Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Jahon adabiyoti namoyondalarning hayot yo`llaridan savol –javob o`tkazish
2.N.Rasulovaning Testlari asosida berilgan uy ishini tekshirish
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I Mustaqilllik davri adabiyoti yuzasidan savol-javob:
1. Hozirgi adabiy jarayonga xos xususiyatlarni ko`rasating.
2.Mustaqillik davri adabiyotiga kirgan qaysi adiblarni bilasiz?
3.Adiblar asarlaridan namunalar keltiring.
II.Mustaqillik davri adabiyoti namunalaridan parchalar o‘qib,g‘oyaviy-badiiy tahlil qilish:
O`tgan asrning 90-yillaridn e’tiboran o`zbek xalqi o`z tarixining tamomila yangi bosqichiga kirdi.Istiqlol davri adabiyoti ko`p asrlik milliy adabiyotning mantiqiy davomidir.
Mustaqillik davri adabiyoti tubdan o`zgargan milliy ong va tamomila yangilanayotgan estetik tafakkurning mahsulidir. Mustaqillik tufayli o`zbek xalqi o`z ma’naviyatining asoslaridan bo`lmish Qur’oni Karim bilanona tilida tanishish imkoniga ega bo`ldi. Bu muqaddas kitobning o`zbekchaga o`girilishi millatning e’tiqodi, dunyoqarashi va ma’naviyatida o`zziga xos inqilob yasadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |