1. ab to‘g‘ri chiziq bo‘yicha yugurib ketayotgan quyon a nuqtaga kelganda d nuqtadagi bo‘ri uni ko‘rib
Download 120.36 Kb. Pdf ko'rish
|
kinematika II
KINEMATIKA 1. AB to‘g‘ri chiziq bo‘yicha yugurib ketayotgan quyon A nuqtaga kelganda D nuqtadagi bo‘ri uni ko‘rib qoldi va DB trayektoriya bo‘yicha quva boshladi. Quyon 12 m ni o‘tgach bo‘ri uni B nuqta tutib oldi. Agar bo‘rining ko‘chishi 13 m bo‘lsa, bo‘ri quyonni ko‘rib qolgan momentda ular orasidagi masofa qanday bo‘lgan (m)? A) 5. B) 7. C) 8. D) 10. 2. Jism to‘g‘ri chiziq bo‘ylab 5 m masofani o‘tgach, harakat yo‘nalishiga nisbatan 120 0 ga burildi va yana 5 m masofani o‘tdi. Jismning ko‘chish modulini toping (m). A) 50. B) 5. C) 5 √ 3. D) 7.
3. Daryoda oqimga qarshi yo‘nalishda suvga nisbatan 4 m/s tezlikda suzayotgan qayiq ustidagi odam oqim yo‘nalishida qayiqqa nisbatan 1 m/s tezlikda harakatlanmoqda. Agar oqim tezligi 2 m/s ga teng bo‘lsa, odamning qirg‘oqqa nisbatan tezligining modulini toping (m/s). A) 4. B) 1. C) 2. D) 3. 4. Kengligi 200 m bo‘lgan daryoni qayiq eng qisqa yo‘l bo‘yicha qancha vaqtda kechib o‘ta oladi (s). Qayiqning suvga nisbatan tezligi 5 m/s, oqim tezligi 3 m/s. A) 60. B) 50. C) 40. D) 30. 5. Rasmda ko‘rsatilgan trayektoriya bo‘yicha harakatlanayotgan jismning 130 s vaqtdagi o‘rtacha ko‘chish tezligini toping (cm/s). A) 1. B) 10. C) 0,1. D) 15. 6. 60
0 shimoliy kenglik chizig‘i bo‘ylab Grinvichdan sharqqa tomon uchayotgan samolyot sharqiy uzunlik bo‘yicha 10 0 da va 100 0 da joylashgan meridian chiziqlari orasini qancha vaqtda o‘tadi (soat)? Samolyot tezligi 314 km/h. Yer radiusi 6400 km. A) 24. B) 16. C) 32. D) 64. 7. Ikkita jism harakat tenglamasi mos ravishda y = 10 − 15t (m) va x = 30 + 20t (m). Bu jismlarning nisbiy tezligini toping (m/s). A) 25. B) 35. C) 30. D) 20. 8. Rasmda keltirilgan υ = υ(t) grafikdan foydalangan holda jismning tekis harakatda bosib o‘tgan yo‘lini toping (m). A) 35. B) 20. C) 25. D) 30. 9. 10 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobil tormozlanib to‘xtadi. Tezlanish -5 m/s 2 ga teng bo‘lsa, avtomobilning tormozlanish davomiyligini aniqlang (s). A) 2. B) 1. C) 5. D) 3. 10. Bir nuqtadan qarama-qarshi yo‘nalishda bir xil 10 m/s boshlang‘ich tezliklar bilan yo‘lga chiqqan ikkita avtomobil 2 s vaqt o‘tgach ular orasidagi masofa qanday bo‘ladi (m)? Avtomobillardan biri tekis tezlanuvchan, ikkinchisi esa tekis sekinlanuvchan harakatlanmoqda. Ularning tezlanishlari modullari bir xil.
A) 20. B) 40. C) 50. D) 30. 11. Jismning to‘g‘ri chiziqli harakati s = 3t + 2t 2 tenglama bilan ifodalanadi. Jismning t 1 = 1 s dan t 2
topilsin. A) 6 m/s. B) 7 m/s. C) 8 m/s. D) 11 m/s. 12. Tekis o‘zgaruvchan harakatlanayotgan jism 5 s da o‘z tezligini -10 m/s dan 20 m/s gacha o‘zgartirdi. Jismning vaqt birligi ichida tezlik o‘zgarish modulini toping. A) 6 m/s 2 . B) 6 m/s. C) 5 m/s 2 . D) 0.
13. Parashutchi 500 m balandlikdan 100 s da tushdi. Havoning qarshilik kuchi parashutchining tushish vaqtini necha sekundga oshirmoqda? g=10 m/s 2 . A) 100. B) 10. C) 90. D) 110. 14. Quduqqa tosh tashlandi. Tosh quduq tubiga tekkach uning ovozi 1 s o‘tgach eshitilgan bo‘lsa, toshning quduqqa erkin tushish vaqtini toping (s). Tovushning havoda tarqalish tezligi 320 m/s. Havoning qarshilik kuchini hisobga olmang. A) 9. B) 10. C) 11. D) 8. 15. Tosh gorizontal yo‘nalishda otilgan. Harakat boshlanishidan √ 3 s o‘tgach tosh tezligini qiymati uni boshlang‘ich tezligiga nisbatan 2 marta katta bo‘lgan. Toshning boshlang‘ich tezligi topilsin (m/s). Havoning qarshiligi e’tiborga olinmasin. A) 10. B) 15. C) 9. D) 5. 1 @FizikaLife 16. Minoradan gorizontal yo‘nalishda 20 m/s tezlik bilan jism otilgan. Agar u minoraning balandligi h dan ikki barobar katta masofada (minora asosidan) yerga tushgan bo‘lsa, minoraning balandligi topilsin (m). A) 35. B) 30. C) 20. D) 25. 17. 4h balandlikdan gorizontal otilgan jism vertikal yo‘nalishda birinchi h masofani t 1 vaqtda, qolganini esa t 2 vaqtda o‘tdi. t 1 /t 2 ni toping. A) 2. B) 0,5. C) 3. D) 1. 18. Balandlikdan gorizontal otilgan jismning boshlang‘ich tezligini 3 marta oshirib, otilish balandligi 4 marta kamaytirilsa, jismning uchish uzoqligi necha foiz (%) ga ortadi? A) 50. B) 60. C) 150. D) 25. 19. Jism 10 m/s tezlik bilan gorizontga burchak ostida otildi. Jismni bu tezlik bilan maksimal qanday uzoqlikgacha otish mumkin (m)? g=10 m/s 2 .
20. Jism birinchi marta gorizontga 60 0 burchak ostida, ikkinchi marta gorizontga 30 0 burchak ostida otildi. Birinchi marta otilganda jism necha marta balandroqqa ko‘tariladi, agarda birinchi marta jism otilganda ikki marta uzoqroqqa borib tushgan bo‘lsa? A) 4. B) 5. C) 6. D) 8. 21. Gorizontga burchak ostida otilgan jism harakatida qanday kattalik nolga teng bo‘ladi? A) vertikal tezlanish. B) eng yuqoridagi tezlik. C) gorizontal tezlanish. D) yerga urilishdagi tezlik. 22. Yuk, diametri 18 cm bo‘lgan chig‘ir yordamida ko‘tarilmoqda. Agar yuk 0,9 m/s tezlik bilan ko‘tarilayotgan bo‘lsa, chig‘irning burchak tezligini toping (rad/s). A) 5. B) 10. C) 15. D) 20. 23. Ikki shkiv tasmali uzatma orqali ulangan. Yetaklovchi shkiv 600 ayl/min tezlik bilan aylanganda yetaklanuvchi shkiv 3000 ayl/min tezlikka ega bo‘lishi uchun yetaklovchi shkivning radiusi qanday bo‘lishi kerak (cm)? Yetaklanuvchi shkivning radiusi 10 cm. A) 30. B) 60. C) 40. D) 50. 24. Diametri 100 cm bo‘lgan g‘ildirak gardishidagi nuqta 5 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan edi. Tormozlanish natijasida nuqta 2 m/s 2 tangensial tezlanish bilan harakat qila boshladi. Tormozlanish boshlanganidan 2 s o‘tgach nuqtaning tezlik vektori bilan to‘la tezlanish vektori orasidagi burchak necha gradusga teng bo‘ladi? A) 90 0
0 . C) 120
0 . D) 60
0 . 25. 4 cm li ipga osilgan sharcha rasmdagi mexanizmda O o‘q atrofida ω = 2 rad/s burchak tezlikda aylantirilmoqda. Agar mazkur holatda ip vertikaldan 30 0
chiziqli tezligini toping (cm/s). A) 12. B) 2,4. C) 24. D) 4. 26. Jismning tezlik vektori bilan tezlanish vektori orasidagi burchak π/12 ga teng bo‘lsa, jismning harakat turi qanday bo‘lishini aniqlang. A) egri chiziqli notekis harakat. B) aylana bo‘ylab tekis tezlanuvchan harakat. C) aylana bo‘ylab tekis harakat. D) to‘g‘ri chiziqli harakat. 27. Balandlikdan gorizontal otilgan jismning tangensial tezlanishi harakati davomida qanday o‘zgaradi? A) ortadi. B) kamayadi. C) o‘zgarmaydi. D) nolga teng bo‘ladi. 28. Tayyorlov kursiga kelayotgan abituriyent oldin yo‘lning 3 km ni 20 min da bosib o‘tdi va yo‘lda uxlab qoldi. Uyg‘ongach qolgan 3 km yo‘lni yana 20 min da bosib o‘tib darsga kechikib yetib keldi. Agar abituriyentning butun yo‘ldagi o‘rtacha tezligi 3 km/h bo‘lsa, u yo‘lda necha minut uxlab qolgan? A) 90. B) 70. C) 80. D) 60. 29. Bir nuqtadan bir yo‘nalishda ikki jism harakatlanishni boshladi. Birinchisi tekis 5 m/s tezlik bilan, ikkinchisi 2 m/s 2 tezlanish bilan harakatlanishni boshlagan bo‘lsa, u necha sekunddan so‘ng birinchi jismni quvib yetadi? A) 5. B) 2. C) 3. D) 4. 30. Shamolsiz havoda yomg‘ir tomchilari avtobus derazalari oynasida qanday shakldagi iz qoldiradi: 1) avtobus tekis harakatlanganda; 2) tekis tezlanuvchan harakatlanganda? A) 1-parabola; 2-parabola. B) 1-parabola; 2-to‘g‘ri chiziq. C) 1-to‘g‘ri chiziq; 2-to‘g‘ri chiziq. D) 1-to‘g‘ri chiziq; 2-parabola.
Jumaniyazov Temur ”XORAZM ILM ZIYO” NTM dan maxsus. 2 @FizikaLife Javoblar: 1. A
2. B 3. B
4. B 5. B
6. B 7. A
8. D 9. A
10. B 11. D
12. A 13. C
14. D 15. A
16. C 17. D
18. A 19. B
20. C 21. C
22. B 23. D
24. B 25. C
26. B 27. A
28. C 29. A
30. D 3
Download 120.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling