1-9 Adabiyot 9-sinf


Darsning mustahkamlash bosqichida


Download 203.66 Kb.
bet144/254
Sana05.01.2022
Hajmi203.66 Kb.
#207677
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   254
Bog'liq
1-9 Adabiyot 9-sinf

Darsning mustahkamlash bosqichida:

I.O’quvchilarning nazorat ishi daftarlariga inshoniyozdirish:

1. Insho


Otabek va Kumush timsollariga tavsif

Reja:


1.Xon qiziga loyiq bir yigit.

2.Ota-ona orzusi.

3.Kundoshlikning achchiq qismati.

Moziyga qarab ish ko’rmoq xayrlikdir.(Abdulla Qodiriy)

Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar”romani birinchi o’zbek romani,tarixiy roman.Unda Kumush va Otabekning chin va samimiy muhabbati bilan birga o’sha davrdagi tarixiy muhit ham yorqin ranglar bilan aks ettirilgan.Asar shu jihati bilan ham qimmatlidir.Abdulla Qodiriy “Moziyga qarab ish ko’rmoq xayrlikdir”,-deydi…

Qodiriy Otabekni “Xon qiziga loyiq bir yigit”deb ta’riflaydi.Bu ta’rif nafaqat Otabekka,balki Kumushga ham taaluqlidir.Otabekda ham ,Kumushda ham milliy fazilatlar singdirilgan.Vafo,sadoqat,qanoat,ota-onaga qarshi chiqmaslik….

Otabek ota-ona orzusi ila Zaynabga uylanadi.Ammo Zaynab ham sevish,sevilishga haqli edi.Ammo Otabek Kumush muhabbati ila qalbini dog’lagan edi…

Kumush kundoshlikning achchiq zahri qurboni bo’ldi.Lekin uning muhabbati va sadoqati hali necha yillar qalblarni yashnatadi.



  1. Insho

Zebi timsoliga tavsif

Reja:


1.Baxtli onlar yakuni.

2.Kundoshlikning achchiq zahri.

3.Zebi-o’zbek ayoli siymosi.

Men dutor bilan tug’ishgan,

Ko’hna bir devonaman.

Ul tug’ishgonim bilan,

Bir o’tda doim yonaman.

(Cho’lpon)

Zebi ohu kabi hurkak,sodda,samimiy,ishonuvchan,shabnam kabi beg’ubor… qiz.Lekin mana shu fazilatlar uni kundoshlik qismatiga duchor etdi.Xush ovozi uni achchiq taqdirga duchor etdi.Bu qismatda hasad uni “qotil”qilib qo’ydi va kundoshlikning achchiq zahri uni ham xarob qildi.

Akbarali mingboshining o’limida ayblanayotgan Zebi sud hukmidan emas,uyini qanday qilib topib borishdan cho’chiydi.Bu qismat o’sha davr qizlarining ko’pchiligi taqdirida bitilgan edi.Zebi timsoli har bir o’zbek ayoliga erkinlik nashidasidan erkin nafas olishga undaydi….

II.O’quvchilarning nazorat ishi daftarlarini terib olish.

Uyga vazifa:Darslikdan tashqari mustaqil badiiy asarlar o’qish.






Download 203.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling