va fizik xususiyatlari ham faol ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, tarkibida tuzlar keng tarqalgan tog‘ jinslari tarqalgan joylarda sho‘rxoklar, suvda tez eriydigan tog‘ jinslari tarqalgan joylarda esa karstlar avj olib, tuproq-o‘simlik qoplamining va, oxir-oqibatda, land- shaftlarning zonal xususiyatlarini o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Yer yuzasining nishabligi kichik bo‘lgan joylarda, odatda, grunt suvlarining sathi yuza joylashgan bo‘ladi. Bunday sharoitda atmosfera yog‘inlari va atrofdan kelgan oqar suvlar hisobiga ortiqcha namlik to‘planib, botqoqliklar vujudga keladi. Masalan, G‘arbiy Sibir, Kongo botig‘i, La-Plata, Orinoko pasttekisliklarida botqoqliklar keng tarqalgan. Botqoqlik – ortiqcha namlik sharoitida doimo yoki uzoq vaqt zax bo‘lib yotadigan, namsevar o‘simliklar va torf qatlami (30 sm va undan ortiq) mavjud bo‘lgan yerlar. Botqoqlarda o‘simlik ildizlari torf ostidagi tuproq-gruntga yetib bormaydi. Agar torf qatlami bo‘lmasa yoki yupqa (30 sm dan kam) bo‘lsa, botqoqlashgan yerlar deyiladi. Botqoqlar tundra, o‘rmon tundra, tayga va nam ekvatorial o‘rmonlar kabi tabiat zonalarida keng tarqalgan. Cho‘l tabiat zonasida joylashgan O‘zbekistonda ham azonal omillar tufayli zonallik qonuniyati "buzilib”, o‘ziga xos landshaftlar shakllangan. Qizilqum va Ustyurtning botiq relyef shakllarida sho‘rxoklar vujudga kelgan. Sho‘rxoklarning, ayniqsa, Ustyurtda keng tarqalishiga sabab relyefning botiqligidan tashqari bu yerda tez eruvchan ohaktosh, gips, mergel kabi jinslarning keng tarqalganligidir. Daryolarning qayirlarida esa relyefning tekisligi, grunt suvlarining yer betiga yaqinligi va mikroiqlimning atrofdagi cho‘ldan namroq va salqinroq bo‘lganidan to‘qaylar shakllangan. To‘qay – daryo bo‘ylaridagi daraxt – buta – o‘t o‘simliklaridan iborat qalin changalzor o‘rmon. Insonning xo‘jalik faoliyati ham tabiat zonalari ichida ularga xos bo‘lmagan, ya’ni "azonal” landshaftlarni vujudga keltirmoqda. Masalan, O‘zbekistonda cho‘llarga suv chiqarilib, o‘zlashtirilishi oqibatida katta-katta maydonlar vohalarga aylantirilgan. Voha – cho‘l va chalacho‘llarda suv chiqarilib obod qilingan yer. Agar O‘zbekistonning aholi xaritasiga qarasangiz, aholisi eng zich hududlar, yirik va katta shaharlarning barchasi vohalarda ekanini ko‘rasiz. Yer yuzi tabiiy sharoitining xilma-xilligi va rivojlanishi zonal va azonal omillarning yig‘indisi va o‘zaro ta’siri natijasidir. Geografik qobiqda faqat zonal xususiyatlar yoki faqat azonal xususiyatlar uchraydigan bironta joy yo‘q. Zonal hamda azonal xususiyatlar hamma vaqt va har doim birga uchrab, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Iqlim ko’p yillik ob-xavo rejimi bilan ifodalanib, joyning geografik kengligi, okeanga nisbatan uzoqligi, relefi, dengiz satxiga nisbatan balandligi, Yer sirti xolatining tipi va boshka kator omillar bilan aniqlanadi. Iqlimning ko’p yillar davomida juda kichik qiymatlarda o’zgarishi ma’lum joy uchun uni barkaror deb xisoblashga imkon beradi. SHu sababli iqlim geografik landshaftni tashkil etuvchilardan biri xisoblanadi. «Iqlim» atamasi xam Aristotel tomonidan kiritilgan va «qiyalik» ma’nosini anglatadi. Bunda Yer sirtining Quyosh nurlariga nisbatan qiya joylashishi kuzda tutiladi. Iqlim xosil qiluvchi jarayonlar va omillar Bug’ungi kunda Yer iqlimi va uning o’zgarishini belgilovchi omillar tabiiy va insonning turli ko’rinishdagi faoliyati bilan bog’liq bo’lgan antropogen omillarga ajratiladi. Iqlim o’zgarishlari Yerning uzok geologik o’tmishida xam yuz bergan, lekin ular tabiiy omillar ta’sirida ruy bergan. Hozirgi kunda esa iqlimga asosiy ta’sirni inson faoliyati ko’rsatayotganligi aniq isbotlab berildi. Ushbu ta’sirning uchta asosiy mexanizmi aniqlangan bo’lib, ular atmosferada issiqxona effekti xosil qiluvchi gazlar kontsentratsiyasining ortishi, insoniyat tomonidan foydalanilayotgan energiya ishlab chiqarishning o’sishi va atmosferadagi aerozol miqdori va tarkibining o’zgarishidan iborat. Xozirgi kunda yuqorida ko’rib chiqilgan iqlimiy omillar asosida kuzatilayotgan iqlimiy o’zgarishlar sabablarini tushuntirib beruvchi qator nazariyalar mavjud. Yerning geologik tarixi davomida butun Yer tabiati bilan birgalikda atmosfera tarkibi, uning massasi o’zgargan, shu bilan birga materiklarning shakllari tog’ sistemalarining konfiguratsiyasi va balandliklari quruqlik va okeanlar maydonlari xam o’zgarib turgan. Kuyosh yorituvchanligi, Yer orbitasi ekstsentrisitetining tebranishlari va ekliptika tekisligiga nisbatan Yerning aylanish o’qi qiyaligining o’zgarishlari kuzatilgan. SHu bilan birga Yerning aylanish tezligi xam sekinlashgan. Oqibatda, bu xolat, issiqlik almashinuvi, namlik almashinuvi va atmosfera tsirkulyatsiyasi xamda iqlimning geografik omillarining o’zgarishiga olib kelgan. Bularning barchasi Yerda iqlimning kup karra o’zgarishiga sabab bo’lgan1. Iqlimiy o’zgarishlarning mumkin bo’lgan sabablarining vaqt miqyosi juda kattadir. Yer orbitasining ekstsentrisiteti, pretsessiya va orbita tekisligiga nisbatan Yerning aylanish uki kiyaligining o’zgarishi kabi orbital parametrlarning variatsiyalari mos ravishda 100 000, 23 000 va 41 000 yilni tashkil etadi. Yer po’sti xarakatining vaqt masshtabi esa 105 - 109 yilga teng. Vulkanlarning otilishi natijasida stratosferada aerozolning xosil bulishi juda katta - 100 dan 108 gacha yillar oralig’idagi iqlimiy o’zgarishlarga olib kelishi mumkin2. Ikkinchi tomondan, iqlimiy sistemaning ichki o’zgaruvchanligi sistemani tashkil etuvchilari orasidagi tug’ri va teskari bog’lanishlarning turlicha mexanizmlari bilan aniqlanadi. Atmosfera, okeanlar, kriosfera, quruqlik yuzasi va biosfera orasidagi bogliklikning vakt masshtabi 100-109 yillarga teng bulishi mumkin. Masalan, atmosfera va okeanning uzaro ta’sirlashuvi 100—102 yilni tashkil etadi. SHunday kilib, yukorida bayon etilganlardan ko’rinib turibdiki, iqlim o’zgarishi istalgan geologik davrda ruy berishi mumkin. Tabiiy issikxona effektiga ta’sir kursatadigan asosiy omil - suv bug’laridir. Atmosferada uning mavjudligi antropogen faoliyat bilan bevosita bog’liq emas. qayd etish lozimki, sezilarli «ijobiy teskari bog’liqlik» natijasida suv bug’lari iqlim o’zgarishida muxim o’rin egallaydi. Issiq xavo o’zida katta miqdordagi namlikni ushlab turishi mumkin. Buning natijasida, modellashtirish asosida ishlab chiqilgan prognozlarga ko’ra, uncha katta bo’lmagan global isish global miqyosda suv bug’lari miqdorining ortishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida issiqxona effektining kuchayishiga xissa qo’shadi. Iqlimiy jarayonlarni bulut qoplamini va yog’inlarni xisobga olib modellashtirish ancha murakkab bo’lganligi uchun yuqoridagi xolatga nisbatan javob reaktsiyasining aniq miqyoslari xozircha noaniqligicha qolmoqda. Antropogen faoliyatning maxsuli bo’lgan karbonat angidrid tabiiy uglerod tsikliga qo’shilib ketadi. Har yili atmosfera, okeanlar va Yer sirtidagi o’simlik qoplami orasida ko’plab million tonnadagi uglerod qatnashadigan tabiiy aylanma xarakat ro’y beradi. Ushbu keng qamrovli va murakkab tabiiy sistemadagi o’zaro almashuv aniq muvozanatlashgan. Sanoatlashgan davrdan oldingi 10 000 yil davomida atmosferadagi karbonat angidrid miqdori 10 % atrofida o’zgargan. Lekin oxirgi 200 yil davomida, ya’ni 1800 yillardan boshlab, uning miqdori 30% ga ko’tarilgan. Antropogen faoliyatning maxsuli bo’lgan karbonat angidrid chiqindilarining yarmi okeanlar va o’simliklar tomonidan yutiladi, deb xisoblaganda xam uning atmosferadagi miqdori xar 20 yil davomida 10% ga ortmoqda3. Dunyoda atmosferada mavjud bo’lgan karbonat angidridni eng uzoq uzluksiz o’lchashlar doktor Charlz Kiling tomonidan amalga oshirilgan. U o’z o’lchashlarini 1958 yilda Gavay orollardagi Mauna Loa shaxrida boshlagan (1-rasm). Sanoatlashgan davr boshidan buyon atmosferadagi metan miqdori 2,5 martaga ortgan. Issiqxona effekti xosil qiluvchi gazlar miqdorining ortishiga qo’shilgan ushbu xissada tog’ jinslari otvallaridan chiqadigan metan va ko’mir konlaridan foydalanishda xamda tabiiy gaz qazib olishda chiqib ketadigan gazlarning miqdori o’ziga xosdir. Bugungi kunda oldingi davrlardagiga nisbatan metan chiqindilarining «kuchaygan issiqxona effekti» ga qo’shgan xissasi 20 % ni tashkil etadi4. Metan miqdorining tezda ko’payishi karbonat angidridning ko’payish davriga nisbatan kechroq boshlandi, lekin uning umumiy chiqindilar xajmiga qo’shgan xissasi tez sur’atlarda kechmoqda. Qayd etish lozimki, atmosferada metanning saqlanish vaqti o’rtacha 12 yilni tashkil etsa, karbonat angidrid unga nisbatan ancha chidamlidir, ya’ni u uzoq vaqt saqlanib turadi. «Kuchaygan issikxona effekti»ning dolgan 20 % i azot oksidi, sanoat korxonalaridan chikadigan ayrim gazlar va azonga to’g’ri keladi. Bugunda azot oksidining miqdori 16 % ga ortib, bu asosan, qishloq xo’jaligini yuritishning intensiv shakllaridan foydalanish xisobiga bo’ldi. Antropogen faoliyat ta’sirida xosil bo’lgan issiqxona effekti xosil qiluvchi gazlar chiqindilari xozirning o’zidayok global issiqlik balansini taxminan 2,5 Vt/m2 