1. a/-ay, -(i)b bilan tugagan fe’llardan keyin kelib, oʼzining mustaqil maʼnolarini


Download 17.7 Kb.
Sana02.04.2023
Hajmi17.7 Kb.
#1320802
Bog'liq
6-SINF III CHORAK TEST


6-SINF III CHORAK TEST
1. -a/-ay, -(i)b bilan tugagan fe’llardan keyin kelib, oʼzining mustaqil maʼnolarini
yoʼqotgan feʼllar … feʼllar hisoblanadi. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
A)qo’shma B)juft C)ko’makchi D)sof
2.Quyidagi qaysi bog‘lovchi gap bo‘laklari va gaplarga aniqlik kiritish, ularni izohlash uchun
qo‘llanadi?
A)balki B)toki C) ya’ni D)va
3. AQSHda nashr etilgan jahonning eng yetuk fantast yozuvchilari haqidagi adabiy ensiklopediyaga
Qaysi o’zbek yozuvchisining ham nomi kiritilgan?

  1. Anvar Obidjon B)Izzatulla Shukurov C)Isajon Sulton D)Hojiakbar Shayxov

4.Qisqartmalar doim qanday yoziladi?
A) ajratib B) hammasi bosh harf bilan C)qo’shib D)chiziqcha bilan
5.Qaysi qatorda faqat maydon hisob-o’lchovini bildiruvchi so’zlar berilgan?
A) Milligramm, sotix, millimetr,
B) kilogramm, gramm, kilometr
C) gektar, tonna, santimetr
D) sentner,detsimetr,sotix

6. “Fantastika” so‘zi qaysi tildan olingna bo‘lib, “tasavvur qilish san’ati” ma’nosini anglatadi?


A) yunon B) arab C) ingliz D)rus
7.Qaysi qatorda tarixiy o‘lchov so’zlari berilgan?
A) misqol, botmon, metr
B) tanob, chaqirim,sotix
C) qadoq, qadam,detsimetr
D) qadoq,pud, quloch
8.Qaysi asarda Dik Send va uning do‘stlari sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi?
A) “Kichkina shahzoda” B) “O’n besh yoshli kapitan” C) “Gulliverning sayohatlari” D) “Birinchi sinov”
9. Qaysi yozuvchi : “Onam birontamizning qing‘ir ish qilganimizni eshitgandan ko‘ra o‘limni afzal bilardi”, – deb eslaydi ?
A)Jyul Vern B)Janni Rodari C) Artur Konan Doyl D) Jonatan Svift
10.Qaysi qatorda rivoyat so’zinig ma’no guruhiga kirmaydigan ta’rif berilgan?
A)avloddan avlodga o‘tib kelayotgan, voqea va hodisalarni, inson faoliyatini
ba’zan uydirmalar vositasida, ba’zan haqiqatni tasvirlovchi og‘zaki hikoya
B)biror masala yuzasidan shariat qonunlari asosida chiqarilgan hukm,
xulosa
C)og‘izdagi gap, hikoya
D) kunning ikkinchi yarmi, kun og‘gan payt bilan kunbotar oralig‘i
11. “Shafaq” so’zining ma’nosini yozing.
12. Detektiv asar qanday mazmundagi asar hisoblanadi?
13.Ko’makchi fe’llarga misollar keltiring.
14. “Hisbelgi” nima?
15. SMS so’zi qanday ma’noni anglatadi?


SAVOL

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

JAVOB

C

C

D

C

D

A

D

B

C

D


































11. shafaq -quyosh botishi yoki chiqishi paytida ko‘rinadigan nurlar.
12. Detektiv (inglizcha “detective” – “izquvar” so‘zidan) – sirli jinoyatlarning
fosh qilinishi haqidagi asar.
13. Boshlamoq, olmoq, bermoq, yubormoq, turmoq, chiqmoq, ko‘rmoq.
14. Hisbelgilar odamning his-tuyg‘ularini
ifodalaydigan smayliklardir
15. SMS – inglizcha “short” – qisqa, “message” – xabar, “service” – xizmat. Qisqa xabarlar
yaratish xizmati.
Download 17.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling