1. Аbdullа Аvloniy qalamiga mansub quydagi aforizmni davom ettiring? «Tаrbiyа biz uchun yo hаyot yo mаmot, yo nаjot »? Javob


Texnologiya so`zining lug'aviy ma'nosini ayting?


Download 132.24 Kb.
bet43/61
Sana22.06.2023
Hajmi132.24 Kb.
#1649992
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61
Bog'liq
pedagogika 300 ta savol (2)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Manba
194. Texnologiya so`zining lug'aviy ma'nosini ayting?
Javob: Texnologiya (yun. “techne” - mahorat, san’at; “logos” - tushuncha, ta’limot) - ishlab chiqarishning biror sohasida xomashyo, material, yarim fabrikat va shu kabilarga ishlov berish yoki qayta ishlash, ularning holati, xossalari va shaklini o'zgartirishda qo'llaniladigan usullar (metodlar) majmuidir.
Manba: O'.Tolipov, D.Ro`ziyeva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat (O'quv qo'llanma) T. 2019, 10- bet


195. Pedagogik jarayonni ta`riflang?
Javob: Pedagogik jarayon - ajdodlarning jamiyatda hayot kechirish va mehnat qilishi uchun zarur bo’ladigan ijtimoiy tajribalarini avlodlarga yetkazib berish maqsadida pedagog va talaba o’rtasida tashkil etiladigan o’zaro harakat
Manba: O'.Tolipov, D.Ro`ziyeva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat (O'quv qo'llanma) T. 2019, 19- bet


196. Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim nima? (Takror)
Javob: Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim -shaxsning fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, o'ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim bo’lib, pedagog va talaba o rtasidagi o’zaro munosabat hamkorlik va tanlash erkinligiga asoslanadi va shaxsning qadriyatli yo’nalishlari inobatga olinadi
Manba: O'.Tolipov, D.Ro`ziyeva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat (O'quv qo'llanma) T. 2019, 19- bet


197. Modellashtirish metodini ta`riflang?
Javob: Modellashtirish metodi (fr. “modele” “modulus” - o’lchov, me’yor) - muayyan ob’ekt, hodisa, jarayon, tizimning xuddi o’zidek yoki kichraytirib yoki kattalashtirib olingan va ma’lum soha uchun andoza bo’ladigan modeli (nusxasi)ni yaratish usuli.
Manba: O'.Tolipov, D.Ro`ziyeva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat (O'quv qo'llanma) T. 2019, 23- bet


198. Test metodini izohlab bering?
Javob: Test metodi (ing. “test” - sinash, tekshirish, o’rganish) - o’rganilayotgan shaxs (respondent)ning aqliy rivojlanish darajasi,qobiliyati, muayyan ish-harakat, faoliyatni bajarishga doir ko’nikma,malakalari, shaxsiy va irodaviy sifatlari, ruhiy xususiyatlarini aniqlash va baholashda qo’llaniladigan qisqa standart tekshirish bo’lib, uning ahamiyati respondentning muayyan soha bo’yicha nazariy bilimlarini, qobiliyati, psixofiziologik, shaxsiy xususiyatlarining rivojlanganligi, ma’lum faoliyatni tashkil etishga doir ko’nikma, malakalarning shakllanganlik darajasini aniqlashga xizmat qiluvchi metod
Manba: O'.Tolipov, D.Ro`ziyeva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat (O'quv qo'llanma) T. 2019, 24- bet



Download 132.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling