1. Aholi guruhlarining ratsional ovqatlanishi Organizmdagi quvvat almashinuvi


Download 38.67 Kb.
bet1/2
Sana25.04.2023
Hajmi38.67 Kb.
#1397971
  1   2
Bog'liq
toirjonova Umida kurs ishi 2

Reja:
1.Aholi guruhlarining ratsional ovqatlanishi


2.Organizmdagi quvvat almashinuvi
3.Organizmning kunlik quvvat sarfi
4.Asosiy almashinuv kattaligi OSDT turli faoliyatlar uchun sarflangan energiyani hisoblash
5.Ish kunining namunaviy xronogrammasi
6.Xulosa
7.Tavsiyalar

RATSIONAL OVQATLANISH


Aholi guruhlarini ovqatlanish xolatini ilmiy nuqtai-nazardan o`rganish, baholash va uni yaxshilash maqsadida tavsiyalar berish asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Aqliy mehnat va sport bilan shug`ullanuvchi aholi guruhlarini to`g`ri ratsional organizmda fiziologik talablarni to`la qondiradigan ratsion bo`yicha ovqatlanishni taqozo qiladi va ularni salomatligini mustahkamlash garovi hisoblanadi. Organizmning funksional holatini belgilashda uning nerv, hazm sistemasi yurak qon tomir sistemalariga va organlar ishiga e’tibor berish ulardan to`g`ri ovqatlanmaslik oqibatida kelib chiqadigan belgilarni topishga harakat qiladi. Oddiy ovqatlanishda organizmning strukturasi va funksiyasi buzilmagan uning adaptasiya qilish rezervi ham yuqori bo`ladi. Ovqatlanish rasioni optimal ya’ni eng muqobil tuzilgan bo`lsa organizmga tashqaridan oddiy bo`lmagan ta’sirlar o`zgarishlar bo`lmaydi. Bu ishlarni asosan sog’liqni saqlash vazirligining buyrug`iga asosan olib boriladi
Oqilona ovqatlanish deb insonning organizmning ichki muxit doimiyligi (gomeostaz) hamda yuqori darajadagi xayot tarzini ta’minlovchi fiziologik to`loqonli ovqatlanishga aytiladi. Oqilona ovatlanish sog`lom bo`lmog`i lozim, zero sog`lom ovqatlanish kishilarni surunkali noinfeksion kasalliklardan saqlaydi hamda salomatlik xolatini saqlagan xolda uzoq umr ko`rishni ta’minlaydi. Ovqatlanish ratsioniga qo`yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
1. organizmning kundalik energiya sarfiga mutonosib bo`lishi;
2. barcha turdagi zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari, minerallar, vitaminlar ma’lum miqdorda hamda mu’lum nisbatda mavjud bo`lishi, birmuncha organizm uchun foydali;
3. qabul qilinayotgan oziq – ovqat mahsulotlarning kimyoviy tuzilishi me’da-ichak tizimidagi fermentlar tizimiga maksimal mos kelishi;
4. to`g`ri ovqatlanish tartibi.
Ma’lum bo`lishicha aholining oqilona ovqatlanishlarini tashkil etishning asosiy ilmiy xususiyati bu kishining yoshi, jinsi, salomatlik xolati va kasbiy faoliyatiga bog`liq bo`lmay, balki quyidagi umumiy fiziologo-gigienik talablarga bog`liqdir:
1) ovqatlanish ratsioni – energetik quvvatmandligi, sifatiy tarkibi, ozuqa moddalarning me’yorlashtirilganligi, so`riluvchanligi, turli xilda bo`lishi, to`yimli bo`lishi, sanitar-epidemiologik xavfsiz bo`lishi;
2) ovqatlanish tartibi – ovqatlanish vaqti va davrmiyligi, ovqatlanishlar soni hamda ular orasidagi interval, iste’mol qilinayotgan ovqatning xususiyatlaridan kelib chiqib kunlik ratsionni taqsimlash (energetik quvvatmandlik, tarkibi, miqdori, vazni);
3) ovqatlanish xonasining xolati va bezatilganligi, ovqatlanish stolida idish hamda ovqatlanish anjomlarining joylashtirilishi, xonaning mikroiqlimi va boshqalar
Organizmdagi quvvat almashinuvi. Inson organizmidagi quvvat almashinuvi o`z-o`zini boshqaruvchi ochiq tizimdagi muvozanatning asosiy qoidalariga muvofiq ravishda yuz beradi. Insonda quvvat muvozanatini qo`llab-quvvatlab turuvchi murakkab mexanizm mavjud bo`lib, u ovqat bilan birga quvvat tushish darajasiga bog`liqdir. Almashinuv ikkita asosiy metabolik jarayonlar: katabolizm (dissimilyasiya) va anabolizm (assimilyasiya) jarayonlari doirasida yuz beradi. Bu jarayonlar katta yoshdagi sog`lom odamda nisbatan muvozanatlashgan tarzda ro`y beradi. Metabolizmning muvozanati buzilishi (disbalans) turli funksional buzilishlar, vaqti kelib esa patologik jarayon (kasallanish)larning bevosita sababchisi bo`ladi.
Almashuv jarayonlarining intensivligi turga oid va individual darajada genetik determinasiyaga egadir.
Assimilyasiyaning dissimilyasiya ustidan ustuvor bo`lishi sog`lom odamda uning o`sish va rivojlanish davrida – o`rtacha 25 yoshgacha kuzatiladi. Buning aksicha bo`lgan manzarada esa yosh guruhidagi 60 yoshdan oshgan (qarilik yoshidagi) shaxslarda kuzatiladi.
Quvvatiy muvozanat deganda ovqat bilan tushayotgan quvvat va uning optimal gomeostazni ushlab turish jarayonidagi sarflanishi o`rtasidagi muvozanatli holatni tushunish lozim. Quvvatiy muvozanatning namoyon bo`lishida bolalardagi o`sish va rivojlanishning ko`rsatkichlari optimal bo`lsa, kattalarda – tana vazni muqim (stabil) bo`lishi kuzatiladi.
Organizmning kunlik quvvat sarfi insonlarning yoshiga, jinsiga, bajaradigan ishiga, yashash sharoitiga hamda milliy xususiyatlariga bog`liq.
Organizmning kunlik quvvat sarfi 3 turdan iborat.
1. asosiy modda almashinuviga ketgan quvvat sarfi
2. ovqat xazm bo`lishi bilan bog`liq bo`lgan quvvat sarfi
3. turli faoliyatlarga sarf bo`lgan quvvat sarfi
Asosiy almashinuv –bu organizmning tinch xolatidagi ya’ni uyqudagi sarf bo`lgan quvvat sarfidir. Asosiy almashinuv tinvh holatda hayotiy muhim jarayonarni (hujayralar metobolizmi, nafas olish, qon aylanishi, ovqat hazm bo’lishi , ichki va tashqi sekretsiyalar) qo’llab quvvatlash uchun sarflanadi. Asosiy almashinuv kattaligi (AAK)-jinsi, bo’yi, tana vazni ,yoshi vagormonlar muvozanatiga bog’liq bo’ladi . sutka vaqti, yil vaqti, va iqlim AAK ga tasir ko’rsatadi.
Asosiy almashinuvni aniqlashning bir necha usullari bor.
1. Duglas-Xoldeng qopchasi yordamida aniqlash bunda-organizm qabul qilgan kislorod va chiqargan korbonat angidrid aniqlanadi.
2. Shaternikov kamerasi yordamida asosiy almashinuvni aniqlash mumkin (ma’lum ish bajarib)
3. Garriss-Benidek tablisasi yordamida asosiy almashinuvni aniqlash.
Bunda maxsus jadvallardan foydalanamiz: “A” yoki “B” son
A-sondan insonni tana og`irligi,jinsi xisobga olingan xolda yo`qotilgan quvvat sarfi aniqlanadi .
B- sondan insonning yoshi,jinsi,bo`yi xisobga olinib yo`qotilgan quvvat sarfi aniqlanadi .
Asosiymodda almashinuvi = A+B
Maxsus jadvallardan tashqari formulalardan foydalaniladi:
Garries benedek tenglamasi

AAK=65.5+9.6M+1.8B-4.5Y

  • Erkaklar uchun

AAK=66+13.7M+5B-6.88Y
AAK-asosiy almashinuv kattaligi M-tana massasi , kg , B- bo’y sm , Y- yosh ,yil
Ovqatning spetsifik dinamikasi ta’siri (OSDT)-
Ozuqa moddalarining hazmlanishiga ketgan quvvqt sarfi . U AAK ning 10%ini tashkil etadi .
OSDT=AAK*10%
Turli faoliyatlarga sarf bo`lgan quvvatni aniqlash.
Xar-xil faoliyatga ketgan quvvat sarfini aniqlash uchun kunlik xronometraj tuzib olish kerak ya’ni jadval. Haqiqiy sarflangan energiyani aniqlash uchun maxsus ishalb chiqilgan xrongogrammadan foydalaniladi .
SES=AAK+OSDT+Kxr
SES-sutkalik energiya sarfi
Kxr-xronometraj kattaligi
1-usul
Asosiy almashinuvi –Garries Benedekt jadvali bo’yicha
A=55kg 1181
B=160sm 178
2-usul
Asosiy almashinuv - Garries Benedekt tenglamasi bo’yicha
AAK=65.5+9.6M+1.8B-4.5Y=65.5+9.6*55+1.8*160-4.5*25=769 k kal
OSDT=AAK*10%=769*0.1=76.9
KXR=2111
SES=AAK+OSDT+KXR=769+76.9+2111=2956.9k kal
Sutkalik energiya sarfi (kunlik energiya sarfi) =2956.9 kkal



Download 38.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling