Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Darslikda berilgan “Andijon tasviri”matni ustida ishlash,matnni ifodali o’qib,tahlil qilish va bugungi Andijon tasviri,tarixi bilan qiyoslash;
II.”Boburnoma”asarining to’liq nashri ustida ishlash va asardan parchalar,she’rlar o’qib uni Bobur hayoti va tarix bilan bog’lash;
III.Test sinovi:
1.”Boburnoma”qanday asar?
A.Memuar B.Tarixiy C.Sarguzasht D.Jangnoma
2.Asar Boburning qaysi davrini yoritish tasviri bilan boshlanadi?
A.Boburning Samarqandni ilk bor egallab olishi.
B.Shayboniyxondan yengilib,Kobulga yo’l olishi.
C.Otasi vafotidan so’ng,taxtga chiqishi.
D.Jahongir Mirzo bilan Samarqand uchun olib borgan jangi.
3.Andijonning qaysi mevasidan “yaxshiroq ……. bo’lmas”,-deydi Bobur
A.Behi B.Nok C.Olma C.Olcha
4.Andijonning qaysi qushini”to’rt kishi yeb ,tugata olmas…”
A.Mayna B.Qarg’a C.Qirg’ovul D.G’oz
5.El orasida qaysi kasb egalarini mashhur deb aytadi?
A.San’atkorlar B.Me’morlar C.Shoirlar D.Olimlar
6.Bu o’rinda qaysi ijodkor asrlarining mashhurligi orqali turk tiliga ta’rif beradi?
A.A.Navoiy B.Lutfiy C.Binoiy D.Sakkokiy
Do'stlaringiz bilan baham: |