1 5-mavzu: O‘zbekistonda dеmokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. Reja


Jinoiy  jazolarni  liberallashtirish  -  qonun  ustuvorligining  muhim


Download 212.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana05.01.2022
Hajmi212.77 Kb.
#227366
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-mavzu Word

Jinoiy  jazolarni  liberallashtirish  -  qonun  ustuvorligining  muhim 

sharti. 

Mustaqillikka  erishgandan  keyin  Birinchi  Prezidentimiz  Islom  Karimov 

tomonidan  insonparvarlik,  adolatparvarlik  g‗oyalariga  asoslangan  jinoyat,  jinoyat 

protsessual  qonunlarini  takomillashtirishga,  jinoiy  jazolarni  liberallashtirishga 

qaratilgan  bir  qator  qonun  loyihalari  Oliy  Majlisga  kiritildi.  Ularning  qabul 

qilinishi esa mamlakatimiz ijtimoiy hayotida o‗zining ijobiy samarasini bermoqda. 

Ayniqsa,  jinoiy  jazolarni  liberallashtirish  borasida  jinoiy  jazo  tizimidan  o‗lim 

jazosini  chiqarib  tashlash  borasidagi  say‘-harakatlar  muhim  o‗rin  tutadi.  Sud-

huquq  tizimini  liberallashtirish  to‗g‗risida  Prezidentimiz  ―Sud-huquq  tizimini 

liberallashtirish  borasida  biz  hal  etishimiz  lozim  bo‗lgan  yana  bir  masala  -  bu 

jazolash  tizimidan  o‗lim  jazosini  chiqarib  tashlashdir‖  deganda  aynan  shu 

harakatlarni  nazarda  tutgan  edi.  Ma‘lumki,  1995  yilgacha  amal  qilgan  Jinoyat 

Kodeksida 33 ta jinoyatga o‗lim jazosi qo‗llanilar edi.  Keyingi 

jinoyat 


Kodeksida  esa 

ularning  13  tasi  saqlanib  qoldi,  ya‘ni  20  ta  turdagi  jinoyatdan 

o‗lim jazosi olib tashlandi. Jumladan, ayollar, oltmish yoshdan oshgan erkaklar va 

voyaga  etmaganlarga  nisbatan  bu  jazo  qo‗llanilmaydi.  Shuningdek,  o‗lim  jazosi 

avf  etish  tartibida  yigirma  besh  yil  muddatga  ozodlikdan  mahrum  qilish  bilan 

almashtirilishi  mumkin  (JK  ning  51-moddasi).  Ana  shu  ustuvor  vazifadan  kelib 

chiqib, 1998 yilda Jinoyat Kodeksidagi 5 ta moddadan o‗lim jazosi olib tashlandi. 

2001  yilda  yana  to‗rtta  moddaga  jazo  qisqartirildi.  2004  yilda  esa  bu  jazo  bor-

yo‗g‗i  ikkita,  ya‘ni  aybni  og‗irlashtiruvchi  holatda  qasddan  odam  o‗ldirish  va 

terrorizm  jinoyatlari  uchun  tatbiq  etiladigan  bo‗ldi.  2008  yildan  boshlab  o`lim 

jazosi  bekor  qilindi.  Bular  mamlakatimizning  xalqaro  huquq  sub‘ekti  sifatida 

xalqaro hujjatlarga zikr etilgan majburiyatlarni so‗zsiz bajarishga intilayotganining 

amaldagi  isbotidir.  Hozirgi  kunda  100  ga  yaqin  davlatning  qonunchiligida  o‗lim 

jazosi  bekor  qilingan.  Jumladan,  Shvetsiya  va  Finlandiya  1972  yilda,  Germaniya 

1949  yilda,  Fransiya  1981  yilda,  1990  yillardan  boshlab  Irlandiya,  Vengriya, 

Ruminiya,  Chexiya,  Slovakiya,  Shveysariya,  Gretsiya,  Polsha,  Moldova,  Italiya, 

Ispaniya davlatlari o‗lim jazosidan 

voz   kechgan.  Bundan  tashqari,  30  dan 

ortiq  davlatning  qonunchiligida  o‗lim  jazosi  mavjud  bo‗lsada,  amaliyotda 

qo‗llanilmaydi.  O‗lim  jazosini  bekor  qilish  o‗ta  murakkab  masala  bo‗lib 

hisoblanishini Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta‘kidlab, ―Birinchi navbatda 

aholi  o‗rtasida  tushuntirish  ishlarini  olib  borish  lozim,  chunki  bugungi  kunda 

ularning ko‗pchiligi, o‗lim  jazosining bekor qilinishiga qarshi. Ikkinchidan,  o‗lim 

jazosi  o‗rniga  umrbod  yoki  uzoq  muddatli  jazoni  o‗tashga  hukm  qilinadigan 

shaxslar uchun tegishli joylar qurish kerak‖, degan fikrga alohida e‘tibor qaratish 

lozim.  O‗lim  jazosini  bekor  qilish  masalasini  aholiga  tushuntirib  berish  ham 

anchagina  murakkab  jarayon  bo‗lib,  bu  ishga  huquqshunoslar,  mutaxassislar, 

siyosatshunos,  psixolog  va  boshqa  ko‗pgina  mutaxassislar  jalb  qilinishi  lozim. 

Shuningdek, Birinchi Prezidentimiz yuqorida ta‘kidlaganidek, o‗lim jazosi o‗rniga 

sud  tomonidan  umrbod  ozodlikdan  mahrum  qilish  jazosi  tayinlangan  mahbuslar 

jazosi  alohida  koloniyada  o‗tashi  lozim  bo‗lganligi  sababli  ularni  saqlash  bilan 



6  

 

bog‗liq  jazoni  o‗tash  muassasasini  qurib  bitkazish  uchun  byudjetdan  tegishli 



mablag‗  ajratilishi  va  binoni  tayyorlash  ham  ma‘lum  muddat  talab  etadi.  Shu 

sababli  ham  davlatimiz  rahbari  o‗lim  jazosini  bekor  qilish  bilan  bog‗liq  barcha 

tashkiliy-huquqiy jarayonlar 2-3 yil ichida amalga oshirish mumkinligini bildiradi. 

Mamlakatda mustaqillikning dastiabki davridan boshlab mamlakatda fuqarolik 

jamiyati va huquqiy davlat qurish asosiy strategik pirovard maqsad ekanligi e‘lon 

qilindi. Bu  davrda  boshlangan  demokratik  islohotlar  jarayonida  milliy  merosimiz 

va  milliy  davlatchilik  an‘analari  bilan  demokratik  qadriyatlarni  uyg‘unlashtirish 

yo‗lidan  borildi.  Davlat  va  jamiyat  qurilishida  milliy  xarakter  kasb  etgan,  shu 

bilan  birga,  demokratik  qadriyatlarni  ham  o‗zida  namoyon  etgan  milliy  davlat 

hokimiyati organlarini shakllantirish islohotlari boshlandi. 

O‗zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida,  mahalliy  hokimiyatga  doir  qabul 

qilingan  qonunlarga  binoan  mahalliy  ijroiya  hokimiyat  organlari  fuqarolarning 

huquqlari  va  erkinliklarini  himoya  qilish,  mahalliy  boshqaruv  va  boshqa 

masalalarni  aholining  manfaatlarini  e‘tiborga  olgan  holda  qonunlar,  shuningdek, 

tegishli  moddiy  va  moliyaviy  resurslar  asosida  bevosita  yoki  vakillik  organlari 

vositasida hal qilish maqsadlari hayotda o‗z ifodasini topa boshladi. 

Mustaqillikning dastiabki davridayoq Prezident I.A.Karimov quyidagi vazifani 

qo‗ydi:  «Barqaror  bozor  iqtisodiyoti  ochiq  tashqi  siyosatga  asoslangan  kuchli 

demokratik  huquqiy  davlat  va  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etish  pirovard  maqsad 

bo‗lib  qolishi  kerak.  Shunday  jamiyatgina  O‗zbekiston  xalqining  munosib 

turmushini,  uning  huquqlari  va  erkinligini  kafolatlashi,  milliy  an‘analar  va 

madaniyat  qayta  tiklanishini,  shaxs  sifatida  insonning  ma‘naviy-  axloqiy  kamol 

topishini ta‘minlashi mumkin»

137


Mamlakatda  «Kuchli  davlatdan  —  kuchli  fuqarolik  jamiyati  sari»  tamoyili 

asosida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, o‗zini o‗zi boshqarish, 

inson  erkinliklari  va  huquqlarini  himoya  qilishning  zamonaviy  davlatga  xos 

prinsiplarini  joriy  etish  g'oyatda  murakkab  o‗tish  davrini,  o‗zini  o‗zi 

boshqaruvning doimiy va muttasil ravishda ishlab turadigan mexanizmlarini ishlab 

chiqishni taqozo etdi. Albatta, bu mexanizmlar jamiyatdagi turli ijtimoiy tabaqalar 

manfaatlari va ehtiyojlarini, hayotiy intilishlarini e‘tiborga olib siyosat yuritilgan 

taqdirdagina barqaror ishlashi mumkin. 

 

Konstitutsiya  va  inson  huquqlari.  O'zbekistonda  Inson  huquqlari  va 

erkinliklariga  doir  qonun  hujjatlarining  asosi  va  poydevori  O'zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasidir.  Konstitutsiya  muqaddimasining  eng  birinchi 

qoidasi  «inson  huquqlariga  va  suvereniteti  g'oyalariga  sodiqligini  tantanali 

ravishda  e‘lon  qilib»,  degan  so'zlardan  iborat  ekanligi  uning  eng  asosiy  vazifasi 

inson  huquqlarini  himoya  qilish  ekanligini  anglatadi.  Asosiy  Qonunimiz  ko'plab 

demokratik davlatlarda konstitutsiyaviy qurilish sohasidagi ilg'or tajribalarning eng 

yaxshi  jihatlarini,  BMT  tomonidan  1948-yil  10-dekabrda  qabul  qilingan  Inson 

huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasining  umume‘tirof  etilgan  normalari  hamda 

mazkur  sohadagi  boshqa  xalqaro  hujjatlarga  asoslangan  inson  huquq  va 

manfaatlari, erkinligini ta‘minlash va himoya qilish mexanizmini o'zida mujassam 

etgan. 

Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O'zbekiston parlamenti Inson huquqlari 




7  

 

umumjahon  deklaratsiyasiga  alohida  ahamiyat  berib,  uni  birinchi  xalqaro 



shartnoma  sifatida  ratifikatsiya  qildi.  Bu  bilan  inson  huquqlari  hamda  erkinliklari 

xalqaro prinsiplarini o'zining tashqi va ichki siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida 

qabul qildi. 

Mustaqil  O'zbekistonning  1992  yil  8-dekabrda  qabul  qilingan  Konstitutsiyasi 

mamlakatimizda inson va fuqaro huquqlari hamda erkinliklarini himoya qilishning 

yuridik  kafolati  hisoblanadi.  Inson  huquqlari  hamda  erkinliklariga  doir  xalqaro 

prinsiplar  va  nor  malarga sodiq bo'lgan  O'zbekiston  suveren, demokratik huquqiy 

va  dunyoviy  davlat  sifatida,  eng  awalo,  Konstitutsiyadagi  prinsip  va  qoidalarning 

uchdan  bir  qismidan  ko'prog'i  inson  huquqlari  va  erkinliklarini  himoya  qilishga 

qaratilgan  bo'lib,  ularning  ustuvorligi  konstitutsiyaviy  tarzda  mustahkamlab 

qo'yildi. Sobiq ittifoq davridagi inson huquqlariga nisbatan davlat manfaatlarining 

ustuvorligi prinsipi barham topdi. 

Mustaqillik davrida O'zbekiston jamiyatida inson huquqlarini himoya qilish va 

ularni ta‘minlashning huquqiy asoslari rivojlangan mamlakatlar tajribasi va milliy 

qadriyatlar  talablari  darajasida  shakllandi.  Shuningdek,  Konstitutsiya  va  qonunlar 

inson  huquqlari  va  erkinliklarini  ta‘minlashning  fuqarolik  jamiyati  va  huquqiy 

davlat  talablari  darajasidagi  mezonlari  va  me‘yorlarini  yarata  oldi. 

Konstitutsiyaning  24-moddasidagi  «Yashash  huquqi  har  bir  insonning  uzviy 

huquqidir.  Inson  hayotiga  suiqasd  qilish  eng  og'ir  jinoyatdir»,  25-moddasidagi 

«Har  kim  erkinlik  va  shaxsiy  daxlsizlik  huquqiga  ega.  Hech  kim  qonunga 

asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas», 27-

moddasidagi  «Har  kim  o'z  sha‘ni  va  obro'siga  qilingan  tajovuzlardan,  shaxsiy 

hayotiga  aralashishdan  himoyalanish  va  turar  joyi  daxlsizligi  huquqiga  ega. Hech 

kim  qonun  nazarda  tutgan  hollardan  va  tartibdan  tashqari  birovning  turar  joyiga 

kirishi,  tintuv  o'tkazishi  yoki  uni  ko'zdan  kechirishi,  yozishmalar  va  telefonda 

so'zlashuvlar  sirini  oshkor  qilishi  mumkin  emas»,  29-moddasidagi  «Har  kim 

fikrlash,  so'z  va  e‘tiqod  erkinligi  huquqiga  ega...»,  32-moddasidagi  «O'zbekiston 

Respubiikasining  fuqarolari  jamiyat  va  davlat  ishlarini  boshqarishda  bevosita 

hamda  o'z  vakillari orqali ishtirok  etish huquqiga  egadirlar. Bunday  ishtirok  etish 

o'z-o'zini  boshqarish,  referendumlar  o'tkazish  va  davlat  organlarini  demokratik 

tarzda tashkil etish yo‗li bilan amalga oshiriladi», 36-moddasidagi «Har bir shaxs 

mulkdor bo'lishga haqli. Bankka qo‗yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi 

qonun  bilan  kafolatlanadi»,  43-moddasidagi  «Davlat  fuqarolarning  Konstitutsiya 

va  qonunlarda  mustahkamlangan  huquqlari  va  erkinliklarini  ta‘minlaydi»

159

  kabi 


fuqarolik jamiyati qurishning demokratik qadriyatlari va tamoyillari shakllanishini 

ta‘minlaydigan qonun va qoidalarning kiritilishi O‗zbekistonda demokratik jamiyat 

barpo etishning kelajak istiqbollarini belgilab berdi. 

O‗zbekiston  xalqi  130  dan  ziyod  etnik  guruh  vakillaridan  tashkil  topgan. 

Muhimi  shundaki,  Konstitutsiya  inson  va  fuqaroning  jinsi,  irqi,  millati,  tili,  dini, 

ijtimoiy  kelib  chiqishi,  e‘tiqodi,  shaxsiy  va  ijtimoiy  mavqeyidan  qat‘iy  nazar, 

barchaning  qonun  va  sud  oldida  tengligini  hamda  huquq  va  erkinliklarining 

tengligini  kafolatlab  beradi.  Shu  bilan  birga,  O‗zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasi  jamiyat  hayotida  fuqarolarning  turlicha  fikrlashlarini,  g‗oyaviy 

qarashlarini  erkin  ifodalash  va  bildirish  huquqini,  ijod  qilish,  matbuot,  axborot 




8  

 

uzatish va uni tarqatish erkinliklarini kafolatlab beradi. 



Konstitutsiyada  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlariga  xos  xususiy  mulkka  ega 

boiish  va  uning  turli  shakllarini  mustahkamlab  qo‗yilishi  inson  huquq  va 

erkinliklarini  ta‘minlashda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Sobiq  ittifoq  davrida 

taqiqlab  qo'yilgan  bu  huquqlar  hozirgi  O'zbekistonda  insonning  ajralmas  huquqi, 

farovonligining  tabiiy  manbayi,  iqtisodiy  va  shaxsiy  mustaqilligining  kafolati 

sifatida  e‘tirof  etilmoqda.  Mulk  daxlsiz  bo'lib,  hech  kim  o'z  mulkidan 

o'zboshimchalik  bilan  mahrum  etilishi  mumkin  emas,  mulk  faqat  sud  qaroriga 

asosan  egasining  irodasiga  qarshi  qo'yilishi  mumkin,  xolos.  Konstitutsiyada 

xususiy mulk davlat mulki bilan bir qatorda himoya qilinishi to'g'risidagi butunlay 

yangi  huquqiy  norma  amal  qilmoqda.  Shuningdek,  har  bir  shaxsga  mulkka  ega 

bo'lish, unga egalik qilish, undan foydalanish va uni o'z ixtiyori bilan tasarruf qilish 

huquqi ham mustahkamlab qo'yilgan. 

Mustaqillikning  ilk  davridan  boshlab  O'zbekiston  xalqaro  tashkilotlar 

faoliyatida  ishtirok  eta  boshladi. Davlatimiz  inson  huquqlariga oid  asosiy  xalqaro 

hujjatlarga  qo'shilish  siyosatini  olib  bordi.  Hozirgi  davrda  O'zbekiston  deyarli 

barcha  asosiy  xalqaro  hujjatlami  e‘tirof  etib,  ularga  qo'shilgan.  Ular  —  Inson 

huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasi,  Bola  huquqlari  to'g'risidagi  konvensiya, 

Jeneva  konvensiyasi  va  ularga  qo'shimcha  protokollar,  Ayollarga  nisbatan 

kamsitishning barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi konvensiya, Fuqarolik 

va  siyosiy  huquqlar  to'g'risidagi  xalqaro  pakt,  Iqtisodiy,  Ijtimoiy  va  madaniy 

huquqlar to'g'risidagi  xalqaro pakt, Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham 

berish  to'g'risidagi  konvensiya,  Qiynoq  hamda  muomala  va  jazolashning 

shafqatsiz,  insoniylikka  zid  yoki  qadr-qimmatni  kamsituvchi  turlariga  qarshi 

konvensiya, Yangi Yevropa uchun Parij Xartiyasi va boshqalar. 

O‘zbekistonda  siyosiy  partiyalarning  fuqarolik  jamiyati  instituti  sifatidagi 

faoliyatini  erkinlashtirish,  ko‘p  partiyaviylik  tizimini  takomillashtirish 

islohotlarini  chuqurlashtirishga  doir  muammolarni  bartaraf  etishda  Prezident 

I.A.Karimov  tomonidan  ilgari  surilgan  kuchli  fuqarolik  jamiyati  qurish  g‘oyasi 

muhim ahamiyat kasb etdi. Unda e‘tirof etilishicha, jamiyatda «...islohotlar jara-

yonida  respublikada  yangi  demokratik  siyosiy  tuzumning  asoslari  yaratildi, deb 

xulosa  chiqarish  mumkin.  Bu  tuzum  siyosiy  tashkilotlarning,  mafkura  va 

fikrlarning  turli-tumanligi  asosiga  qurilgan  bo‘lib,  davlat  va  jamiyatni 

boshqarishda fuqarolarning keng ishtirokini ta‘minlaydi»

234


Rivojlangan  mamlakatlar  tajribasidan  kelib  chiqib,  O‘zbekistonda  ham 

siyosiy  partiyalarning  jamiyat  instituti  sifatidagi  huquqiy  maqomi  shakllandi. 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Konstitutsiyasining 

60-moddasida 

siyosiy 


Download 212.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling