1. Аholi oʼsishi va iqtisodiy rivojlanish mohiyati Аholi oʼsishi va iqtisodiy muammolar


Download 31.53 Kb.
bet1/4
Sana14.03.2023
Hajmi31.53 Kb.
#1267567
  1   2   3   4
Bog'liq
Aholi o`sishi va iqtisodiy rivojlanish, aholi o`sishining iqtisodiy muammolari


Aholi o`sishi va iqtisodiy rivojlanish, aholi o`sishining iqtisodiy muammolari


REJA:


1.Аholi oʼsishi va iqtisodiy rivojlanish mohiyati
2.Аholi oʼsishi va iqtisodiy muammolar
3. Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi
1.Аholi oʼsishi va iqtisodiy rivojlanish

Demografik omilning oʼzgarib borishi global muammo boʼlib, u koʼp jihatdan jamiyatning holati va rivojlanishini belgilaydi. Jamiyatda amalga oshirilayotgan har qanday ishlab chiqarish jarayoni ijtimoiy ishlab chiqarish hisoblanadi. Chunki, unda ishtirok etayotgan barcha ishlab chiqarish omillari - mehnat predmetlari, mehnat qurollari, ishchi kuchi hamda ishlab chiqarishning boshqa sharoitlari oʼz tavsifiga koʼra ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Masalan, bir tomondan, ishlab chiqarish jarayonida qullanilayotgan stanok - bu oʼtgan davrlar davomida yig`ilib kelayotgan koʼplab insonlar buyumlashgan mehnati hamda uni yaratishda bevosita ishtirok etgan koʼplab kishilar jonli mehnatining natijasidir. Boshqa tomondan esa, ushbu stanok vositasida yaratilayotgan mahsulot ham aniq bir kishining emas, balki bir-birlari bilan ishlab chiqarish aloqalari orqali bogʼlangan kishilar guruhi mehnatining natijasidir. Shuningdek, mazkur mahsulotning bozor sharoitida xali nomaʼlum boʼlgan isteʼmolchi uchun ishlab chiqarilishining oʼzi xam mazkur jarayonning ijtimoiy tavsifini namoyon etadi. Demak, Yuqoridagilardan kelib chikkan holda taʼkidlash mumkinki, mehnat taksimoti va kooperatsiyasi, ixtisoslashuv, fan-texnika rivojlanishining kuchayishi kabi jihatlar ishlab chiqarishning ijtimoiy tavsifinikuchaytiradi. Ijtimoiy ishlab chiqarish sharoitida uning omillariga xam xuddi shunday nutstai nazardan yondashish zarurati paydo boʼladi.


Ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida yalpi ishchi kuchi muhim va yetakchi omillardan hisoblanadi. Yalpi ishchi kuchi - bu jamiyat yoki alohida olingan mamlakat mikyosida qiymat va isteʼmol qiymatlarini yaratishda ishtirok etuvchi bir-biri bilan chambarchas bogʼlik holda faoliyat kiluvchi ishchi kuchlarining umumlashtirilgan majmui. Yalpi ishchi kuchining takror hosil silinishi jarayonlarini oʼrganishmuhimboʼlib, bunda eng avvalo ishchi kuchining oʼziga tuxtalish maqsadga muvofitsdir.
Ishchi kuchi- bu insonning mehnatga boʼlganaqliy va jismoniy qobiliyatlarining y^indisi boʼlib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Takror ishlab chiqarish jarayonida faqatgina ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, yaʼni ishchi kuchi xam takror ishlab chitsariladi.
Ishchi kuchini takror hosilqilish yoki uni takror ishlab chiqarish deganda eng avvalo ishchining mehnatqobiliyatini qayta tiklashi, yaʼni uning ovkatlanishi, kiyinishi, dam olishi va madaniy xordik chiqarishi tushuniladi. Bu esa ishchi uchun oila, uy-joy va boshqa shart-sharoitlar yaratilishi bilan bogʼliqdir. Bundan tashtsari ishchi va xizmatchilarning xozirgi avlodi maʼlum vatst oʼtishi bilan sariydi. Ularning urinlarini bosadigan urinbosarlar xam tayyorlanishi lozim boʼladi. Buning uchun esa ishchining oilasi, farzandlari bulishi lozim, ularning oʼsib-ulgayishi, utsishi, zamon talabiga javob beradigan ishchi kuchi sifatida kamol topishi uchun xam shart-sharoit bulishi zarur.



Download 31.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling