26. Afinada puldor ota-onalarning farzandlari qayerda tahsilni davom ettirishardi?
A) palestralarda B) forumlarda C) nekropollarda D) pedagoglarda
27. Qadimgi Afinada o’g’il bolalar necha yoshdan boshlab gimnastika bilan shug’ullanardilar?
A) 14 yoshdan B) 12 yoshdan
C) 15 yoshdan D) 16 yoshdan
28. Dunyo tarixida qaysi xalq qadimdan boshlab dastlab gimnastika ilmidan xabardor bo’lgan va bolalarini gimnastika mashg’ulotlari bilan shug’ullantirgan?
A) xitoylar B) yunonlar
C) misrliklar D) forslar
29. Ma’lumki, Afinadagi palestralarda mashhur haykaltaroshlar ishlagan haykallar turgan. Ushbu haykallar vositasida yigit kishi qanday bo’lishi kerakligi uqtirilgan?
A) faqatgina haykaldagi siymo timsolidek jismonan barkamol bo’lishi
B) mavjud haykalga mos ravishda kuchli va baquvvat bo’lishi
C) kuchli, jismonan barkamol va o’z vatani himoyasiga shay turishi
D) mazkur haykaldek baquvvat bo“lishga zid ravishda ma’naviy barkamol bo“lish
30. Ma‘lumki, Afinada oily ma‘lumot beradigan o‘quv yurtlari ham bo‘lgan. U yerda ta’lim olish muddati necha yil davom etgan?
A) 5-6 yil B) 2-3 yil
C) 4-5 yil D) 3-4 yil
31. Qaysi davrda Sparta eng yirik yunon davlatlaridan biriga aylandi?
A) mil. avv. VIII asrda B) mil. avv. IX asrda
C) mil. avv. XII asrda D) mil. avv. VII asrda
32. Chet elliklar (Ajnabiylar) Spartada qanday mavqega ega edi?
A) Spartada ajnabiylar faqat qul qilinardi
B) barcha ajnabiylar Sparta fuqarosi bo’lishi mumkin edi
C) chet elliklar Spartaga kiritilmagan
D) Spartada ajnabiylar eng quyi mansabga tayinlanar edi
Do'stlaringiz bilan baham: |