ga o’zgartirdi5. Bu qiymat iqlimiy sistema xolatini aniqlovchi Quyosh energiyasi tushishining natijaviy miqdoriga nisbatan qariyb bir foizni tashkil etadi. Balki, ushbu raqamlar unchalik jiddiylik kasb etmasligi mumkin, lekin butun Yer yuzasi o’lchamini xisobga olsak, bir minutda 1,8 million tonna neft yonishi natijasida ajralib chikadigan energiya miqdoriga ega bulamiz. Bu esa xozirgi kunda butun dunyodagi energiya iste’molini 100 ga ko’paytirilganiga tengdir. Bugungi kunda inson tomonidan foydalanilayotgan energiyaning umumiy miqdori issikxona effekti xosil kiluvchi gazlarning iqlimiy sistemaning tabiiy energetik okimlariga kursatayotgan ta’sirlari bilan solishtirganda shu kadar kichikki, bu fakt ancha kiyinchilik bilan kabul kilinadi. Chunki, issikxona effekti xosil kiluvchi gazlarning uzi ana shu iste’mol kilinadigan energiyaning maxsulidir. Kelajakda issikxona effekti xosil qiluvchi gazlar chiqindilari miqdori aholi soni, iktisodiyot, texnika va ijtimoiy soxalarning rivojidagi global tendentsiyalarga bog’liqdir. Bundagi aholi soni bilan bog’liqlik ancha aniqdir, chunki aholi soni kancha katta bo’lsa, chiqindilar miqdori xam shuncha yukori bo’ladi. Iktisodiy rivojlanish bilan bog’liqlik esa uncha aniq emas. Ma’lumki, boy mamlakatlarda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan chiqindilar miqdori kambag’al mamlakatlarga nisbatan kattadir. SHu bilan birga xalk farovonligi darajasi bir xil bo’lgan mamlakatlarda chiqindilar miqdori turlicha bulishi mumkin, chunki bunda kup narsa ularning geografik urniga, ularda mavjud bo’lgan energiya manbalariga, energiyadan foydalanishdagi samaradorlikka va boshkalarga bog’liqdir. Tegishli qarorlarni qabul qiluvchi shaxslar uchun qo’llanma sifatida mutaxassislar kelajak uchun chiqindilar senariyalarini ishlab chiqmoqdalar. Senariy - bu oldindan aytish emas. Bu okibatni taxlil kilishning uziga xos usulidir. Bunda kelajakdagi tendentsiyalarga oid oldindan u yoki bu kurinishdagi farazlarga, shu jumladan issikxona effektini xosil kiluvchi gazlarni kamaytirish strategiyasiga xam yul quyiladi. Qabul kilingan farazlarga bog’liq xolda (ba’zan u umuman noto’g’ri xam bo’lishi mumkin), stsenariylar asosida chiqindilar miqdorining ortishini, barkarorlashishini yoki kamayishini prognoz kilish mumkin. Zamonaviy iqlim modellariga asosan 1990 yildan 2100 yilgacha bo’lgan davr oraligida global isish kariyb 1,4 - 5,8 °C ni tashkil etishi kutilmoqda. Dunyo buyicha chiqindilarni barkarorlashtirish yoki kamaytirish inson faoliyatining barcha soxalariga ta’sir kursatadi. U yoki bu variantning afzalligini baxolash uchun biz kuyidagilarni bilishimiz lozim: u bizga kanchaga tushadi, agar biz chiqindilar miqdorining ortishiga yul kuysak, uning salbiy okibatlari kanday bo’ladi va xokazo. Shu bilan bog’liq holda axloqiy plandagi quyidagi muxim savollar xam paydo bo’ladi: bizning nabiralarimiz yashaydigan XXII asr iqlimi mas’uliyati uchun qay darajada tayyormiz? Download 47.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling